Saqlash vazirligi


Surunkali kasalliklarni qo‘zg‘alishi


Download 404.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/50
Sana17.06.2023
Hajmi404.38 Kb.
#1536190
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Bog'liq
Poliklinika ishini boshqarish

7. Surunkali kasalliklarni qo‘zg‘alishi vaksinasiya uchun vaqtincha qarshi 
ko‘rsatmadir. Rejali emlashlar rekonvalessensiya yoki remissiya davrida olib boriladi. 
Qarshi ko‘rsatma bo‘la olmaydi Holatlar 
— 
nevrologik belgilari kuchaymayotgan perinatal 
ensefalopatiya; 
— turg‘un nevrologik xolatlar
(DSP,Daun kasalligi); 
— Allergiya, astma, ekzema va boshqa atopik ko‘rinishlar; 
— Yurak, o‘pka, jigar, buyrakning surunkali kaslliklari ; 
kamqonlik, dizbakterioz; 
— Timus soyasining kattalashishi, bir me’yorda ushlab 
turuvchi steroidlar bilan davolanuvchi bolalar, maz va 
aerozollar bundan mustasno emas
— antibiotiklar bilan davolash; 
— immunogrammadagi o‘zgarishlar; 
— 
og‘ir bo‘lmagan kasalliklar masalan: ORVI yoki 
subfebril haroratli diareya 
— kasallikning inkubasion davri. 
 
Vaksina turi bo‘yicha qarshi ko‘rsatmalar 
Postvaksinal reaksiyalar va asoratlar 
Vaksina bilan emlangandan so‘ng klinik yoki laborotor o‘zgarishlarning kuzatilishi 
postvaksinal reaksiyalar deyiladi. Ba’zi bir tirik vaksinalar (BSJ,sariq isitma) bilan 


emlanganda mahalliy reaksiyalarning paydo bo‘lishi immunitet hosil bo‘lganidan 
darak beradi. Postvaksinal asoratlar klinik ko‘rinishlarning xarakteri va og‘ir kechishi 
bilan postvaksinal reaksiyalardan farq qiladi. PVR ko‘rinishiga ko‘ra turlicha bo‘lib 
og‘irlik darajasi ham har xil bo‘ladi. Yengil darajali mahalliy reaksiya (tana 
haroratining vaqtincha ko‘tarilishi, ineksiya joyida qizarish) AKDS bilan emlangan 
20-50% bolalarda uchrashi mumkin. Yuqori bo‘lmagan tana haroratining ko‘tarilishi, 
qisqa muddatli injiqlik va ishtahaning pasayishi, normal reaksiya bo‘lib, davo talab 
qilmaydi.
Uzoq davom etadigan og‘ir asoratlar juda ham kam uchraydi. Postvaksipal 
asoratlarni aniqlash uchun patronaj hamshira emlangan bolani borib faol ko‘rishi 
lozim. Asorat yoki unga shubha qilinsa tekshiruv olib borish uchun mahalliy SESga 
tez bildirishnoma berilishi shart.
SES ga tez bildirishnoma berilishi va qayd qilinishi lozim bo‘lgan holatlarga 
quyidagilar kiradi: 
— BSJ vaksinasi yuborilganda rivojlangan har qanday limfoadenit; 
— Vaksina yuborilgan joydagi har qanday ineksion absesslar
— tibbiyot xodimlari yoki aholi fikriga ko‘ra emlash bilan bog‘liq bo‘lgan hamma 
o‘lim holatlari;
— tibbiy xodimlar yoki aholi fikricha emlash bilan bog‘liq bo‘lgan og‘ir yoki 
g‘ayri tabiiy holatlari yoki hamma gospitalizasiyalar.

Download 404.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling