Sarlavhaga oid ma’lumot, hujjat nomi


Download 2.94 Mb.
bet16/56
Sana13.10.2023
Hajmi2.94 Mb.
#1701216
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Kommunikator – Choʽntak kompyuter bo‘lib, GSM texnologiyasi joriy etilgan, shu bois ularni oddiy uyali telefon sifatida ham qoʽllasa bo‘ladi.
Smartfon – bu uyali telefon bo‘lib, kompyuter funksiyalari ham joriy etilgan.
Kommunikatsiya vositalariga quyidagilar kiradi:

  • statsionar va mobil aloqa vositalari va tizimlari;

  • telegraf aloqa vositalari va tizimlari;

  • faksimil va modem aloqa vositalari va tizimlari;

  • sun’iy yoʽldosh aloqa vositalari va tizimlari.


Modem vositasi
Foydalanuvchilar o‘z faoliyatini kengaytirish uchun uzoq masofada joylashgan qo‘shimcha ma’lumotlarga, zaxiralarga muxtojlar. Ushbu masalaning eng oddiy yechimlaridan biri bu kompyuterlarni bir biriga modem orqali ulashdir.
Modem – telefon tizimi orqali kompyuterlarni bir biriga ulash vositasidir. Modem nomi MOdulyator-DEModulyator so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib, raqamli signallarni analog shaklga o‘zgartiradi va teskari.

Tarmoq kabeli
Har qanday kompyuter tarmog‘ida ma’lumotlar uzatish kanallari orqali elektromagnit signallar ko‘rinishida uzatiladi. Uzatish muhitlarining asosiy kamchiligi signallarning pasayishi deb hisoblanadi. Uzatish muhiti ikki xil bo‘ladi: cheklangan va cheklanmagan muhitlar. Muhitning cheklanganligi signal oʽtkazuvchilarning fizik nuqtai nazardan cheklanganidan kelib chiqadi, aks holda muhit cheklanmagan hisoblanadi. Cheklangan muhitlarga «oʽralgan sim (vitaya para)», koaksil kabel va optic tolali kabellar kiradi. Cheklanmagan muhit bu ochiq fazo bo‘lib, bu yerda mikro va boshqa to‘lqinlar signallari uzatiladi.
Tarmoq kabeli – o‘tkazuvchi-sim, qaysikim kompyuterlarni bir-biri bilan tarmoqqa ulaydi. Tarmoqda fayllarni chop etish, elektron xatlarni jo‘natish va boshqa ishlarni bajarish kabel yordamida amalga oshiriladi.
Ishlab turgan tarmoqdan kabelni uzib qo‘yish fayllarni yo‘qotib qo‘yish yoki tarmoqni ishdan chiqarib qo‘yishi mumkin.
Qo‘llaniladigan kabellarning tiplari quyidagilardir.

Download 2.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling