Sardorbekov Azizbek Orqa miya tuzilishi va funktsiyasi
Download 0.63 Mb.
|
Orqa miya tuzilishi va funktsiyasi
Orqa tizimcha (funiculus posterior) orqa o‘rta egat bilan orqa yon egatlar o‘rtasida joylashgan. Orqa tizimcha bo‘yin va yuqori ko‘krak segmentlari sohasida oraliq egat (sulcus intermedialis posterior) bilan ikki: nozik dasta (faciculus gracilis) va ponasimon dastaga (faciculus cuneatus) bo‘linadi.Yon tizimcha (funiculus lateralis) esa oldingi va orqa yon egatlar o‘rtasidagi oq moddadan iborat. Orqa miyaning oq moddasi nerv hujayralari o‘simtalaridan iborat bo‘lib, ular orqa miya o‘tkazuv yo‘llarini hosil qiladi. Oldingi tizimchada asosan pastga yo‘naluvchi: oldingi po‘stloq-orqa miya yo‘li, retikulo-orqa miya yo‘li, oldingi orqa miya-talamus yo‘li, qopqoq-orqa miya yo‘li va dahliz-orqa miya yo‘li o‘tadi. Yon tizimcha tarkibida pastga tushuvchi va yuqoriga ko‘tariluvchi: orqa miya bilan miyacha o‘rtasidagi oldingi va orqa yo‘llar, lateral po‘stloq-orqa miya yo‘li, qizil o‘zak-orqa miya yo‘li o‘tadi. Orqa tizimchada orqa miya bilan miya po‘stlog‘i o‘rtasidagi propriotseptiv sezgi yo‘li yo‘nalgan bo‘lib, bo‘yin segmentlari sohasida nozik va ponasimon dastalarga bo‘linadi.ORQA MIYANING TARAQQIYOTIOrqa miya nerv nayining orqa qismidan taraqqiy etadi. Dastlabki davrda nerv nayini devori bir xil qalinlikka ega bo‘ladi. Keyinchalik uni yon qismlari tez o‘sib kengaya boshlaydi. Oldingi va orqa devorlari o‘sishdan qolib, asta-sekin tez o‘sayotgan yon devorlari ichiga botib kiradi. Natijada orqa va uzunchoq miyaning oldingi va orqa o‘rta egatlari paydo bo‘ladi.Nerv nayi bo‘shlig‘ining ich tomoni yon devorida uncha chuqur bo‘lmagan bo‘ylama chegaralovchi egatlar paydo bo‘lib, nerv nayining yon qismlarini oldingi asosiy va orqa qanotsimon plastinkalarga ajratadi. Asosiy plastinkadan kulrang moddaning oldingi ustuni va uni o‘ragan oq modda yoki harakatlantiruvchi neyronlarining o‘simtalari rivojlanadi. Qanotsimon plastinkadan esa kulrang moddaning orqa ustuni oraliq neyronlar tanasi va ularni o‘ragan oq modda yoki orqa tizimcha, sezuvchi neyronlarning o‘simtalari rivojlanadi.Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling