Saqlash vazirligi
Download 404.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Poliklinika ishini boshqarish
4. Qizamiqqa qarshi emlash. qizamiqni oldini olish maqsadida tirik qizamiqqa
qarshi vaksinadan foydalaniladi (TqV). Preparat haqida ma’lumot. qizamiqning tirik vaksinasi L-16 shtampli vaksinadan tayyorlanadi, yapon bedanalari embrion hujayra kulturasida o‘stirilgan. Vaksina ampula va flakonlarda 1—5 emlash dozasini tutadigan quruq modda shaklida chiqariladi. Albatta emlashdan oldin har bir ampula yoki flakonga beriladigan erituvchi suyuqlik bilan eritiladi. Suyultirilgan vaksina tiniq yoki engil opalessirlanagan pushti rangli yoki rangsiz ko‘rinishga ega. Emlashni o‘tkazish muddatlari. qizamiqning tirik vaksinasi bilan 1 yoshdagi (12 oy) bolalar emlaniladi. Revaksinasiyani maktabga borishdan oldin o‘tkaziladi. Qizamiq bilan og‘rimagan va emlanmagan, 12 oydan katta bolalar va kattalar, qizamiq kasali bilan aloqada bo‘lganlar, qarshi ko‘rsatmalari bo‘lmasa qizmiqqa qarshi aloqadan keyingi 72 soat ichida emlanadilar. Yuborish usuli. Vaksinani 0,5 ml hajmda t/ostiga kurak osti sohasiga yoki yelka sohasiga (yelkaning tashqi tomonidan yuqori va o‘rta uchlik chegarasiga). 0,1 ml hajmda ninasiz in’ektor yordamida t/orasiga yuborish ham mumkin. Suyultirilgan vaksinaning saqlash muddati 20 min. dan oshmasligi kerak. Emlash reaksiyasining xarakteri. Ko‘pchilik bolalarda qizamiqqa qarshi emlanganda hech qanday klinik ko‘rinishlari yuzaga chiqmaydi. Ba’zi bolalarda 5— 6-kunidan to 18-ci kunigacha tana haroratining 37,5—38,5°S ko‘tarilishi, yo‘tal ko‘rinishida kataral belgilar, yuzaki kon’yunktivit, tumov kuzatilishi mumkin; ayrim hollarda och pushti rangda kam tarqalgan qizamiq toshmalari kuzatilishi mumkin. Emlash reaksiyasining ushlanib turishi 2—3 kundan oshmaydi; bu davrda bolaning ahvoli atrofdagilarga nisbatan yuqumli bo‘lmaydi. Asoratlar. qizamiq vaksinasi kam asoratli, emlanganlar orasida asoratlar juda kam uchraydi. Allergiyaga moyilligi bo‘lgan bolalarda, emlashdan keyingi birinchi kunlardan boshlab, emlashdan keyingi avj olgan jarayon davrida ham terida polimorf allergik toshmalar kuzatiladi, Kvinke shishi, limfoadenopatiyalar, bo‘g‘imlarda og‘riq, kam hollarda — zardob kasalligi sindromi, bo‘g‘ma sindrom, gemorragik vaskulit turidek gemorragik sindrom kuzatiladi. Emlashga nisbatan paydo bo‘lgan umumiy jarayonlar yaqqol yuzaga chiqqanida tana harorati 39—40°S darajagacha ko‘tariladi, intoksikasiya belgilari paydo bo‘ladi, ayrim hollarda nevrologik belgilar ham namoyon bo‘ladi. Tana harorati ko‘tarilganida tutqanoq sindromi bilan kechadigan, ensefalitichk reaksiya kelib chiqishi mumkin. Oqibati yaxshi, qoldiq asoratlari deyarli kuzatilmaydi. Ko‘p hollarda emlash jarayoniga o‘RVI qo‘shilib ketishi mumkin, va zotiljam bilan asoratlanishi mumkin. Davolash. Simptomatik. Emlashga qarshi ko‘rsatmalar: 1) o‘tkir infeksion va noinfeksion kasalliklar; surunkali kasallikning qayta huruji. Bunday xollarda bola tuzalgandan (remissiyadan) so‘ng 1 oy keyin emlanadi. Ilova: oilada, bolalar muassasida va hokazo infeksion kasal bilan kontaktda bo‘lgan bo‘lsa, karantin tugagandan keyin emlash o‘tkaziladi; respirator kasalliklarning yengil afebril turlarida (tumov, tomoq shilliq qavatining yengil giperemiyasi va bosh.) da emlash 2 haftadan so‘ng o‘tkaziladi; yengil respirator kasalliklardan keyingi rekonvalistentlari epidemiologik ko‘rsatma bo‘yicha emlanadilar; anamnezida emlashdan keyin tana harorati ko‘tarilishi bilan birga febril tutqanoqlar kuzatilsa antipiretiklarni buyurishga ko‘rsatmadir; 2) immuntanqis holatlar, qonning yomon sifatli kasalliklari, o‘smalar, immunodepressantlar va nur davosi buyurilganida. Bu hollarda davolash tugaganidan 12 oydan so‘ng emlash o‘tkaziladi; 3) Aminoglikozidlarga(monomisin, kanamisin va bosh.) ga va bedana tuxumiga bo‘lgan og‘ir allergik reaksiyalari bor bolalar, immunoglobulinni yoki antitelo saqlovchi vositalarni olishdan 2 hafta oldin yoki 3 oy keyin emlaniladilar. Download 404.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling