Saqlash vazirligi


 Profilaktika turlari. Sog‘lom bola


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

3. Profilaktika turlari. Sog‘lom bola 
dispanserizasiyasi. Salomatlik holatini kompleks 
baholash. Salomatlik guruhlari.
Dispanserizasiya — sog‘lom bolalarni kerakli profilaktik choralar o‘tkazgan holda 
tibbiy xodim tomonidan takroriy kuzatuv o‘tkazish, kasallikni erta tashxislash va 
zararlangan organning to‘liq tiklanishiga qadar davo choralarini o‘tkazish tadbir 
tizimi. VOZ salomatlikni — tananing to‘liq ruhiy va sotsial kelishilgan holati deb 
ta’riflaydi.
Dispanserizasiya masalalari: sog‘lom bolani tarbiyalash, optimal jismoniy va asab-
ruhiy rivojlanishini ta’minlash, kasallikni aniqlash, davolash va uni kamaytirish, 
bolalarda o‘lim holatlarini kamaytirish.
Dispanserizasiyani o‘tkazganda ikki bosqichga ajratiladi: kompleks tibbiy 
ko‘riklarni amalga oshirish, aniqlangan patologiyali bolalarga davo va 
chiniqtiruvchi tadbirlarni o‘tkazish.
Bolalar dispanzirizasiyasi O‘zR SSV ning №614 buyrug‘i №43 bolalarni dispanser 
nazoratidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ta’rifi bo‘yicha o‘tkaziladi. 
Dispanserizasiyaning asosiy maqsadi — 
bolalar salomatligini saqlash va 
kuchaytirishga, kasallikni oldini olish, go‘daklar kasalligini va o‘limini kamaytirishga 
qaratilgan kompleks tadbirlar bo‘lib xizmat qiladi. 
Dispanserizasiyaga quidagilar kiradi: 
— laborator va instrumental tekshiruvlarni aniqlagan holda bolalarni bir yilda bir 
marta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; 
— tekshiruvgacha kerak bo‘lsa zamonaviy tashxis usullaridan foydalaniladi
— kasallik keltirib chiqaruvchi va rivojlanishini kuchaytiruvchi xavf omili bo‘lgan 
bolalarni aniqlash; 
— kasallikni erta davrlarida aniqlash; 


— bolalar salomatligi holatiga individual baho berish, bolalar salomatligi xolatini 
takroriy kuzatuvdan o‘tkazish.
SSV tomonidan tasdiqlangan vaqtlarda poliklinika bosh shifokori prof. ko‘riklar 
rejasini tuzadi.
Profilaktik ko‘rik bolalarni dispanser nazoratidan o‘tkazish katta ishining bir 
qismidir — birinchi bosqich, ikkinchi bosqichi ancha javobgar — kasalligi aniqlangan 
bolalarda davo-profilaktik tadbirlarni tashkillashtirish, ayniqsa shu bosqichda ishlar 
bir-biridan kamchiliklar farqlanadi.

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling