Sarlavhaga oid ma’lumot, hujjat nomi


Download 2.94 Mb.
bet17/56
Sana13.10.2023
Hajmi2.94 Mb.
#1701216
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56
Patch cableOtvod kabel - qisqa kabel, qaysikim kompyuterni tarmoq rozetkasiga ulash uchun ishlatiladi.
Twisted Pair (TP)-juft oʽralgan sim, qaysiki bir-biriga o‘ralgan izolyatsiyalangan ikki simdan iborat. Simlarni o‘rashdan maqsad – o‘tqazuvchanlikni kuchaytirish va tashqi muhitning elektromagnit to‘lqinlar (ElectroMagnetic Interface - EMI) ta’sirini kamaytirish. Juftlangan simlar o‘z navbatida izolyatsiyalangan qobiqda bo‘ladi. EMIning ta’sirini kamaytirish maqsadida kabellar o‘z navbatida qo‘shimcha simlar turidan iborat qobiqqa ega bo‘lishi mumkin. Ushbu kabellar ekranlangan, aks holda ekranlanmagan kabel deb aytiladi. IBM Token Ring va local Talk kabellar ekranlangan kabel turiga kirsa, oddiy telefon kabellari ekranlanmagan kabel turiga kiradi. TR kabellarning afzalligi - uning arzon narxligi va o‘rnatishdagi yengilligi. O‘z navbatida kamchiligi sifatida uning EMI ga va mexanik buzilishlarga ta’sirchanligi hisoblanadi.
Koaksil kabel (coax cable - CC) – televideniyeda ishlatiladigan markaziy o‘tkazuvchan. SS lar ikkita o‘tqazuvchandan iborat. Umumiy o‘qqa ega bo‘lganliklari sababli SOAX deb atalgan. SSlar ikki xil bo‘ladi: qalin va ingichka. Qalin SS ma’lumotlarni uzoq masofaga jo‘natish imkoniga ega bo‘lsada, ingichka kabeldan qimmat narxi bilan ajralib turadi. SS kabellar TR kabellarga nisbatan ma’lumotlarni yuqori tezlikda uzatadi va EMI dan ko‘proq himoyalangan deb hisoblanadi.
Optik tolali kabel (OK). Ushbu kabel nur o‘tqazuvchi shishadan yoki plastik-dan iborat bo‘lib, himoyalangan qobiq ichida joylashtiriladi. Nur lazer yoki svetodiod yordamida tashkil qilinadi, qabul qilish manzilgoxida fotodetektor joylashtiriladi.
Nurli signallarning afzallik tomonlari ko‘p, masalan, o‘chmaslik, EMI ga inertligi va mexanik buzilishlarga kamroq ta’sirchanligi lekin juda ham qimmatbaho hisoblanadi.
Xab, Marshrutizator (Hub) – ko‘p manzilli qurilma bo‘lib, tarmoq kabellarini ulash uchun ishlatiladi.
Repitor – signallarni kuchaytiruvchi qurilma.
Cheklanmagan muhitlarda quyidagi vositalar ishlatiladi:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling