Sattarov abdumurod sattarovich oqava suvlardan sifatli ichimlik suvi olishda biotexnologik
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
monograph Satorov indiya 2022 besh
vulgarius Beisei, Scenedesmus obliquus Kuetz ekilgan. Natijalarning ko‘rsatishicha
oqova suvlaridan yuqorida ko‘rsatilgan suvo‘tlari o‘stirishda ozuqa sifatida foydalanish mumkin ekan. O‘stirilgan suvo‘tlarining hosildorligi 1 m 2 suv yuzasida 13,4–17,2 g quruq moddani tashkil qilgan. Suvo‘tlaridan tashqari “O‘zbekiston” parrandachilik fabrikasidan chiquvchi oqova suviga yuksak suv o‘simliklaridan ryaska (Lemna minor) va spirodella (Spirodella polyrchra) ekilgach, ularning oqova suvini tozalashi hamda hosilning ko‘payishi o‘rganilgan. Chorvachilik kompleksidan va oltin ishlab chiqaradigan fabrikadan chiqadigan oqova suvlarini tozalash biotexnologiyasi ham ishlab chiqilgan (Bo’riyev, 1993). Muallifning ko‘rsatishicha, mikroskopik suvo‘tlar yordamida oqova suvining tarkibidagi organik, mineral moddalar, kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlar va zaharli moddalardan intensiv holatda tozalanar ekan. Bu tozalanish darajasi 90 foizni tashkil qilgan. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasidagi Mikrobiologiya instituti (R.Sh.Shoyokubov va hamkasblari) tomonidan cho‘chqachilik, parrandachilik komplekslaridan hamda kanopni qayta ishlaydigan korxonalardan chiqadigan oqova 33 – suvlarni yuksak suv o‘simliklar vakili pistiya (Pistia stratiotes L.) yordamida tozalash biotexnologiyasi ishlab chiqilgan va ishlab chiqarishga keng joriy qilingan 1 . Respublikamizda turli xil sanoat va ishlab chiqarish oqova suvlarini yuksak suv o‘simliklari, suvo‘tlari, Bacillus, Pseudomonas, Bacillus cereus, Bacterium megaterium va boshqa bakteriyalar vakillari, Pseudomonas fluorescens B– 5040 yordamida (pestitsidlar, fenollar, sianidlar, og‘ir metallar tuzlari va h.k.dan) tozalash usullari ishlab chiqilgan (Shoyakubov va boshq., 2005; Bo‘riev, 1993; Qutliev, 1993; Sagdieva, 1997; Sanakulov, 2001). Rossiyada oltin saralash korxonalari oqova suvlariga oziqa manbasi sifatida ammofos qo‘shib, L.Minor yordamida tozalangan (Antoninova, 2007). Chiqindili oqova suvlarni yuksak suv o‘simliklari – ryaska, azolla, pistiya va eyxorniya yordamida tozalashning fizikaviy, kimyoviy, biologik, mikrobiologik jarayonlari, ionlar metabolizmi, o‘simlik to‘qimalaridagi akkumulyatsiyasi kabi jihatlar o‘rganilgan. 1 Шоякубов Р.Ш., Кутлиев Дж., Хайдарова Х.Н., Джуманиязова Г.И. Биотехнология массового культивирования и использования пистии телорезовидной при биологической очистке сточных вод // Информационное сообщение № 433. – Ташкент: Фан, 1988. – 16 с. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling