Saqlashni tashkil etish modul dasturi
Download 487.01 Kb. Pdf ko'rish
|
1.14.JSSSTET
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-mavzu. Tibbiyot statistikasi asoslari.
- 4-mavzu. Aholi kasallanishi va uni o‘rganish usullari, ijtimoiy-tibbiy qirralari
II. Asosiy nazariy qism
II.I. Modul tarkubiga quyidagi mavzular kiradi: 1-mavzu. “ Jamoat salomatligiva sog‘liqni saqlashni tashkil etish” moduliga kirish. “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish” modul sifatida tibbiyot, gigiena va jamiyat modullari ichidagi o‘rni. Respublikada vaxorijiy davlatlarda “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish” modulining shakllanishi va rivojlanishi. Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (BJSST) tarkibi, BJSSTning asosiy yo‘nalishlari, sog‘liqni saqlashning turli masalalarini yechishda BJSST o‘rni va ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasini BJSST faoliyatida ishtirok etishi. Zamonaviy bosqichda sog‘liqni saqlashni tashkil etish.O‘zbekiston Respublikasi aholi salomatligini muhofaza qilishningqonunchilik asoslari. 2-mavzu. Tibbiyot statistikasi asoslari. Statistikaning nazariy asoslari va mazmuni. General va tanlab olingan majmualar haqida tushuncha.Tibbiy ma’lumotlarga ishlov berishda asosiy statistik usullar. Statistik tadqiqot bosqichlari. Mutloq, nisbiy, o‘rtacha miqdorlar, ularni tibbiyotda qo‘llanilishi. 3 3-mavzu. Aholi orasida demografik jarayonlarni o‘rganish usullari Demografiya, uning tibbiyotda va sog‘liqni saqlashdagi o‘rni.Tibbiy ijtimoiy jihatlari. Demografik portlash, krizis tushunchalari. Aholi o‘sishining muammolari. Oilani oqilona rejalashtirish. Jismoniy rivojlanish - aholi salomatligini ko‘rsatkichi sifatida. Jismoniy rivojlanishni o‘rganishning sog‘liqni saqlashdagi ahamiyati. Jismoniy rivojlaninshning mahalliy va regional standartlari. Jismoniy va jinsiy rivojlanishning akseleratsiyasi - ijtimoiy-gigienik muammo sifatida. 4-mavzu. Aholi kasallanishi va uni o‘rganish usullari, ijtimoiy-tibbiy qirralari Aholining kasallanishini o‘rganishda davlat statistikasining ahamiyati. Kasalliklar, jarohatlar va o‘lim sabablarining tasnifi. Aholini kasallanishini o‘rganishning usullari va uslublari, kasallanishni o‘rganishda ekspert baholash, aholini kasallanish sabablarini o‘rganish.Muhim noinfeksion kasalliklarning tibbiy- ijtimoiy aspektlari (yurak qon-tomir kasalliklari,onkopatologiya, travmatizm). Asab- ruhiy kasalliklar, alkogolizm,narkomaniya, toksikomaniya tibbiy-ijtimoiy muammo sifatida. Download 487.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling