№
|
Bosqich
|
Saylov turlari
|
O‘tkazish kunlari
|
Yo‘riqnoma
|
1.
|
Birinchi bosqich
|
Sinflarda sinf sardorini saylash
|
2020-yil
15-16-oktabr kunlari
|
Sinf sardori sinf rahbarining tavsiyasiga ko‘ra, o‘quvchilar orasida ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir yil muddatga saylanadi.
|
2.
|
Ikkinchi bosqich
|
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi a’zolarini saylash
|
2020-yil
19-20-oktabr kunlari
|
Maktab Sardori (ham yo‘nalish sardorligiga) bo‘lish istagi bo‘lgan 4-7-sinflardagi 10-14 yoshdagi hamda 8-11-sinflardagi 14-18 yoshdagi o‘quvchilar o‘zining dasturi bilan ishchi guruhga murojaat etib, ro‘yxatdan o‘tadi.
Ro‘yxatdan o‘tgan nomzodlar o‘zlarining dasturlarini umumiy hisobot saylov yig‘ilishida ishchi guruh hamda maktab o‘quvchilari oldida “Agar men (yo‘nalish nomi) sardori bo‘lsam” mavzusida 5 daqiqa davomida himoya qiladi. Namunaviy baholash mezoni orqali baholanadi.
Saylovda sardorlikka nomzod sifatida ko‘rsatilganlarning dasturlari tinglanadi. Yakunda ochiq ovoz berish yo‘li bilan tegishliligi bo‘yicha sardorlar saylanadi.
|
3.
|
Uchinchi bosqich
|
Tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolari saylash
|
2020-yil
26-27-oktabr kunlari
|
Tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolarining saylovida umumiy o‘rta ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi a’zolarining barchasi ishtirok etadi.
Saylov Sardorlar bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etiladi. Muloqotda sardorlar tuman (shahar) sardorligiga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlarni ilgari surishlari lozim bo‘ladi. Ilgari surilgan sardorlar qisqa vaqt ichida “Agar men (yo‘nalish nomi) sardori bo‘lsam” mavzusida 5 daqiqa davomida himoya qiladi. Namunaviy baholash mezoni orqali baholanadi.
Tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolari bir yil muddatga saylanadi va Tuman (shahar) Sardorlar Kengashiga saylangan sardor, sinf va maktab sardorlar Kengashi a’zoligi vazifasidan ozod qilinadi.
|
4.
|
To‘rtinchi bosqich
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashlari a’zolari saylash
|
2020-yil
4-6-noyabr kunlari
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi a’zolarining saylovida tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zolarining barchasi ishtirok etadi.
Saylov Sardorlar bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etiladi. Muloqotda sardorlar hududiy sardorligiga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha nomzodlarni ilgari surishlari lozim bo‘ladi. Ilgari surilgan sardorlar qisqa vaqt ichida “Agar men (yo‘nalish nomi) sardori bo‘lsam” mavzusida 5 daqiqa davomida himoya qiladi. Namunaviy baholash mezoni orqali baholanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi a’zolari bir yil muddatga saylanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Sardorlar Kengashi a’zoligiga saylangan sardor, Tuman (shahar) Sardorlar Kengashi a’zoligi vazifasidan ozod qilinadi.
|
№
|
Bosqich
|
Saylov turlari
|
O‘tkazish kunlari
|
Yo‘riqnoma
|
1.
|
Birinchi bosqich
|
Sinflarda sinf sardorini saylash
|
2020-yil
15-16-oktabr kunlari
|
Sinf sardori sinf rahbarining tavsiyasiga ko‘ra, sinfning telegramdagi gruppasi orqali o‘quvchilar orasida ochiq ovoz berish yo‘li bilan bir yil muddatga saylanadi.
|
2.
|
Ikkinchi bosqich
|
Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi Sardorlar Kengashi a’zolarini saylash
|
2020-yil
19-20-oktabr kunlari
|
Sardorlar Kengashi saylovini o‘tkazish bo‘yicha maktab miqyosida ishchi guruh (Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, yoshlar yetakchisi, amaliyotchi-psixolog va 1 nafar tajribali yosh o‘qituvchi) tuziladi hamda Sardorlar Kengashi saylovini onlayn tashkil etish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshiradi.
Maktab Sardori (ham yo‘nalish sardorligiga) bo‘lish istagi bo‘lgan 4-7-sinflardagi 10-14 yoshdagi hamda 8-11-sinflardagi 14-18 yoshdagi o‘quvchilar o‘zining dasturi bilan ishchi guruhga murojaat etib, ro‘yxatdan o‘tadi.
Tashkil etilgan kanal yoki guruhga har bir nomzod sardorlik bo‘yicha o‘z dasturi bilan (telefonida 1-2 daqiqalik videoga olgan holda) ishtirok etadi;
Eng ko‘p ovoz olgan yoki munosabat bildirgan nomzod bir yil muddatga maktab (yo‘nalish) sardorligiga saylanadi.