Sarlavhasi Annotatsiya Kalit so'zlar Asosiy
Download 26.11 Kb.
|
O’quv-tadqiqot va yozish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilmiy maqolaning tuzilishiga nisbatan qoʻyiladigan talablar; Dastavval muallif(lar)ning ism-sharifi, tadqiqot (maqola yozgan) olib borilgan oliy taʼlim
Oraliq savollar Ilmiy maqola yozish tartibini yoritib bering Maqolaning asosiy qolipi: Maqola sarlavhasi Annotatsiya Kalit so'zlar Asosiy qism Adabiyotlar kabi qismlardan iborat bo'ladi. Ilmiy maqolaning: hajmi kamida 3-5, koʻpi bilan 30 betgacha boʻlishi lozim. Qogʻoz formati – A4, kitob varagʻi hajmida, atrofida qoldiriladigan boʻsh joylarning hajmi hamma tomondan 2,5 sm, interval (satrlar oraligʻidagi masofa) 1,5 sm, shrift – Times New Roman, rangi qora, kattaligi 12 mm, havola (ssыlka)lar maqolaning oxirida, kvadrat qavslarda beriladi; Ilmiy maqolaning tuzilishiga nisbatan qoʻyiladigan talablar; Dastavval muallif(lar)ning ism-sharifi, tadqiqot (maqola yozgan) olib borilgan oliy taʼlim muassasasi yoki ilmiy tashkilotning nomi, Maqolaning oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi nomidan soʻng 4-5 satrlik annotatsiya yoziladi. Annotatsiyadan soʻng oʻzbek, rus va ingliz tillarida kalit so'zlar beriladi. Shundan keyin asosiy matn beriladi. Oxirida foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltiriladi. Matn ichida havola (ssыlka)lar kvadrat qavslar ichida beriladi (bu narsa iqtibos deyiladi yana tekshirilganda plagarism deb topilmasligi uchun) Havolalarning tartib raqami matn oxiridagi foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidagi tegishli manbaga taalluqli boʻladi. Maqola homicide asosiy qismda nimalar yoziladi? Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat boʻladi: 1. Kirish — bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2. Asosiy qism — muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi. 3. Xulosa — mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi. Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga toʻliq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo’lishi lozim. Maqola Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati koʻrsatiladi.[1] Kalit so’zlar nima? Kalit so’z (ruscha ключевое слово, inglizcha keyword) – mavzuning mazmunini ochib beradigan so’z demakdir. Aytaylik internetda bitta maqola bor, unda 2000 ta so’z yozilgan, lekin uning mazmuni aynan bitta so’z (nari ketsa 2-4 ta so’z) bilan ifodalanadi. Masalan kasalliklar misolida oladigan bo’lsak, gripp kasalligini davolash, simptomlari, uni uyda nima qilib davolash mumkinligi, xavflari haqida maqola bor. Lekin o’sha maqoladagi kalit so’z GRIPP bo’ladi. Bu so’z ko’proq internetda ishlatiladi, ayniqsa qidirish formalarida. Shu sababli, gripni davolash haqida ma’lumot qidirmoqchi bo’lsangiz (google yoki yandexda emas, balki saytning o’zini qidirish formasi orqali), “grippni uyda tezda davolash haqida ma’lumot” deb yozmasdan, faqat gripp deb yozib qidiring, shunda sayt sizga grippga tegishli bo’lgan barcha maqolalarni chiqarib beradi. Ular orasidan kerakligini topib olaverasiz. Google va yandexda esa istalgan uzunklikdagi kalit so’z bilan qidirish mumkin, chunki u butun dunyodagi ochiq saytlar orasidan izlaydi. Lekin baribir konkretika bilan yozgan ma’qul. Annotatsiya deb nimaga aytiladi? Annotatsiya so’zining ma’nosi. Annotatsiya (lotincha: annotatio – „qayd“) — qisqacha ta’rif. Kitob, maqola, qoʻlyozma mundarijasini, gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. Annotatsiyani, masalan, kitobning oʻzida, bi-bliografik koʻrsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi oʻquvchilarda muayyan kitob, maqola, qoʻlyozma toʻgʻrisida umumiy tasavvur tugʻdirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam koʻrsatishdir. Annotasiya (sharh) — ilmiy maqola yoki ilmiy asar matnining maksimal darajadagi qisqartirilgan (5-6 ta gapdan iborat) bayonidir. Odatda, bu umumlashtirish, konseptual emas, sanab otish xarakteriga ega. Barcha axborot janrlari ichida annotasiya eng obyektividir. Annotasiyada odatda, ish qanday mavzuga bagishlanganligi tadqiqotning qanday uslublaridan foydalanganligi, buning uchun qanday til materiallari jalb etilganligi va tadqiqotning adresati kim ekanligi korsatiladi. Xulosa yozishda qaysi jihatlarga ahamiyat berish kerak? Tadqiqotlarda xulosa qismini yozishdagi talabalarga rioya qilish katta ahamiyatga ega . Keltirilgan xulosa,kirish qismidagidek ,ilmiy ishda yordamchi qism rolini o’ynamay ,balki muhum qism hisoblanadi.Tadqiqotning xulosa qismida olib borilgan ilmiy ishning hammasiga yakun yasaladi ,ya’ni boblarda ifodalangan tadqiqot natijalari umumlashtirilib, mavzu bo’yicha yakuniy xulosa beriladi .Xulosada tadqiqotning boblarida keltirilmagan dalillar ,yangi nazariy g’oyalar ilgari surilmaydi .Ammo xulosa bob va paragraflarning mazmunan qisqacha qaytarilishi ham bo’lib qolmasligi kerak.U o’z mazmuniga ko’ra bob va paragraflardagi dalil va g’oyalarni umumlashtirib , sifat jihatidan hamma ilmiy natijalarni yuqori darajadagi mushohadalar asosida yangi xulosalar tarzida berishga qaratilgan bo’lishi zarur. Ilmiy maqola deb nimaga aytiladi? Ilmiy maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir.Yuqori maqsadni ko’zlagan insonlar uchun ilmiy maqolaning o’rni judayam muhim ahamiyat kasb etadi: Davlat stipendiantlari sohibi bo’lishingiz uchun sizdan judayam ko’p maqola sertifikatlari talab qilinadi; Zulfiyaxonim sohibasi bo’lishni maqsad qilgan bo’lsangiz ham ushbu sertifikatlar sizga yordam beradi; Keyinchalik o’qishingiz davomida bir qancha grand dasturlari, haqida ma’lumot topasiz, va ushbu grandlarni yutib olishingiz uchun sertifikatlaringizga alohida ahamiyat berishadi va ular orqali tanlovda qabul qilinish imkoniyati sizda yuqori bo’lishi mumkin; Sizdagi keyingi maqsad albatta magistratura bo’ladi va magistratura bosqichi bakalavrga nisbatan kam talabalarni qabul qiladi,,, Maqola sertifikatlaringiz orqaligina sizda yana kirish imkoniyati yuqori bo’ladi. Ilmiy maqolada sxema va ilovalar qanday maqsadlarda qo’llaniladi? Tadqiqotga oid ilmiy maqola quyidagi talablarga javob berishi kerak : _. Maqola sarlavhasi mumkin qadar qisqa va ayni paytda mazmundagi asosiy g’oyani o’zida aks ettirishi zarur ; - maqola sarlavhasidan keyin o’ng burchakda muallif tadqiqotchining ismi sharifining bosh harfi va familiyasi hamda ayrim hollarda qaysi shahardagi oliy ta’lim muassasasida o’qishi yoziladi ;-ilmiy maqola mohiyatiga ko’ra tadqiqotchi tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishning ma’lum bir qismi yakuni sifatida ifodalab beruvchi yozma manba hisoblanadi;- ilmiy maqolalar tadqiqot mavzusining ayrim jihatlari yoritishga qaratilgan boʻlib , gazeta, jurnal va ilmiy to’plamlarda chop. Etiladi ; Maqolada annotatsiya nima uchun yoziladi? Annotatsiya hajmi 500 belgidan oshmasligi kerak, bu taxminan 50 so’zni tashkil qiladi. “Ushbu maqola nima haqida” degan savolga javob beradigan 1-2 ta jumla (maksimal 5 ta) tuzing va o’quvchini ushbu qisqacha kirish bilan qiziqtirishga harakat qiling, shunda u ma’lumotni o’qishni davom ettirmoqchi. Izoh yozishda “Menimcha”, “Mening fikrim shu”, “Menimcha” iboralarini ishlatmang. Har bir insonning fikri sub’ektivdir, shuning uchun siz faqat shaxsiy xulosalaringiz bilan hammani ob’ektivlikdan mahrum qilmasligingiz kerak. Taniqli ma’lumotlardan, klişelardan va shablonli iboralardan voz kechishga harakat qiling. Maqolangiz uchun tushuntirishlar sodda va tushunarli tilda yozilishi kerak. Abstraktda ilmiy atamalardan foydalanish qabul qilinishi mumkin emas. Ishingizning taqdimoti qisqa, ixcham va aniq bo’lishi kerak. Odatda anotatsiya necha xil tilda yozilishi kerak? XML va HTML kabi belgilash tillari matnni ushbu matndan sintaktik ravishda ajratib turadigan tarzda izohlovchi hisoblanadi.Ular kerakli vizual taqdimot yoki mashinada o’qiladigan sxemantik ma’lumotlar haqida axborot qo’shish uchun ishlatilishi mumkin[1]. Jadval ma’lumotlari Tahrirlash Bunga CSV va XLS kiradi. Jadval ma’lumotlariga semantik izohlarni berish jarayoni semantik yorliq deb ataladi. Semantik yorliq-bu ontologiyalardan jadval ma’lumotlariga izohlarni berish jarayoni..[12][13][14][15] Ushbu jarayon semantik izoh deb ham ataladi.[16][15] Semantik yorliq ko’pincha (yarim)avtomatik tarzda amalga oshiriladi. Semantik yorliqlash texnikasi shaxs ustunlarida ishlaydi, [4] raqamli ustunlar,[1][3][6][7] koordinatalari,[8] va yana.[15][7] Ilmiy maqola bilan tezisning farqi nimada? Ilmiy maqola – bu ilmiy usul yordamida biron-bir muammoni yechimini beradigan tadqiqot ishining yakunlagan tavsifidir. Tezis – odatda ilmiy ish, maqola, ma’ruza, kurs ishi yoki diplom ishining asosiy ma’nosi jamlangan annotatsiyasidir. Farqlari: Maqola: 10 lab sahifa hajmda; Qoidalar asosida tuzilgan, kirish, asosiy qism va xulosadan iborat; Nashr qilish uchun mo’ljallangan; Odatda amaliy yo’nalish va muhimroq muammoni qo’yish bilan tavsiflanadi. Tezis: Bir necha paragrafdan iborat, ba’zan kamroq hajmda; Muallif uchun qulay bo’lgan tarzda tuzilgan; Odatda nashr qilish uchun mo’ljallanmagan; Ko’proq nazariy shakllantirish va gipotetik muammoni qo’yish imkonini beradi. Download 26.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling