Sattarov abdumurod sattarovich oqava suvlardan sifatli ichimlik suvi olishda biotexnologik


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/29
Sana18.11.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1786037
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
monograph Satorov indiya 2022 besh

Tadqiqot obyekti va predmeti. Yuqoridagi dolzarblikni yechishda, tadqiqot 
obyekti sifatida suvo‘tlar (Eichhornia crassipes, Pistia stratiotes, Azolla, Lemna 



minor), turli xil darajada ifloslangan ichimlik suvlari tanlandi. Oqava suvlarni 
tozalash usullari tadqiqot predmeti qilib olindi.
Tadqiqot maqsadi va vazifalari

Tadqiqot ishimizda quyidagicha maqsad 
qo‘yildi: Termiz shahridagi turli xil darajada ifloslangan ichimlik suvlarini o‘rganish, 
fizik–kimyoviy xossalarini tekshirish, ularni biotexnologik usulda tozalash. 
Qo‘yilgan maqsadni amalga oshirish uchun quyidagicha asosiy vazifalar 
qo‘yildi va yechildi:
adabiyotlar va elektron manbalarni tahlil qilish asosida, O‘zbekistonda mavjud 
ichimlik suvi manbalari hozirgi holati, ularning ifloslanish darajasi va manbalari, 
ifloslangan suvlarni tozalash usullari haqidagi ma`lumotlarni to‘plash; 
Termiz shahri turli hududlarining ichimlik suvlaridan namunalar olish, uni fizik 
va kimyoviy jihatdan tekshirish 
ifloslangan deb aniqlangan namunalarda yuksak suv o‘simliklari o‘stirish orqali 
suvni tozalash tajribalarini olib borish; 
tajribalarda aniqlangan ma’lumotlar asosida tegishli xulosa va tavsiyalar 
tayyorlash. 
Ilmiy yangiligi. Ifloslangan ichimlik suvlarni biotexnologik usulda, ya’ni 
yuksak suv o‘simliklari yordamida tozalashga qaratilgan tajribalar Termiz shahrida 
mahalliy sharoitda birinchi marta olib borildi. 
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari. Tadqiqotda asosiy masala 
aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va ifloslangan suvni iqtisodiy jihatdan 
samarali tozalash usullarini izlab topishga qaratilgan. Agar tadqiqot natijalari ishlab 
chiqarishga joriy qilinsa, aholini toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirishga 
birmuncha erishiladi deb faraz qilish mumkin.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling