Saqlash vazirligi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

Dispanser nazoratida: kasalligi aniqlangan belgilari bo‘lgan erta yoshdagi VTEK 
(VIEK) ka — vrach-ishchi ekspert komissiyaga kasalliklari bilan, nafas a’zolari 
kasalligi bilan, jigar va o‘t yo‘llari kasalligi bor bolalar, oshqozon va 12 barmoqli 
ichak kasalligi bo‘lgan, siydik va jinsiy a’zolari kasalligi bo‘lgan, qon, endokrin tizim, 
asab-ruhiy kasalligi bo‘lgan bolalar, tayanch-harakat apparati kasalliklari bo‘lgan, 
ko‘z, quloq, tomoq, burun kasalliklari bo‘lgan bolalar kiradi. 
Dispanser nazoratidagi bolalarning hammasiga № 030/U shaklli ro‘yxat hujjati 
to‘ldiriladi. 
Har yili o‘tkaziladigan dispanserizasiya samaradorligining asosiy mezoni —
bolalar salomatligi darajasi hisoblanadi, xavf omili intensivligini kamaytirish
go‘daklar kasallanishi va o‘limining kamayishini baholash usuli bilan aniqlanadi.
Salomatlik holatini baholash 
O‘zR SSV №537 buyrug‘i №43 bolalar salomatligini kompleks baholash ta’rifi 
asosida o‘tkaziladi.
1. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar. 
Yangi tug‘ilgan bolalar salomatligi holatini kompleks baholash, uchastka pediatri 
tomonidan bola tug‘ruqxonadan yoki CHPB dan chiqqandan so‘ng, uyda 
o‘tkaziladigan patronajida o‘tkaziladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar salomatlik 


guruhini baholashda ota-onasining sog‘lig‘iga, homiladorlikni va tug‘ish jarayonining 
kechishiga, tug‘ma patologiya va rivojlanish defektiga ahamiyat beriladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar guruhlarga, ular salomatligi holatiga qarab bo‘linadi: 
1A GURUHI 
Sog‘lom bolalar, sog‘lom ota-onalardan tug‘ilgan, homiladorligi o‘zgarishsiz 
kechgan va onadan tug‘ilish Apgar shkalasi bo‘yicha 8-10 ball, tug‘ruqxonada 
umuman kasal bo‘lmagan kiradi.
1B GURUHI 
Sog‘lom bolalar, tug‘ruqxonada fiziologik moslashishi ko‘rinishlari kuzatilgan 
(tranzitor tana haroratining ko‘tarilishi, jinsiy a’zo krizi) yoki bolaning funksional 
faoliyatiga ta’sir ko‘rsatmaydigan rivojlanishning engil anomaliyalari, (tashqi quloq 
anomaliyasi) bo‘lgan bolalar kiradi.
2A GURUHI 
Apgar shkalasi bo‘yicha 7-10 ball bilan tug‘ilgan chaqaloq, akusherlik anamnezi 
yaxshi bo‘lmagan, chala tug‘ilgan bolalar, ko‘p homilalik homiladorlikdan tug‘ilgan 
bolalar kiradi.
2B GURUHI 
Tug‘ilganida Apgar shkalasi bo‘yicha 6-9 bal bo‘lgan chaqaloqlar, og‘ir akusherlik 
anamnez ko‘rinishlari kuzatilgan (2-3 darajali nefropatiya, tug‘ruq davrida 
asoratlangan, onaning surunkali kasalliklari) onalardan tug‘ilgan bolalar; 
yetilmaganlikning yaqqol belgilari bilan tug‘ilgan chala tug‘ilgan bolalar; bitta yoki 
bir nechta kasallik o‘tkazgan bolalar, faqat tug‘ruqxonadan chiqib ketgunga qadar 
tuzalganlar.



Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling