Sardorbekov Azizbek Orqa miya tuzilishi va funktsiyasi


Download 0.63 Mb.
bet10/15
Sana18.02.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1213260
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Orqa miya tuzilishi va funktsiyasi

Orqa miyaning ko‘ndalang kesimida kulrang modda ustunlari ikki tomonda shoxlar shaklida bo‘ladi. Unda keng oldingi shox (cornu anterius), nisbatan ingichka orqa shox (cornu posterius) va yon shox (cornu lateralis) tafovut qilinadi. Oldingi shoxda yirik harakatlantiruvchi hujayralar joylashgan. Oldingi shoxda joylashgan hujayralar quyidagi o‘zaklarni: oldingi yon o‘zak (nucleus anterolateralis), oldingi o‘zak (nucleus anterior), oldingi medial o‘zak (nucleus anteriomedialis), orqadagi yon o‘zak (nucleus posterolateralis), orqadagi medial o‘zak (nucleus posteromedialis), markaziy o‘zak (nucleus centrlis) hamda qoshimcha va diafragma nervi o‘zaklarni hosil qiladi. Orqa shoxda mayda hujayralar to‘plangan bo‘lib, ularda orqa ildiz tarkibida yo‘naluvchi orqa miya tuguni sohta unipolyar hujayralarining markaziy o‘simtalari tugaydi. Orqa shox hujayralari oraliq neyronni hosil qiladi. Orqa shox hujayralarining asosiy qismini uning xususiy o‘zagi (nucleus proprius) hujayralari hosil qiladi. Bundan tashqari orqa shoxda chekadagi o‘zak (nucleus marginalis), dirildoq o‘zak (nucleus gelatinosa) va boshqa o‘zaklar bor. Yon shoxda oraliqdagi lateral o‘zak (nucleus intermediolateralis), oraliqdagi medial o‘zak (nucleus intermediomedialis) va orqa ko‘krak o‘zagi (nucleus thoracicus posterior) va boshqa o‘zaklar joylashgan.

Orqa miyaning oq moddasi (substantia alba) egatlar bilan uchta tizimchaga ajralgan. Oldingi tizimcha (funiculus anterior) oldingi o‘rta yorig‘ bilan oldingi yon egat o‘rtasida joylashgan. Oq moddada oldingi o‘rta yorig‘ni orqa tomonida oldingi oq bitishma (commissura alba) joylashgan. U o‘ng va chap oldingi tizimchalarni biriktirib turadi.

Orqa miyaning oq moddasi (substantia alba) egatlar bilan uchta tizimchaga ajralgan. Oldingi tizimcha (funiculus anterior) oldingi o‘rta yorig‘ bilan oldingi yon egat o‘rtasida joylashgan. Oq moddada oldingi o‘rta yorig‘ni orqa tomonida oldingi oq bitishma (commissura alba) joylashgan. U o‘ng va chap oldingi tizimchalarni biriktirib turadi.


Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling