Orqa miyani ko‘ndalangiga kesib ko‘rganimizda (121-rasm) u ikki xil: uning markazida uchayotgan kapalak yoki «H» harfiga o‘xshab joylashgan kulrang modda va uni o‘ragan oq moddadan iborat. Orqa miyani ko‘ndalangiga kesib ko‘rganimizda (121-rasm) u ikki xil: uning markazida uchayotgan kapalak yoki «H» harfiga o‘xshab joylashgan kulrang modda va uni o‘ragan oq moddadan iborat. Kulrang moddani (substantia grisea) o‘rtasida orqa miyaning markaziy kanali (canalis centralis) joylashgan. U nerv nayining qoldiq bo‘shlig‘i bo‘lib, ichida orqa miya suyuqligi oqadi. Uning yuqori uchi IV qorinchaga qo‘shilsa, pastki uchi biroz kengayib, oxirgi qorinchani (ventriculus terminalis) hosil qiladi. Markaziy kanal ependima bilan qoplangan, uning atrofida markaziy liqildoq modda (substantia gelatinosa centralis) joylashgan. Kulrang modda markaziy kanalning o‘ng va chap tomonlarida simmetrik joylashgan kulrang ustunlar (columnae griseae) hosil qiladi. Bu ustunlar markaziy kanalni oldingi va orqa tomonida oldingi va orqa kulrang bitishmalar vositasida birikkan. Har bir kulrang ustunda uning oldingi qismi-oldingi ustun (columna anterior) va orqa qismi - orqa ustun (columna posterior) bor. CVIII, Th I-XII, L I-II va SII-IV segmentlar sohasida yon ustunlar (columna lateralis) hosil bo‘ladi. Orqa miyaning ko‘ndalang kesimida kulrang modda ustunlari ikki tomonda shoxlar shaklida bo‘ladi. Unda keng oldingi shox (cornu anterius), nisbatan ingichka orqa shox (cornu posterius) va yon shox (cornu lateralis) tafovut qilinadi. Oldingi shoxda yirik harakatlantiruvchi hujayralar joylashgan. Oldingi shoxda joylashgan hujayralar quyidagi o‘zaklarni: oldingi yon o‘zak (nucleus anterolateralis), oldingi o‘zak (nucleus anterior), oldingi medial o‘zak (nucleus anteriomedialis), orqadagi yon o‘zak (nucleus posterolateralis), orqadagi medial o‘zak (nucleus posteromedialis), markaziy o‘zak (nucleus centrlis) hamda qoshimcha va diafragma nervi o‘zaklarni hosil qiladi. Orqa shoxda mayda hujayralar to‘plangan bo‘lib, ularda orqa ildiz tarkibida yo‘naluvchi orqa miya tuguni sohta unipolyar hujayralarining markaziy o‘simtalari tugaydi. Orqa shox hujayralari oraliq neyronni hosil qiladi. Orqa shox hujayralarining asosiy qismini uning xususiy o‘zagi (nucleus proprius) hujayralari hosil qiladi. Bundan tashqari orqa shoxda chekadagi o‘zak (nucleus marginalis), dirildoq o‘zak (nucleus gelatinosa) va boshqa o‘zaklar bor. Yon shoxda oraliqdagi lateral o‘zak (nucleus intermediolateralis), oraliqdagi medial o‘zak (nucleus intermediomedialis) va orqa ko‘krak o‘zagi (nucleus thoracicus posterior) va boshqa o‘zaklar joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |