Mavzu: Litotrof va organotrof bakteriyalar va ularni tuzilishi. Biozararlovchi zamburug’lar guruhlari vakillari


Download 1.69 Mb.
bet1/6
Sana18.03.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1280383
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Ma\'ruza taqdimoti

Mavzu: Litotrof va organotrof bakteriyalar va ularni tuzilishi. Biozararlovchi zamburug’lar guruhlari vakillari

Reja

  • Biozararlovchi bakteriyalar turlari
  • Biozararlovchi zamburug’lar turlari xususiyatlari
  • Biozararlanishdan umumiy himoya
  • Materiallarni biozararlanish va bioparchalanishdan himoya qilishni o‘rganishdagi keskin burilish bu jarayonda mikroorganizmlarning roli aniqlangandan so‘ng o‘rin oldi. Mikroorganizmlar ta’sirida yog‘ochlar zararlanishini o‘rganish XIX asrda boshlangan bo‘lsa, qog‘oz, kitob va hujjatlar zararlanishi XX asrning boshlarida, sanoatda qo‘llaniladigan materiallarning zamburug‘lar bilan zararlanishi XX asrning o‘rtalarida tadqiq qilina boshlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra ikkinchi jahon urushi yillarida tropik mintaqalarda har xil mamlakatlar armiyalarining ko‘p aslaha-anjomlari mikroorganizmlar ta’sirida yo‘qotilgan. Shu sababdan, masalan, Yangi Gvineyada Avstraliya armiyasining brezent, chodir, kiyim, oyoq kiyim, rezinadan tayyorlangan buyumlar, elektr asbob-uskunalar, radiostansiyalar va b. butunlay yaroqsiz holga kelgan.
  • Mo’tadil iqlimda zamburug‘lar sanoat materiallarini ishlab chiqarish davrida yuqori namlik va harorat bo‘lishi talab qilinganda, materiallarni qo‘llash, saqlash va tashish paytidagi qoidalarga rioya qilmaslik natijasida zararlaydi. Tropik va subtropik iqlimda zamburug‘lar tez rivojlanadi, demak ular keltiradigan zarar ham juda katta bo‘ladi.
  • Materiallarga mikroorganizmlardan zamburug‘lar eng katta zarar yetkazishi isbotlangan. Ular barcha tabiiy, ko‘p sintetik materiallarni va hatto po‘lat va temir-betondan tayyorlangan murakkab inshootlarni, barcha yonilg‘i turlari, lak, bo‘yoq, madaniyat va san’at yodgorliklari va obidalarini, boshqa ko‘p jihoz va buyumlarni zararlaydi. Zamburug‘lar bilan materiallar zararlanishi ularning tuzilishi bilan bog‘liq. Birinchi navbatda ichida zamburug‘lar uchun ozuqa bo‘lib xizmat qiladigan moddalar (tabiiy tolalardan tashkil topgan to‘qimalar, yog‘och, oqsilli yelimlar, karbonvorodlar) mavjud bo‘lgan materiallar zararlanadi. Zamburug‘lar bu materiallarni karbon va energiya manbai sifatida qo‘llaydi va yaroqsiz holga keltiradi.
  • Bakteriyalarning alohida guruhlari ular o‘zlashtiradigan energiya va karbon manbaalari bilan farqlanadi. Energiya manbai sifatida yorug‘likdan foydalanuvchi bakteriyalar fototrof bakteriyalar, oksidlanish-tiklanish reaksiyalaridan foydalanuvchilari esa xemotrof bakteriyalar guruhlarini tashkil qiladi. Energetik jarayonda elektronlar donori sifatida anorganik moddalarni qo‘llovchi organizmlar litotroflar, organik moddalarni qo‘llovchilar esa organotroflar deb ataladi. Karbon elementi manbaiga bo‘lgan munosabatiga qarab, barcha tirik organizmlar singari, bakteriyalar ham avtotrof va geterotroflarga bo‘linadi. Avtotroflar tana tuzilmalarini qurishda yagona karbon manbai sifatida karbonat angidridni, geterotroflar esa – tayyor organik moddalarni ishlatadi.

Электрон донорлари

Электронларнинг охирги акцепторлари

Тана тузилмаларини қуришдаги карбон манбаи

Ҳаёт кечириш усули

Намояндалари

Анорганик бирикмалар (H2, H2S, NH3, Fe2+ ва б.)

Молекуляр кислород

CO2

Хемолитоаэро-автотрофия

Нитрификация қилувчи, тион, водород бактериялари

Органик бирикмалар

Хемолитоаэро-гетеротрофия

Баъзи водород ва темир бактериялари

CO2, SO42-

CO2

Хемолитоанаэро-автотрофия

Метан ҳосил қилувчи бактериялар

Органик бирикмалар

Хемолитоанаэро-гетеротрофия

Сульфаттикловчи бактериялар

Органик бирикмалар

Молекуляр кислород

CO2

Хемоорганоаэро-автотрофия

Чумоли кислотасини бактериялар оксидлаши

Органик бирикмалар

Хемоорганоаэро-гетеротрофия

Бактерияларнинг кўпчилиги

Органик бирикмалар

CO2

Хемоорганоанаэро-автотрофия

Метан ҳосил қилувчи бактериялар

Органик бирикмалар

Хемоорганоанаэро-гетеротрофия

Сут ачитувчи, мой ачитувчи ва б. ачитувчи бактериялар
  • Sanoat materiallarining biodestruksiyasi (bioemirilishi, bioparchalanishi) jarayonida bakteriyalarning quyidagi xususiyatlari muhim rol o‘ynaydi:
  • - Ko‘p bakteriyalar tashqi muhitdan organik modda olmasdan hayot kechira olishi;
  • - Ba’zi bakteriyalar muhitdagi ekstremal sharoitlarda ham hayotchanligini yo‘qotmasligi, jumladan, yuqori harorat (80oS, ba’zan undan ham yuqori)
  • - Bosimga,
  • - Kuchli nordonlik yoki ishqorlikka,
  • - Intensiv nurlanishga,
  • - Tuzlarning yuqori miqdoriga va b. chidamliligi.
  • Bakteriyalarni hayot kechirishi uchun kerak bo’lgan sharoitlar
  • Temperatura (C)
  • PH
  • Bosim
  • Tuz miqdori

  • Download 1.69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling