"Etiket" tushunchasi fransuzcha "etiquette" so'zidan kelib chiqgan va quyidagilarni anglatadi


Download 286.9 Kb.
Sana07.05.2023
Hajmi286.9 Kb.
#1439383
Bog'liq
intelekt maruza (2)


1.Kundalik etiket.

"Etiket" tushunchasi fransuzcha "etiquette" so'zidan kelib chiqgan va quyidagilarni anglatadi:


xulq-atvor shakli;
xulq-atvor va odob-axloq qoidalari to'plami;
xushmuomalalik va hurmat ko'rsatish qoidalari va boshqalar.
✅ Etiket - bu jamiyatdagi mavqeiga ko'ra aholining turli guruhlari vakillari, qatlamlari o'rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar to'plamidir.
✅ Etiket va uning qoidalariga nafaqat jamoat hayotida, balki kundalik hayotda: uyda, ro'zg'orda, ishda, ziyofatda yoki jamoat joylarida o'zini tutishda nooshkorona amal qilinadi. Har qanday vaziyatda etiketga rioya qilish odamni madaniyatli va madaniy shaxs yoki jamiyat a'zosi sifatida tavsiflaydi.
🙋‍♀🙋‍♂Notanish odamlar etiketdan foydalangan holda barcha tushunadigan tilda muloqot qilish va umumiy maqsad yoki yechimga kelish imkoniyatiga ega.
✍️Tarix: Fransiya qiroli Lyudovik XIV saroyida barcha taklif etilgan mehmonlarga stol atrofida va boshqa mehmonlar bilan o'zini tutish qoidalari tasvirlangan kartochkalar (etiketlar deb nomlangan) berilgan.
❗️Muloqot qoidalari va xulq-atvor qoidalariga rioya qilish muvaffaqiyatli muzokaralar kalitidir! Ayniqsa dimplomatik tadbirlarda!
👩‍🎓 Ushbu hafta davomida sizni odob-axloq qoidalari va ishbilarmonlik aloqalari bo'yicha bilimlaringizni oshirishga chorlaymiz.
Kundalik etiket
Kundalik odob axloq qoidalari
oilada odob axloq qoidalari
ko‘chada odob axloq qoidalari
Jamoat joylarida odob axloq qoidalari
Transportda odob axloq qoidalari
Oilada odob axloq qoidalari
Oila
Oila — tarixan tarkib topgan o‘ziga xos va mos ijtimoiy guruh bo‘lib, uning a’zolari bir-birlari bilan nikoh, qon-qarindoshlik, umumiy turmush va o‘zaro huquqiy, axloqiy va boshqa munosabatlar bilan bog‘langandir. Oila nikoh zaminida vujudga keladi. Nikoh esa erkak va ayol orasidagi munosabatlarning jamiyat tomonidan tan olingan, ma’qullangan ifodasi hisoblanadi.
“Oila uch jihatni: o‘zining bevosita ko‘rinishi bo‘lmish nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g‘amxo‘rlikni; bolalar tarbiyasini o‘z ichiga oladi”.
Kelin bo‘lish odobi
Kelinning kiyinish madaniyati Yaxshi kiyinish ham o‘ziga xos san’at hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo, kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon bo‘ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma’lum sharoitga munosib, kishining mashg‘uloti, voqea, muhit va Shu kabilar bilan muvofiq, hamda vaqti va joyiga qarab bashang bo‘lishi mumkin.
Salomlashish odobi Ertalab turgach, yuvinib, qaynota-qaynona, oila a’zolari bilan muloqotni iltifot bilan salom berish, "Yaxshi dam oldingizmi?" degan so‘zni aytish bilan boshlash joiz. Assalomu-aleykum, arabcha so‘z bo‘lib, "Sizga tinchlik tilayman" deganidir, bu so‘z to‘liq aytilishi kerak. "Assalom-alayka", "Va alayka", "Salom", "Salom alaykum", "Salom berdik", "Alaykum" kabi qisqa so‘zlar ishlatilmasligi kerak.
Oilada o‘zini tutish etiketi erkaklar
Doimo ayoli kiygan libosi bo‘yicha biron bir munosabatni bildirish lozim.
Rafiqasining oldida boshqa ayollarga o‘grilib qaramaslik joiz
«Seni boqyapman» deb da’vo qilish noo‘rin – bu erkak burchidir
Uydayarimyalang‘och holatda yurmaslik
ishga bormaydigan vaqtda uydan chiqishdan oldin ayoliga qayerga borayotganini aytish erkaksiz yashashga o‘rganib qolishning» oldini oladi pishirilgan taomni tanqid qilish yaramaydi, kezi kelsa boshqa biron vaziyatda gap orasida aytish mumkin ayolingiz uyda nima ish bilan band ekanligiga ba’zan qiziqib qo‘yish kerak rafiqasi bilan ro‘zg‘or masalalaridan tashqari boshqa mavzular bo‘yicha ham suhbatlashib turiish munosabatlarni mustahkamlaydi, ziddiyatlarni oldini oladi.
Kundalik hayotda 7 axloq namunalari
Kundalik hayotda 7 axloq namunalari
1. Shaxsiy axloq qoidalari
2. Kasbiy hayotdagi axloq qoidalari
3. Maktabdagi odob-axloq qoidalari
4. Ijtimoiy axloq
5. Fuqarolar odob-axloqi
6. Ekologik axloq qoidalari
7. Iqtisodiy axloq
1.Shaxsiy ahloq qoidalari axloq birovning shaxsiy hayotiga taalluqli bo'lishi mumkin, bu nafaqat ularning oila a'zolari, do'stlari va hamkori bilan bo'lgan munosabatlarini, balki o'zlari bilan munosabatlari va ularning asosiy axloqiy qadriyatlaridan kelib chiqqan holda xulq-atvori va qarorlarini qabul qilishni ham o'z ichiga oladi.
2.Kasbiy ahloq qoidalari Axloqiy xatti-harakatlar, shuningdek, mutaxassislarga obro'-e'tibor va obro'-e'tibor bag'ishlaydi, ularni ishonchli qiladi va o'zlarining qobiliyatlarini nafaqat o'z vazifalarini bajarishda, balki axloqiy me'yorlarga rioya qilgan holda ham namoyish etadi.
3.Maktab ahloq qoidalari Ta'lim muassasasiga borganimizda, biz o'zimizni fuqaro sifatida, ijtimoiy qadriyatlarga va o'z zamonamizning bilimlariga o'rgatish uchun boramiz. Shu sababli, maktab yoki universitet biz boshqalar bilan munosabatda bo'lish orqali axloqiy yo'l tutishni o'rganamiz: halol, hurmatli va sinfdoshlarimizga sodiq bo'lishni, o'qituvchining vakolatlarini tan olishni va maktab vazifalarini bajarishni.
4.Ijtimoiy ahloq qoidalari Umuman ijtimoiy hayotda qo'llaniladigan axloq qoidalari hurmat, bag'rikenglik, halollik, qo'shilish va tenglik kabi qadriyatlarda namoyon bo'ladi. Shunday qilib, ijtimoiy axloq turli xil sabablarga ko'ra boshqalar bilan bo'lgan barcha munosabatlarda paydo bo'ladi, ular iqtisodiy, siyosiy, mehnat, fuqarolik va hatto vaziyat bo'lishi mumkin.
5.Fuqarolar odob-axloqi Fuqarolar axloq qoidalari jamoat joylarida o'zini tutishning to'g'ri uslubi bilan bog'liq bo'lgan qoidalarni, nafaqat boshqalarning huquqlarini hurmat qilish, balki boshqalarga nisbatan mehribon va xushmuomalalikni ham kuzatadi.
6.Fuqarolar ahloq qoidalari Fuqarolar axloq qoidalari jamoat joylarida o'zini tutishning to'g'ri uslubi bilan bog'liq bo'lgan qoidalarni, nafaqat boshqalarning huquqlarini hurmat qilish, balki boshqalarga nisbatan mehribon va xushmuomalalikni ham kuzatadi.
6.Ekologik axloq qoidalari
7. Iqtisodiy axloq Iqtisodiyot odob-axloqi, shuningdek, iflos pullardan qochish, giyohvand moddalar savdosi yoki qurol-yarog 'sotish kabi axloqsiz harakatlardan yoki boshqalarning qiyinchiliklaridan bahramand bo'lishni, masalan, sudxo'rlik bilan shug'ullanishni nazarda tutadi.

2.Oshxona etiketi


https://makemone.ru/uz/sanuzel/restoran-etiket-kak-polozhit-pribory-kak-klast-stolovye-pribory-posle.html

Dasturxon atrofida o‘tirish odobi


Dasturxonni zamonaviy tuzash
Taomlarni iste’mol qilish odobi
Dasturxon atrofida o‘tirish odobi
Stol oldida o‘zini tutishning qoidalar shundayki, unda kichik doirada qat’i amal qilishi unchalik shart bo‘lmagan, lekin ko‘pchilik oldida bu qoidalarni buzish mumkin emas bo‘lgan talablardan iborat. Mehmonga aytilgan vaqtga borish lozim. 510 daqiqa vaqtliroq borish esa undan yaxshiroq bo‘ladi. Umuman, olganda, har qanday joyga kechikib borish odobsizlikdir. Doimiy ravishda hamma joyga kechikib boradigan odam atrofdagilar orasida o’z hurmatini yo‘qotadi.
Mezbonlar, odatda, kechikkanlarni 15 daqiqadan ortiq kutmaydilar. Mehmon keladigan vaqtda eshik ochiq turishi kerak. Ularni eshik oldida samimiyat va ochiqko‘ngillik bilan kutib olish lozim. Mezbon kelganlarni kiyimlar yechishga yordam bermog‘i, qo‘l yuvganida sochiq tutish kerak. So‘ng ular uyga taklif qilinadilar. Agar siz mehmonga kechikib kelgan bo‘lsangiz va barcha mehmonlar allaqachon stol atrofiga o‘tirgan bo‘lsalar ikkinchi xatoga yo‘l qo‘ymang – ularni aylanib chiqib salomlashib yurmaslik zarur. Faqatgina uy bekasi bilan ko‘rishib, kechikkanlik uchun uzr so‘rash kerak. Mezbon bunday holatda o‘rnidan turmaydi va kechikish sabablarini surishtirmaydi. Mehmonlarni joylariga o‘tkazar ekanmiz, ularga qulaylik tug‘dirishga harakat qilishimiz lozim. Stulni ayollar uchun erkaklar surib, o‘tkazadilar (agar erkak va ayol birga o‘tiradigan marosim bo‘lsa) Stol atrofida mezbon ruxsati bilan hamda ayollar o‘tirgandan so‘ng o‘tiriladi. Mehmon hamda mezbon oldiga etiket bo’yicha quyidagi talablarni qo‘yiladi
Mehmon uchun joyning to‘ri bu – ularni kamroq bezovta qiladigan hamda ular uchun qulay bo‘lgan joydir. Ya’ni, e’tiborli joy uy egasini chap yoki o‘ng tomonida ham bo‘lishi mumkin.
Uy bekalari stol chekkasida, ba’zi-ba’zida oshxonadan xabar olib kelish uchun chiqishga qulay bo‘ladigan joyda o‘tiradi.Uchrashuv tashkilotchisi va uy egasining vazifasi mehmonlarda do‘stona munosabat va yaxshi kayfiyatni vujudga keltirishdir. Stolga o‘tirgach, gavdani to‘g‘ri tutishga harakat qilmoq lozim. Stulda cho‘zilmasdan, biroz suyangan holda o‘tirgan ma’qul.
Mehmonlarni yashash tarzi, yoshi, faoliyatiga qarab dasturxon uchun mebel jihozini tanlagan ma’qul: agar xontaxta o‘tirishga o‘rgangan mehmonlar ko‘pchilikni tashkil qilsa, ko‘p hollarda qarindoshlarni kutganda, xontaxtada foydalangan yaxshi. Ishxonadan, yoshlar, umuman xontaxta atrofida o‘tirishga o‘rganmagan mehmonlar uchun stol yaxshi. Albatta, bunda moddiy imkoniyatlar ham nazarda tutiladi. Agar sharoitingiz bo‘lmasa, qariyalarga yumshoq kursi taklif qilgan ma’qul, Tirsak stolga qo‘yilsa, yonveridagilarga xalaqit beradi, Likopchaga haddan tashqari egilib ovqatlanilmaydi, Sochiqni tizzaga yoyib olgan ma’qul. Qo‘l va lablarni qog‘oz salfetkalar bilan artgan yaxshi, Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng sochiq stolga qo‘yiladi,
Ovqat uy bekasining o‘ng tarafida o‘tirgan ayoldan boshlab uzatiladi, Ovqatni sizga yoqmagani yoki to‘g‘ri kelmasligini bahona qilib taomdan voz kechilmaydi. Raddiya zarur bo‘lsa, uzoq tushuntirishlarsiz, odob bilan buni bajarish lozim. O‘zbeklarda nomiga qoshiqni og‘izga olib, tashakkur bildirib qo‘yiladi, Agar qoshiq yoki sanchqini tushirib yuborsangiz, uni olishga harakat qilmaslik kerak. Boshqa tozasini so‘rash joiz. Ovqatlanayotgan paytda sanchqini chap, pichoqni o‘ng qo‘lda ushlaydilar, Kichik barmoqni yuqoriga ko‘tarib, qolgan barmoqlar bilan qoshiq yoki shunga o‘xshash narsalarni ushlash yaxshi emas. Qoshiqni birovga uzatayotganda o‘rtasidan ushlagan holda berish lozim. Qo‘ldan olganda esa qoshiqni ushlaydigan joyidan oladi.
Issiq ovqat yo ichimlik puflab ichilmaydi. Chapillatib yeyilmaydi. Xo‘rilatish ham odobsizlik sanaladi. Yaxshi tarbiya ko‘rgan kishi ovoz chiqarmasdan, tinchgina, bamaylixotir, shoshilmay va shalpaymay ovqatlanadi. Umumiy ovqatdan eng katta bo‘laklarni olib yeyish yaxshi emas. Faqat oldidan olib yegan ma’qul. Og‘izni to‘ldirib eyish yoki katta tishlamagan yaxshi. Ovoz chiqarib yemaslikka harakat qilish, og‘izni yumib chaynash lozim. Dasturxonda siz uchun kerak bo‘lgan narsaga cho‘zilib intilmay, uzatib yuborishni iltimos qilish lozim. Og‘zingizni kuydirib olsangiz, ketidan sovuq suv ichib yuborish joiz. Bundan boshqacha harakatlar noo‘rin. Og‘ziga tushgan nobop taom, qanchalik ko‘ngilni buzmasin, uni chaynab yutish shart. Imkon bo‘lmasa, bildirmasdan undan “qutulish” kerak. Og‘izdan faqat baliq qiltanoqlari yoki meva danaklarigina chiqishi mumkin. Agar tuzdonda qoshiq topilmasa, tuz pichoqning uchida olib ishlatish mumkin. Bunda pichoq, albatta, quruq va toza bo‘lmog‘i darkor. Ovqatlanish vaqtinchalik to‘xtatilganida, qoshiq va sanchqilar kosani ustiga qanday ushlangan bo‘lsa, shunday qo‘yiladi. Kosaning ustiga ushlagichi bilan bir-biriga parallel qo‘yilgan anjomlar kosani almashtirish yoki yig‘ishtirib olish mumkin ekanligini bildiradi. Uy egasi hammadan oldin boshlab, hammadan keyin ovqatlanishni to‘xtatadi. Ayniqsa, agar u oxirgi taom bo‘lsa, boshqalar tugatishini kutib turishi lozim.
Dasturxon ustida chekilmaydi. Agar erkak kishi dasturxondan turishni istasa, ruxsat so‘raladi.
Bayram oldi dasturxon atrofiga faqat yoshi katta bo‘lgan bolalarni o‘tqazgan ma’qul. Bunda ular barchadan oldin dasturxonga qo‘l uzatishlari joiz emas, hamda kattalar boshlab bergandan keyin boshqalarni taklif qilgandan so‘ng taomni boshlagan ma’qul. Bundan tashqari, kattalar bilan dasturxon atrofida o‘tirgan bolalar madaniyatli bo‘lgan kattalar kabi umumiy qoidalarga bo‘ysungan holda o‘zlarini tutishlari lozim. Mehmonlar kelgandan so‘ng mezbon televizorni o‘chirib qo‘ygani ma’qul. Faqat ba’zi holatlardagina mehmonlarga barcha yig‘ilgunga qadar qiziqarli ko‘rsatuvni ko‘rishni tavsiya etish mumkin. Mehmonlar bu taklifingizga nisbatan e’tiborsizlik bildirsalar, bu fikrdan qaytgan ma’qul. Uy bekasi kunini oshxonada o‘tkazmasligi kerak. Oldindan mehmondorchilikka tayyorlanib qo‘yish lozim. Mehmonlar bilan biroz o‘tirishi darkor. Idish yuvishni keyinga qo‘yish kerak. Bunday paytlarda unga dugonasi, yaqin qarindoshi yoki turmush o‘rtog‘i yordam berishi mumkin. Uyga mehmonlar tashrif buyurganlarida uzundan-uzun telefon suhbatlarini qurish. Uy egalari dasturxon atrofida nafaqat tashkiliy jihatdan, balki munosabat olib borish jihatdan ham ustamon bo‘lishlari lozim. Ular biror – bir o‘tirganlarning befarosatligi tufayli vujudga kelgan noqulay holatlarga barham bergan holda, hajviyalarni haddan tashqari chegaradan chiqmasligini ham kuzatib turishlari kerak.
Ular mehmonlarning har biriga alohida e’tibor bilan qarashlari lozim. Uy bekasi tomondan tayyorlangan taomni tanqid qilish mumkin emas. Biroq maqtash – shart. Dasturxon atrofida kasalliklar va ko‘ngilsiz narsalar haqida gapirilmaydi. Sizdan uzoqroq joylashib olgan odam bilan suhbat olib bormang, unga yaqinroq o‘tirib olish imkoniyatini kutish mumkin.
Qiziqarsiz va boshqalarga tushunarsiz bo‘lgan mavzularni chetlab o‘tgan ma’qul.
Ketishdan avval yaxshi mehmondorchilik va qiziqarli o‘tkazilgan vaqt uchun uy egalariga minnatdorchilik bildirib qo‘yishni kanda qilmaslik lozim. Boshqalardan avvalroq turib ketmoqchi bo‘lsangiz, bildirmasdan chiqib ketishga harakat qiling. Uy egalaridan uzr so‘rab xayrlashiladi. Mehmondorchilikda yarim tungacha qolib, o‘tirib qolmang. Ayniqsa, agar mezbonlarning farzandlari bo‘lsa. Mehmonlar ketgandan so‘ng xonani kuzatib chiqib, imkon qadar tartib bilan yig‘ib qo‘yish lozim.

3.Shaxsiy did va gigiena.


Reja:
1.Shaxsiy gigiyena va uning ahamiyati.


2.Terini parvarish qilish va teri kasalliklarining oldini olish.
3.Tish, og`iz bo`shlig`i gigiyenasi.
4.Kiyim va poyafzalga bo`lgan gigiyenik talablar.
5.Sportchi kun tartibining gigiyenik qoidalari.
6.Sportchi kiyimi va poyafzaliga bo`lgan gigiyenik talablar.

1. Shaxsiy gigiyena va uning ahamiyati.


Ushbu fanning kirish qismida gigiyena tibbiy fan bo`lib, uning asosiy vazifasi har bir odam va jamiyat a`zolarini sog`lom-lashtirish, bolalar va o`smirlar jismoniy-ruhiy rivojlanishi, jismoniy va aqliy faoliyat, dam olish, uyqu kun tartibi asosida me`yorida bo`lishi, kasalliklarning oldini olishga qaratilgan talab va qoidalarni ilmiy asosda ishlab chiqib, hayotga tadbiq etishdan iborat ekanligi haqida tushincha berilgan edi.
Shaxsiy gigiyena tushunchasi asosida har bir shaxs zimma-sida o`zining va jamiyat a`zolarining, qolaversa kelajak avlodlar sog`lig`i va tabiatni muhofaza qilish uchun zarur bo`lgan gigiyenik bilimlarni o`zlashtirish va ularga amal qilish ma’suliyati turadi. Ayrim odamlar shaxsiy gigiyena tushunchasini tor ma`noda tasav-vur qilib, uni asosan ozodalik ya`ni taom iste`mol qilish oldidan qo`l yuvish, kechqurun va ertalab tishlarni tozalash, tanani toza saqlash kabi oddiy masalalar bilangina bog`lashga odatlanib qolganlar.
Aslida esa shaxsiy gigiyena tushunchasi ancha keng ma`no-dagi masalalarni o`z ichiga oladi va sog`lom turmush tarzi qoidala-rining asosini tashkil etadi. Chunonchi, ozodalik (teri gigiyenasi), tish va og`iz bo`shlig`i, kiyim va poyafzal gigiyenasi kabi masala-larni o`z ichiga oladi.
2. Terini parvarish qilish va teri kasalliklarining oldini olish.
Donishmand xalqimizning maqoliga ko`ra teri-sog`liq oynasidir. Teri odam organizmida himoya, ayirish, nafas olish, tana harorati doimiyligini ta`minlash kabi hayotiy muhim funksiyalarni bajaradi. Bu funksiyalar normal o`tishi uchun teri doimo toza bo`lishi zarur.
Terining eng ustki epidermis qavatining hujayralari uzliksiz po`st tashlab yangilanib turadi. Har sutkada teri yuzasida 10-15 gramm epidermis hujayralarining chiqindilari hosil bo`ladi. Agar odam muntazam ravishda yuvinib turmasa, terisining ustki qava-tidan ajralgan po`st chiqindilari ter va yog` bezlarining suyuqligi bilan qo`shilib teriga yopishib qoladi. Terining ustki qismi chiqindi moddalar bilan qoplanib, ter va yog` bezlarining suyuqlik chiqara-digan kanalchalarini yopib qo`yadi. Buning oqibatida terining nafas, ayirish, tana harorati doimiyligini ta`minlash funksiyalari buziladi.
Bundan tashqari teri ustini qoplagan chiqindi moddalar, ya`ni kirlanish kasallik qo`zg`atuvchi mikroblar yashashi va ko`payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Ma`lumki, kirlangan teri qichiydi va odam qashishi tufayli teri tindalanadi, tilinadi. Bu jarohatlarga tushgan mikroblar yiringli yara hosil qiladi. Shuningdek, terini qashigan paytda undagi mikroblar tirnoq ostiga kirib qoladi va qo`lni sovunlab yuvilmasa, ovqat iste`mol qilganda ular hazm a`zolariga kirib, me`da-ichak kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.
Yuqumli gepatit “A”, ichburug`, ich terlama kabi kasal-liklarning asosiy sababi oddiygina ozodalikka rioya qilmaslik, ya`ni idish-tovoqlarni toza yuvmaslik, qora pashshalarga qarshi kurash-maslik, taom iste`mol qilishdan avval qo`lni yuvmaslikdir.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda ta`kidlash lo-zimki, terini toza saqlash odam madaniyatining asosiy ko`rinish-laridan biri bo`lib hisoblanadi;
- bolani yoshligidan qo`l yuvishga o`rgatish lozim. Qo`lni ovqatlanishdan oldin albatta yuvish kerak;
- yuz, bo`yin sohalarini har kuni ikki marta ertalab va kechqurun uxlash oldidan yuvish lozim;
- haftada 1-2 marta hammomga kirish yoki issiq dush qabul qilish lozim. Cho`milganda o`quvchilar maxsus “Bolalar” sovuni-dan foydalansalar yaxshi bo`ladi. Bu sovunning tarkibidagi lanolin moddasi terini yumshatadi, undagi bor kislota teridagi mikroblarni yo`qotadi.
Ba`zi joylarda suvning tarkibidagi kalsiy, magniy tuzlari ko`p bo`lganligi uchun bunday suv qattiq suv deyiladi. Bunday suvda yuvinish va cho`milish terini qotirib qo`yadi, uning kiri yaxshi ketmaydi. Qattiq suvni yumshatish uchun uni qaynatish yordamida tuzlarini cho`ktirish kerak.
Tirnoqlarni toza saqlash va parvarish qilish muhim ahami-yatga ega. Ayniqsa, yosh bolalar, boshlang`ich sinf o`quvchilari turli buyumlar va o`yinchoqlar bilan ko`proq shug`ullanishadi. Shuning uchun ularning tirnoqlari orasiga chiqindilar, mikroblar, gijja tuxumlari kirib qolib, ovqat bilan me`da-ichaklarga tushadi va turli xil yuqumli kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo`ladi. Shuning uchun har kuni tirnoqlarning orasini shyotka va sovun bilan yaxshi yuvish, haftada bir marta tirnoqlarni olib turish zarur.
Har kuni kechqurun uxlash oldidan oyoqlarni yuvish, paypoqni har 3 kunda almashtirish tavsiya etiladi.
Shaxsiy gigiena(individual) - inson salomatligini saqlash va mustahkamlash, uning shaxsiy hayoti va faoliyatida gigiena qoidalari va chora-tadbirlariga rioya qilish, gigiena ta'limi tadbirlarini ishlab chiqish va o'tkazish, gigiena bilimlari va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish masalalarini o'rganadigan gigiena bo'limi. aholining gigiena madaniyati. U tanani gigienik saqlash (teri, soch, tirnoq, tishlar), poyabzal va kiyim-kechak, uy-joy, ratsional ovqatlanish qoidalari, tananing qattiqlashishi va jismoniy madaniyat masalalarini o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, shaxsiy gigienaning ayrim masalalari seksologiya (jinsiy a'zolarning shaxsiy gigienasi, jinsiy hayot gigienasi) va mehnat gigiyenasi (ish paytida ishchilarning shaxsiy gigienasi) bilan ham shug'ullanadi. Kengroq ma'noda, shaxsiy gigiena- bu tanani (teri, soch, tirnoq, tishlar), poyabzal va kiyim-kechak, uy-joy, tananing qattiqlashishini gigienik saqlashga qaratilgan inson xatti-harakati. Bu sog'lom turmush tarzining ajralmas qismidir. Shaxsiy gigienaning inson hayotidagi ahamiyati Qo'l yuvish - ichak infektsiyalari bilan infektsiyani oldini olish usullaridan biri. Maqsad butun aholi salomatligini yoki aholi salomatligini yaxshilash bo'lgan jamoat gigienasidan farqli o'laroq, shaxsiy gigiena insonning shaxsiy salomatligini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan. Jamoat gigienasining har qanday yutuqlari o'z maqsadiga erisha olmaydi va shaxsiy gigiena asoslarini e'tiborsiz qoldiradigan odamning sog'lig'ini saqlab qololmaydi (mehnat va dam olish rejimiga rioya qilish, yaxshi uyqu, oqilona ovqatlanish, yangi oziq-ovqat mahsulotlariga etarlicha ta'sir qilish). havo, terini, og'izni, kiyimni saqlash, qattiqlashuv va jismoniy madaniyat darslari, chekish va spirtli ichimliklarni suiiste'mol qilish kabi yomon odatlarning yo'qligi va boshqalar). Hayotning gigienik sharoitlariga muntazam e'tibor bermaslik uning sog'lig'ini yomonlashtiradi va mehnat qobiliyatini pasaytiradi. Чтобы уничтожить катаракту и глаукому за пару дней и восстановить зрение на 100%! Прос ... Shu bilan birga, shaxsiy gigiena umumiy gigiena, jumladan, jamoat gigienasi bilan uzviy bog'liqdir. Shunday qilib, kundalik hayotda, ayniqsa, ayrim kasb vakillari tomonidan shaxsiy gigiena talablariga rioya qilmaslik boshqalarning sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatadi (passiv chekish, yuqumli kasalliklar va gelmintlarning paydo bo'lishi va tarqalishi, zaharlanish va boshqalar). . Inson tanasining gigienasi Tupfer quloqlarni tozalash vositasi sifatida ishlatiladi Gigienik tanani parvarish qilish har kuni amalga oshirilishi kerak. Ko'rish organlarining shaxsiy gigienasi Eshitish organlarining shaxsiy gigienasi Eshitish gigienasi Shaxsiy og'iz gigienasi Tish ipi
Shaxsiy Gigiyena – odam sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashga olib keluvchi tozalikka rioya qilish qonun qoidalari majmua. Sh.g. har bir kishining o’ziga va yoshiga bog’liq bo’lib, aqliy va jismoniy mehnatni to’g’ri yo’lga qo’yish, jismoniy tarbiya bilan shug’illanish, ovqatni vaqtida yeyish, miriqib uxlash, mehnat va dam olishni to’g’ri uyushtirishdan iborat. Tor ma’noda badan, kiyim-kechak, ko’rpa-to’shak, turarjoy, ovqat tayyorlash gigiyenasi va h.k.lar ham Sh. G.ga kiradi. Birinchi navbatda badanni ozoda saqlashga e’tibor berish zarur. Ma’lum bo’lishicha yog’ bezlari bir haftada teri ostiga 100-300 g. yog’, ter bezlari esa 3,5-7 l. ter ishlab chiqarar ekan. Shuning uchun muntazam yuvinib turish lozim, aks holda badanni mikroorganizmlarga qarshi kurashish va himoyalanish funksiyasi susayib, har xil yiringli yara-chaqalar paydo bo’ladi.
Ayniqsa badanning ochiq yojlari, shuningdek tirnoq osti tez kirlanadi, shuning uchun qo’lni bot-bot sovunlab yuvib turish, tirnoqlarni to’g’ri parvarish qilishga odatlanish kerak. Xususan to’g’ri ovqatlanish tarmoqlarida ishlovchilarqo’lni toza tutishlari lozim. Uyda ovqat tayyorlaganda ham qo’lni tozaligiga e’tibor berish kerak (masalan, dizenteriyani ko’pincha iflos qo’l kasalligi deb atashadi). Bolalarni juda yoshligidanoq sh.g.ga o’rgatish zarur.
Badanni toza tutishdagi asosiy vosita sovun bilan suvdir; yuvinish uchun atir sovun va yumshoq suvdan foydalangan ma’qul. Ma’lumki badan terisini quruq, yog’li va normal bo’ladi; terini parvarish qilganda uning xususiyatlarini hisobga olish zarur. Kuniga dush qabul qilish yaxshi odat, ayniqsa ishdan keyin dushga yuvinish qabul qilish yaxshi odat, ayniqsa ishdan keyin dushda yuvinish maqsadga muvofiq; chang joyda ishlaydiganlar, shuningdek ko’p terlaydigan kishilar albatta dush qabul qilishlari zarur, bunda suv tempraturasi 37-38 gradusdan oshmasligi kerak. Uyda dush bo’lmasa badanning ochiq va ko’p terlaydigan joylarini, qo’ltiq va ko’krak bezlari ostini issiq suv bilan sovunlab yuvish lozim. Xammomga haftada bir marta brogan ma’qul, bunda banni mochalka bilan sovunlab yuviladi, kirlangan kiyim tozasiga almashtiriladi. Badan mochalka bilan yuvilganda teri yaxshi tozalanadi, uning qon bilan ta’minlanishi yaxshilanadi, odam o’zini tetik his qiladi. Yuvingandan keyin teri burmalarini tualet sirkasi yoki biror xil loson bilan artish foydali. (q. Kosmetika). Oyoqni kuniga o’ringa yotishdan oldin sovunlab, agar barmoqlar burmalari chaqalangan, bichilgan joylar bo’lsa, albatta vrachga ko’rinib qo’yish zarur. Oyoqda tirnalgan, shilingan joylar bo’lishi terining yiringli hamma zamburug’ kasalliklariga olib kelishini sedan chiqarmaslik kerak. Oyoqda qadoq bo’lsa, uni maxsus kosmetika kabinetlarida oldirib tashlash zarur.
4.Jamoat joylarida o’zini tutish etiketi.

Maqsad: talabalarni jamoat joylarida o'zini tutish qoidalari bilan tanishtirish; odob-axloq qoidalarini o'rganish. Insonning xulq-atvor madaniyati uning ma'naviy boyligining, odamlar bilan muloqot qilish qobiliyatining tashqi ifodasidir. Jamiyatdagi inson xulq-atvorini tartibga soluvchi qoidalar ko'p asrlar davomida yaratilgan. Ular odamlarning muloqotini tartibga solish, uni yanada tartibli, yoqimli va chiroyli qilish zarurati bilan bog'liq holda paydo bo'ldi. Ko‘pincha insonning tarbiyasi faqat odob-axloqiga qarab baholanadi. Ammo yaxshi naslchilikning nafaqat tashqi atributlari madaniyatli odamni ajratib turadi. Maktab qoidalari. Maktab intizomi o'quvchilar, o'qituvchilar va boshqa maktab xodimlarining insoniy qadr-qimmatini hurmat qilish asosida saqlanadi. Talabalar maktab Ustaviga rioya qilishlari, vijdonan o'qishlari, mulkka ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishlari, boshqa o'quvchilar va maktab xodimlarining sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari, ichki tartib qoidalariga rioya qilishlari shart: Dars jadvaliga rioya qiling, kechikmang va uzrli sababsiz darslarni qoldirmang. Maktabga kiraverishda o‘quvchilar navbatchi, o‘qituvchi, o‘rtoqlar bilan salomlashadilar, oyoqlarini artadilar, echinish xonasining belgilangan joylarida mustaqil ravishda yechinadilar, o‘quvchilar kiyim almashtirish xonasida ustki kiyim bilan birga maxsus sumkalarda poyafzal almashtiradilar. Maktab va maktab hovlisini toza tuting. Maktab binosi, jihozlari, mulkiga g'amxo'rlik qiling. Energiya va suvni tejang. Boshqa odamlarning ish natijalariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'ling va maktab binolarini tozalashda har tomonlama yordam bering. Kiyinish xonasida, hojatxonada tartib va ​​tozalikni saqlang. Sinf va maktabning jamoaviy ijodiy ishlarida faol ishtirok eting. O'quvchi maktabga ozoda (toza, ozoda) kiyingan holda kelishi shart, maktabda o'zgaruvchan poyabzal bilan kiyim-kechak bo'lishi va almashtirishi shart. Ochiq va ochiq poyabzal toza bo'lishi kerak. Maktabdagi o'quvchi toza taralgan, toza ro'molcha, taroq bo'lishi kerak. Talaba tanasi, qo'llari, tishlari, burni tozaligini kuzatishi kerak, so'kinish va behayo so'z va iboralarni aytishga yo'l qo'yilmaydi. Oqsoqollar bilan gaplashganda, talaba o'rnidan turishi kerak. Qo'lingizni cho'ntagingizda ushlab turolmaysiz.


Ko'chada o'zini tutish qoidalari. Ko'chada siz umumiy qabul qilingan xulq-atvor qoidalariga rioya qilishingiz kerak. Har safar uydan chiqqaningizda, o'zingizga qarang - kiyimingizni, poyabzalingizni tozalashingiz kerakmi? Qanchalik shoshmaylik, biz olomonni itarib, uchib ketmaymiz, lekin o'tkinchilarni bizni chetlab o'tishga majbur qilmaymiz. O‘qimishli odam ko‘chada o‘zini shunday tutadiki, o‘tkinchilarning e’tiborini kamroq o‘ziga tortadi: baland ovozda gapirmaydi va kulmaydi, tushunmovchilikdan qochadi, tasodifiy to‘qnashuvga kirishmaydi. Yo'lakka tupurish, chigit qobig'i va boshqa axlatlarni tashlashning jirkanch odati. Piyodalar imkon qadar umumiy oqimga qarshi harakatlanishdan qochishlari kerak. Yaqinlashib kelayotgan o'tkinchiga yo'l bering va uni o'ng tomondan chetlab o'ting. Agar kimdir shoshayotganini sezsangiz, chetga chiqing. Hatto juda gavjum joyda ham ular turmaydilar, balki o'tish uchun ruxsat so'rashadi. Agar yo'l tor va yomon bo'lsa, agar kerak bo'lsa, erkak trotuardan asfaltga chiqadi. Tor, tor yo'laklarda, shuningdek, zinapoyalar va eshiklarda, birinchi bo'lib borishi kerak bo'lganlar o'tib ketguncha kutish kerak. Ochiq soyabon o'tkinchilarga suv oqmasligi uchun boshning ustiga ko'tariladi. Boshqa piyodalar bilan uchrashganda, soyabon ko'tariladi yoki yon tomonga egiladi. Do'stingiz bilan uchrashib, u bilan gaplashib, yo'lakning o'rtasida turmang, boshqa o'tkinchilarni bezovta qilmaslik uchun chetga chiqing. Jamoat transportiga kirishda sog'lig'i bilan bog'liq muammolar bo'lgan odamlar, bolalar, qariyalar va ayollarga yo'l bering. Agar kerak bo'lsa, ularga yordam bering. Agar kirish va chiqish uchun bitta eshik ishlatilsa, u holda birinchi navbatda odamlarga chiqishga ruxsat beriladi.
Transportda eshik oldida to'xtamang, balki boshqa yo'lovchilar uchun joy bo'shatib, oldinga boring. Agar u ikki kishiga mo'ljallangan bo'lsa, siz o'rindiqda yiqila olmaysiz va uni to'liq egallay olmaysiz. O'rindiqdagi sumkalar faqat hech kim turmasa va bo'sh o'rindiqlar bo'lsa joylashtirilishi mumkin. Agar bepul joylar bo'lmasa, ular o'z joylarini keksalar, kasallar, homilador ayollar, kichik bolali odamlarga berishadi. Jamoat transportida ovqatlanmang va chekmang. Qo'lda muzqaymoq bilan kirmang. U kiyimdan qor yoki yomg'ir tomchilarini silkitmaydi. Sayohat chiptalari va axlatlar polga tashlanmaydi. Aksirish va yo'talish paytida ular ro'molcha ishlatishadi. Ular tashqi ko'rinishini tozalamaydilar, tirnoqlarini tozalamaydilar, tishlarini tanlamaydilar. Ota-onalar bolalarning boshqa yo'lovchilarning o'rindiqlari va kiyimlarini oyoqlari bilan iflos qilmasligini ta'minlashi kerak. Biz turg'unlik bilan turishga harakat qilamiz, ayniqsa, turtki yoki burilish paytida boshqa yo'lovchilarga tayanmaymiz. Tutqichlardan ushlab, tirsaklarimiz qo‘shnimizga tegmasligiga, qo‘limiz uning yuzi oldida turmasligiga ishonch hosil qilamiz. Chiqish tomon yurishimiz kimgadir xalaqit berishini ko‘rsak, o‘tishga ruxsat so‘raymiz, falon to‘xtash joyida tushayotganini so‘raymiz. Agar biz chiqadigan javob olsak, biz to'xtab, xotirjam kutamiz. Do'konda o'zini tutish qoidalari. Biz har kuni xarid qilamiz. Bu erda o'zaro xushmuomalalikka rioya qilish sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi tartib va ​​yaxshi munosabatlarning kafolati hisoblanadi. Do'kon eshigi oldida kim yo'l berishi kerak? Kiruvchi. U xonani tark etishga imkon beradi va keyin faqat o'zi kiradi, albatta, uni kuzatib turgan odamlarga zarar bermaslik uchun eshikni ushlab turganda. Sotuvchiga xushmuomalalik bilan murojaat qiling, uning oldingi xaridor bilan suhbatini to'xtatmang. Agar siz do'konga to'g'ri tovarlar sotuvda yoki yo'qligini bilish uchun kelgan bo'lsangiz va o'zingiz bilan kerakli pulni olib yurgan bo'lsangiz, sotib olmoqchi bo'lmagan narsalarni sinab ko'rmasligingiz kerak. Sotuvchidan sizni qiziqtirgan hamma narsa haqida so'rash va uni ma'nosiz ishlarga majburlamaslik va o'zingiz vaqtni behuda sarf qilmaslik yaxshiroqdir. Agar biror narsa sotib olmoqchi bo'lsangiz, lekin mos keladigan narsani topa olmasangiz, sotuvchiga bu haqda aytib berishdan tortinmang va unga e'tibor uchun rahmat. Navbatsiz biror narsa olishga harakat qilish qo'pollikdir. Bunday urinishlar muqarrar ravishda boshqalarning adolatli g'azabiga duchor bo'ladi. Teatrda, kontsertda, muzeyda va ko'rgazmada o'zini tutish qoidalari. Teatr yoki kontsertga tashrif buyurganingizda shovqin qilmaslikka harakat qiling, o'rindiqlarning ikkala qo'ltiqtayoqlarini egallamang, qo'llaringizni yoki oyoqlaringizni oldingi stulga suyanmang. Spektakl, kontsertga kechikmaslik yaxshiroqdir, lekin agar bu sodir bo'lsa, balkonga boring yoki eng yaqin bo'sh joyga o'tiring. Siz tanaffusda o'z o'rningizni topasiz. Dasturlar va durbin tizzalarida ushlab turiladi. Tanaffus paytida boshqalarga durbin orqali qarash odobsizlikdir. Seans, kino yoki teatr tomoshasi paytida (hatto pichirlab) gapirishga yo'l qo'yilmaydi, bundan tashqari, sahnada nima bo'layotganini baland ovoz bilan izohlash mumkin emas. Agar sizga spektakl yoki film yoqmasa, jimgina o'tiring va kerakli vaqtda (sahnalar orasidagi tanaffus, rassomlarning chiqishlari paytida) zalni tark eting. Kino zalida erkaklar va ayollar ekranni ko'rish uchun orqada o'tirgan tomoshabinlarga xalaqit bermaslik uchun baland shlyapalarini echib olishadi. Kresloda aylanmaslik, yo'talish yoki hapşırma. Agar siz kasal bo'lsangiz, masalan, gripp bilan, jamoat joylariga tashrif buyurish qat'iyan man etiladi. Muzey va ko'rgazmalarda muayyan xatti-harakatlar qoidalariga rioya qiling. Zal bo'ylab harakatlanayotganda, boshqalarning diqqatini jamlash va san'at asarlaridan zavqlanish uchun ularga xalaqit bermaslikka harakat qiling. Buning uchun boshqa tashrif buyuruvchilarga juda yaqinlashmang, rasmlarni orqangiz bilan to'sib qo'ymang, baland ovozda gapirmang. Va, albatta, siz qo'llaringiz bilan eksponatlarga tegolmaysiz. Taassurotni yo'qotmaslik uchun faqat sizni qiziqtirgan eksponatlarni tekshirish foydalidir. Ba'zi rassomlarning shaxsiy rasmlarini ta'kidlamasdan, barcha zallarni tezda bosib o'tishning ma'nosi yo'q. Agar siz yo'l ko'rsatuvchi hamrohligida zallarga tashrif buyurayotgan bo'lsangiz, boshqalarga xalaqit bermaslik uchun uning tushuntirishlarini jimgina tinglang, unga yaqinlashmang. Agar sizda biron bir savol bo'lsa, ularni hikoya tugagandan so'ng yoki pauza paytida so'rang. Ekskursiya davomida qo'shnilar bilan gaplashish odobsizdir. Barcha yaxshi xulq-atvorning zamirida insonning insonga xalaqit bermasligi, har bir kishi birgalikda o'zini yaxshi his qilishi haqida tashvishlanishdir. Biz bir-birimizga xalaqit bermasligimiz kerak. Inson o‘zini odob-axloq bilan emas, balki odob-axloqda ifodalangan narsalarni, dunyoga, jamiyatga, tabiatga, o‘z o‘tmishiga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni tarbiyalash kerak. Yuzlab qoidalarni yodlashning hojati yo'q, lekin bir narsani unutmang - boshqalarga hurmat bilan munosabatda bo'lish zarurati.
Suhbat chog'ida qanday holatlar hunuk ko'rinadi:
-Tez tez soatga qarab bo'lmaydi;
-Qo'lni cho'ntakka solib turish ham mumkin emas;
-Qo'l siltab gapirish;
-Suxbatdoshga beparvo qarash;
-Suhbat cho'i saqich chaynash;
-Baland ovozda kulish;
-Barmoq bilan biron narsani chertish;
-Suhbatdoshga orqa ogirish;
5.Kiyinish madaniyati: dress-kod.

https://letting.ru/uz/dress-kod---chto-eto-i-vidy-dlya-muzhchin-ili-zhenshchin-opisanie/


https://gazeta.norma.uz/publish/doc/text139316_dress-kod_joriy_etishning_huquqiy_asoslari
https://ijtimoiyfikr.uz/tadqiqotlar/zhamiyat/kijinish-madaniyati-aida-eshlarning-fikri.htm
Keling, yana mamlakatimizdagi oliy o‘quv yurtlari haqida fikrlashamiz. Xususan, ko‘pchilik talabalarning hiqildog‘iga kelgan ichki qoidalarga to‘xtalamiz.
Dress-kod. Qog‘ozga o‘rab «kiyinish madaniyati» deb ataladigan bu qoida eng muhim talablar qatoriga kirib qolishining boisi nimada?
A) Talabalar o‘rtasida vizual jihatdan tabaqalanishning oldini olishmi?
B) O‘zbekchilikka to‘g‘ri kelmaydigan turli-tuman kiyim-kechaklar kiyganlarning ko‘zga tikondek qadalishini oldini olishmi?
V) Balki «ibodat kiyimlari»ni kiyib, dindorlikni «targ‘ib» qilishning oldini olishdir?
G) OO‘Yulari rahbarlarining turli idoralardan bo‘layotgan talab (bosim)larga javoban amalga oshirayotgan harakatlar natijasimi?
Yuqorida aytilgan sabablarning hammasi ham bo‘lishi mumkin. Bu cheklov qanday natija beryapti deb o‘ylaysiz? Tashqaridan qaraganda, oliygohlardagi talabalar bir xil kiyinganday. Bu holat estetik jihatdan kishiga zavq beradi, deb aytolmayman. Tabaqalanishning oldi olinyaptimi? Yigitlar uchun oq ko‘ylak va qora shim, taqiladigan galstukning arzon, qimmati tashqi jihatdan farq qilmaydi, deb o‘ylasangiz adashasiz. Baribir kim o‘ziga to‘q. Kim sal beriroq daromadga ega darrov payqaysiz. Demak bir sababni bekor qilsak bo‘ladi.
O‘zbekchilikka to‘g‘ri kelmaydi, deb ataydiganimiz kiyimlar deyarli ko‘zga tashlanmaydimi? Harorat issiq paytlarda «qoida»ga to‘g‘ri kelmaydigan tarzda kiyinganlarga ko‘p duch kelasiz. O‘zi nega biz hammani o‘zbekona kiyinishga majburlashimiz kerak? Har kim o‘ziga qulay bo‘lgan kiyim bilan yurishi «ma’naviyatimiz»ni buzib yuboradigan bo‘lsa, juda nozik ekanda ma’naviy olamimiz ham. Oliygohlarimizda voyaga yetganlar ta’lim olishini hisobga olsak, bunday ezgu maqsad bilan bunaqa cheklov qo‘yish yumshoq qilib aytganda, o‘rinli emasligini anglab turibmiz.
Keyingi sabab ham oxirgi paytda ahamiyat kasb etib qoldi. Negadir odamlarning dindorlashuvidan juda qo‘rqadigandekmiz. Ayniqsa, bu tashqi ko‘rinishda namoyon bo‘lsa, ichki qo‘rquvimiz yanada kuchayadi. «Dress kod» deganlari bunday dindorlashuvning vizual ko‘rsatkichini bartaraf qiladigan tuyulyapti.
Endi oxirgi sababga kelsak, ana shuning foiz miqdori biz «alqayotgan» dress kod joriy etilishida ko‘proq o‘rin tutadi, nazarimda. Qaysi bosqichda bo‘lishidan qat’i nazar ta’lim bilan birga tarbiya olib borilishi kerak degan tushuncha (mafkura desak mubolag‘a bo‘lmas) bahonasida ta’lim muassasalari rahbar-xodimlariga bosim o‘tkazadigan idoralar ko‘p. Jinoyatchilikning oldini olishdek ulug‘vor va mas’uliyatli vazifalarni yuklab qo‘yishadi. Baraka topgur, bu o‘qituvchilarning ishi emas. Buning uchun ichki ishlar, prokuratura, xavfsizlik xizmati degan tashkilotlar bor. O‘qituvchilardan ko‘ra ko‘proq maosh oladigan, ijtimoiy jihatdan yaxshi himoyalangan, kontingenti bo‘yicha ham o‘qituvchilardan kam bo‘lmagan katta bir «armiya» ishiga nega o‘qituvchilar ham mas’ul bo‘lishi tushunarsiz. Ayniqsa, voyaga yetib bo‘lganlarga ta’lim beradigan oliy o‘quv yurtlarimizga bundayin ortiqcha «yuklar»ni oqlaydiganlarni tushunmayman, tushunishni ham istamayman.
Taqdir taqozosi bilan jinoyat sodir etib qo‘ygan talaba ortidan u ta’lim oladigan o‘quv yurtiga qancha-qancha muammolar kelishini bilsangiz kerak. Birinchi o‘rinda, talabaning kuratori, u o‘qiydigan fakultet dekani, o‘quv yurtining ma’naviyat ishlariga mas’ul shaxslari kam deganda hayfsan oladi yoki ishdan ham haydalish ehtimoli bor. Shunaqa bosimlardan qutulish uchun rahbariyat nima qiladi? Hamma sohada qo‘l kelayotgan cheklovlar joriy qilishga tushadi. Konstitutsion huquqlar buzilishini biladi, lekin buni turlicha xaspo‘shlashga harakat qiladi. Talabalarni nazoratda ushlamasa, oliy o‘quv yurtida xaos kelib chiqadigandek tuyuladi.
Xullas, OO‘Yularimizda dress kodni bekor qila olamizmi? To‘g‘rirog‘i, OO‘Yularining o‘zi buni bekor qila oladimi? Albatta, qila oladi. Buning uchun ularga bo‘ladigan bosimni yo‘qotish kerak, rahbarlik lavozimlariga yangicha fikrlaydiganlarni qo‘yish kerak.
Ichki tartib-qoidalar. Yuqorida tahlil qilganimiz dress koddan tashqari bir qancha qoidalar ham borki, bular OO‘Yu ichida amal qiladi. Ko‘proq talabalar turar joylarida joriy etilishi ko‘p ko‘zga tashlanadi.
Bu borada qanday e’tiroz bo‘lishi mumkin. Yotoqxona o‘ziniki, qoidalarni ham o‘zi belgilaydi. Chidasa yashasin, bo‘lmasa ijarada yashab o‘qiyversin, deganlarga jo‘yali javob qaytara olamizmi? Cheklovlar asoslanmagan hollarda bemalol e’tiroz bildirsak bo‘ladi. Masalan, yaqinda ro‘y bergan holat bo‘yicha gaplashsak. «Troll.uz» telegram kanali adminstratori bilan TATU talabalari o‘rtasidagi mojaro tufayli Umid Gafurov TATU rektori bilan suhbat qurdi. Bu suhbatdan lavha uning telegram kanalida e’lon qilindi. Suhbatdan ma’lum bo‘ladiki, TATU talabalar yotoqxonasida talabalarning shaxsiy kompyuterlaridan foydalanmasligi haqidagi cheklovlar ularning turli bema’ni saytlarga kirib, vaqtini behuda o‘tkazishlarining oldini olish uchun joriy etilibdi. TATU talabalari dasturlash ishlarini o‘z kompyuterida qilish imkoniyatlaridan, kamida yotoqxonada yashovchilar mosuvo bo‘lar ekan. Muqobil sifatida yotoqxonalarda o‘rnatilgan kompyuterlar aytilyapti. Bu real sharoitni bilganlar uchun yechimday ko‘rinmaydi. Eng kamida shu OO‘Yuda bunday cheklov qo‘yilishining o‘zi juda kulgili.
Mulohazalarimni yakunlar ekanman, yuqoridagi masalalarda o‘z fikrimni lo‘nda qilib yozib qo‘ygim keldi.
Dress kod oliy o‘quv yurtlari uchun kerak emas. Bunga amal qilinmadi, deb beriladigan har qanday jazo qonundan tashqarida deb hisoblayman. Buning o‘rniga e’tiborni ta’lim berish sifatiga qaratgan ma’qul. Pul to‘lab o‘qiyotgan talabani bevosita bilim olishiga halal bermay vijdonan ta’lim beraylik. Tarbiyani ota-onasidan, jamiyatdan olaversin. Har holda ular voyaga yetgan shaxslar.
Yotoqxonadagi ichki tartib-qoidalar bo‘lishiga qarshi emasman, lekin mantiqdan chiqib ketmaylik. Talaba imkoni yo‘qligidangina yotoqxonada turishini unutmaylik. Imkon qadar uning erkinligini bo‘g‘maganimiz ma’qul.
Oliy o‘quv yurtlarimizdan tarbiya mas’uliyatini batamom olib tashlash tarafdoriman. Ma’naviyat bo‘yicha prorektor, dekan o‘rinbosari va shunga o‘xshash lavozimlar keraksiz degan fikrdaman. Talabalarni effektiv bilim olishi uchun ularni adabiyot, san’at va shunga o‘xshash tadbirlar bilan band qilmoqchi bo‘lsak, bular ixtiyoriy bo‘lsin.
Har qanday idora, u qaysi turdagi hokimiyatga qarashli bo‘lmasin, ma’naviyatni yuksaltirish, jinoyatchilikning oldini olish kabi ezgu maqsadlar bilan bo‘lsa hamki, OO‘Yulariga bosim o‘tkaza olmasin. Xullas, hamma o‘z ishini qilsin.
P.S. Mulohazalarimni tugallamoqchi bo‘lgan paytim telegram orqali OO‘Yu kafedra mudirlariga turli ishchi komissiyalar darsga kech kelish, davomat va kiyinish madaniyati bo‘yicha tekshiruvlar boshlashi haqida telefonogramma kelganligi haqidagi xabar keldi. Hamma yana butun e’tiborini ana shu masalalarga qaratadi endi. Dars esa bir gap bo‘lar, asosiysi, qog‘ozlar joyida bo‘lishi kerak. Qog‘ozbozlik haqida keyingi safar to‘xtalarmiz.

Тадқиқотнинг мақсади: ёшларнинг кийиниш маданияти ҳақида фикрини, кийим танлашда нимани афзал кўришини, корпоратив дресс-кодга риоя қилишга бўлган муносабатини аниқлаш.


Ижтимоий фикр” республика жамоатчилик фикрини ўрганиш Маркази Ўзбекистон Республикаси Гендер тенгликни таъминлаш масалалари бўйича комиссиясининг ташаббусига кўра 2020 йил 1 декабрдан 18 декабргача бўлган даврда ўтказилган «Нафосат-2020» фестивали доирасида Ўзбекистон ёшларининг кийиниш маданияти ҳақидаги фикрларини ўрганишга бағишлаб, "Еxpress-modus" блоки доирасида телефон сўровини ўтказди.
Инсоннинг ижтимоий моҳияти унинг ҳаёти фаолиятининг деярли барча жабҳаларида намоён бўлади, улардан бири кийинишдир. Юксак мақомли иш, манфаатли шерик учун юқори даражадаги рақобат кураши шароитида нафақат санъат соҳасида, балки бизнес ва сиёсатда ҳам шахс ва профессионал сифатида ўзига эътиборни тортиш мақсадида турли хил воситалардан, жумладан, кийинишдан ҳам фойдаланилади. Кийиниш муайян шахс, ҳамжамият имижининг ҳам, умуман давлат имижининг ҳам бир қисми ҳисобланади. Ташқи муҳитдан ҳимояланишга бўлган амалий эҳтиёждан пайдо бўлиб, кийиниш дарҳол нафақат эстетик, балки ахлоқий функцияларга ҳам эга бўлди. Кийиниш инсоннинг гўзалликка интилишини, шунингдек, ўзига ва атрофидагиларга бўлган муносабатини намоён этади. Инсоннинг кийими унинг атрофидагилар томонидан қабул қилинишига таъсир кўрсатади, унинг маданий даражаси (жумладан, услуби, диди), ижтимоий мақоми ва моддий даражасидан далолат беради. Кийиниш маданияти инсоннинг умумий маданияти, унинг ижтимоий моҳияти намоён бўлишининг таркибий қисмларидан бири, ўз индивидуаллигини ифодалаш усули ҳисобланади.
Тадқиқот давомида ёшларнинг кийиниш маданиятига амал қилиш, кийинишнинг жамиятда қабул қилинган ахлоқий ва эстетик қоидаларига риоя қилиш зарурлигига бўлган муносабатларини ўрганиш вазифаси қўйилган эди.
Сўров натижалари шуни кўрсатдики, замонавий ёшлар кийиниш маданиятига катта аҳамият берадилар. "Сизнингча, замонавий ёшлар – йигитлар ва қизлар учун кийиниш маданиятига риоя қилиш муҳимми?", деган саволга ёшларнинг кўпчилиги (76,8%) "Ҳа, бу жуда муҳим", деб жавоб беришди.
1-расм. Сизнингча, замонавий ёшлар – йигитлар ва қизлар учун кийиниш маданиятига риоя қилиш муҳимми?
(сўралганлар сонидан % ҳисобида)

Маданиятда либоснинг универсал функцияси самарали мулоқот ва муваффақиятли фаолиятни таъминлаш учун инсонни муайян ҳаёт контекстига мослаштиришдан иборат. Либос бир вақтнинг ўзида муҳитга мослашади ва уни керакли йўналишда ўзгартиради.
Тадқиқот ёшларнинг кийиниш амалий функциядан ташқари, яна қандай функцияларни бажариши ва нима учун улар кийиниш маданиятига риоя қилишга аҳамият беришлари ҳақидаги фикрини аниқлаб берди. Уларнинг фикрича:
кийиниш ёшларнинг тарбияланганлик даражасини акс эттиради (29,5%);
кийиниш инсоннинг ички дунёсини акс эттиради (27,5%);
кийиниш миллий менталитетнинг ўзига хос хусусиятларини акс эттиради (17,5%);
кийиниш ўзига ва атрофидагиларга бўлган ҳурматни акс эттиради (12,7%);
кийиниш инсон дунёқарашининг кенглигини кўрсатади (5,3%).
Сўров натижаларининг кўрсатишича, кийимнинг сифати ва ҳолати барча ёшдаги одамлар учун долзарб, шунинг учун инсонда кийиниш истаги ва маҳорати қанчалик эрта тарбияланса, у ўзини шунчалик ижобий қабул қилади, шунингдек, турмуш тарзи ва имкониятларидан қатъи назар, атрофидагилар томонидан ижобий баҳоланади ва қабул қилинади.
Ҳар бир ижтимоий муҳитда одамларда кийинишга нисбатан муайян талаблар юзага келади. Шунинг учун инсон ўз атрофида кўришга одатланган услубни ижобий қабул қилади ва кийим сотиб олаётганда унга ижтимоий омиллар таъсир кўрсатади.
Шу муносабат билан замонавий ёшларнинг кийиниш услубини танлашдаги устуворликларини ўрганиш муҳим аҳамиятга эга эди. “Сиз учун қандай кийиниш услуби энг афзал ҳисобланади?”, деган саволга олинган энг кўп жавоб ёшлар кийиниш услубига бўлган муносабатни акс эттирди. Чунончи, ёшлар хилма-хилликни афзал кўришади ва фақат бир услубга амал қилишмайди, балки кийимни муайян вазиятга қараб кийишади. Бу ёшлар кийим танлашда кийим уларга ярашишига, улар муайян либосда қандай кўринишига эътибор беришади. 27,5% эркаклар ва 29,6% аёллар ана шундай фикрда.
Классик услубни 26,1% респондентлар афзал кўришади. Аниқланишича, эркаклар классик кийимни аёлларга қараганда деярли икки марта кўпроқ танлашади (мос равишда 33% ва 18,4%). Қизлар ва ёш аёллар эркакларга қараганда кўпроқ замонавий кийимни афзал кўришади, трендларга амал қилган ҳолда, модадан ортда қолмасликка интилишади.
23,5% қизлар ва 17,4% йигитлар анъанавий ва миллий услубдаги кийимларни афзал кўришади. Декор элементларида, ранг ечимида модага айланган этник мотивлар, анъанавий матолар миллий услубдаги либосларни бажонидил ва алоҳида фахр билан киядиган ёшлар томонидан маъқул кўрилади.
1-жадвал. Сиз учун қандай кийиниш услуби энг афзал ҳисобланади? (сўралганлар сонидан % ҳисобида)


Муайян услубга риоя қилмайман, асосийси, ярашса бўлди

Классик, қатъий услуб

Замонавий ва мода бўлган услуб

Анъанавий ва миллий услуб

Норасмий элементларга эга бўлган ўта замонавий услуб

Жами

28,5

26,1

23,7

20,3

1,4

Эркаклар

27,5

33,0

20,2

17,4

1,9

Хотин-қизлар

29,6

18,4

27,6

23,5

0,9

Респондентларнинг ёш кесимидаги жавоблари таҳлили уларнинг кийиниш услубида нимани афзал кўришлари бўйича сезиларли фарқларни аниқламади. Фақат 18-20 ёшлилар афзал кўрадиган ўта замонавий услуб бундан мустасно бўлди. Ушбу ёш гуруҳининг ҳар ўнинчи респонденти кийимнинг ушбу услубини афзал кўришини таъкидлади. Сўров шуни кўрсатдики, ёшлар улғайгач, ўз дидини ўзгартириб, кўпроқ консерватив услубларни афзал кўришади.
2-жадвал. Сиз учун қандай кийиниш услуби энг афзал ҳисобланади? (сўралганлар сонидан % ҳисобида)


Муайян услубга риоя қилмайман, асосийси, ярашса бўлди

Классик, қатъий услуб

Замонавий ва мода бўлган услуб

Анъанавий ва миллий услуб

Норасмий элементларга эга бўлган ўта замонавий услуб

18-20 ёши

25,8

29,0

19,4

16,1

9,7

21-25 ёши

29,4

27,5

21,6

21,5

-

26-30 ёши

32,8

21,3

26,2

19,7

-

31-35 ёши

25,0

28,1

25,0

21,9

-

Ёшлар модаси ёшларнинг ўзини ўзи ифодалашида энг муҳим воситалардан бири ҳисобланади. Шинам ва қулайликка интилишдан ташқари, ёшлар кийинишда ўз индивидуаллигини ифода этишга, қарашлар мустақиллиги ва динамизмни намойиш этишга мойил. Сўров иштирокчилари ёшлар кийим танлашда қандай услубга риоя қилишлари кераклиги ҳақида ўз фикрини билдиришди. Респондентларнинг ярмига яқини (49,3%) ёшлар учун эркин ва замонавий услубдаги кийимлар кўпроқ мос келади, деган фикрда. 29% иштирокчилар ёшлар, хоҳишларига кўра, миллий элементларга эга замонавий кийимни кийишлари керак, деб ҳисоблашади.
3-жадвал. Сизнингча, ёшлар қандай кийиниш услубига
риоя этишлари лозим? (сўралганлар сонидан % ҳисобида)

Кийиниш услуби

%

Эркин ва замонавий услубга

49,3

Миллий элементларга эга бўлган замонавий услубга

29,0

Миллий услубга

17,9

Ўта замонавий услубга

1,9

Айтишим қийин

1,9

Сўров натижалари шуни кўрсатдики, ёшлар учун кийим танлашда кийим нархининг унинг жозибадорлигига мос келиши асосий мезон ҳисобланади – 47,3% респондентлар, агар кийим ёқса ва унинг нархи маъқул келса, уни харид қилишини таъкидлади.
14% респондентлар кийимнинг мода анъаналарига мос келишига аҳамият беради. Иштирокчиларнинг бир қисми кийимнинг ўз яшаш жойидаги жамиятга маъқул келишига, у ерда қабул қилинган анъана ва урф-одатларга мос келишига эътибор берадилар (12,1%). 11,6% ёшлар кийимнинг муайян воқеага мос келишини муҳим, деб ҳисоблашади. 5,8% ёшлар кийимни танлашда ўз қариндошлари ва яқин инсонларининг маслаҳатларига қулоқ тутишини таъкидлашди. 
2-расм. Шахсан Сиз кийим танлашда нимага амал қиласиз?
(сўралганлар сонидан % ҳисобида)

"Сиз кундалик ҳаётда (ўқишда, ишда) қандай кийинишни афзал кўрасиз?", деган саволга респондентларнинг ярмидан кўпи (55,6%) кийим танлашда у муайян воқеага мос келишига эътибор қаратишини таъкидлади. Ёшлар, агар улар вазиятга мос кийинган бўлишса, ўзларини қулай ҳис қилишади ва бу уларнинг кийим танлашдаги асосий мезони ҳисобланади. Респондентларнинг учдан бир қисмига яқини улар учун кийимнинг тоза ва озода бўлиши энг муҳим аҳамиятга эга эканлигини таъкидлади. 13% сўров иштирокчилари ишга ёки ўқишга миллий элементларга эга, модадаги кийим кийишни афзал кўради.
3-расм. Сиз кундалик ҳаётда (ўқишда, ишда) қандай кийинишни
афзал кўрасиз? (сўралганлар сонидан % ҳисобида)

Тадқиқот жараёнида ёшларнинг ижтимоий мулоқотда муайян функцияларни бажарадиган кийиниш элементлари ва турларининг мураккаб уйғунлашуви сифатида «дресс-код»га бўлган муносабатини ўрганиш вазифаси қўйилди. Мазкур ҳолатда, "мулоқот вазияти" юзага келади,
яъни кийиниш таклиф қилинаётган ҳолатларга мос келади. Мулоқот вазиятининг ўзгаришига қараб, "дресс-код" қоидаларига кўра, кийим ҳам ўзгартирилиши керак. 
Бугунги кунда ташкилот ва муассасаларда ходимларнинг кийиниш маданиятига алоҳида эътибор қаратилмоқда. Ходимнинг мос ташқи кўриниши умуман ташкилотга бўлган ишончда муҳим роль ўйнайди, ташкилотдаги ишларнинг аҳволи ва ҳамкорларга бўлган ҳурматни намоён этади. Ўқув муассасаларида ҳам кийимнинг ягона шакли ёки ўқувчиларнинг ташқи кўринишига нисбатан қўйиладиган талаблар - муайян "дресс-код" мавжуд.
Сўров натижаларидан кўриб турганимиздек, аксарият ёшлар (72%) дресс-кодга риоя қилишнинг муҳимлигини тушунишади ҳамда уларнинг ташқи кўриниши ишга жойлашишига катта таъсир кўрсатишини ва мустақил ривожланиш омилларидан бири эканлигини билишади.
4-расм. Сизнингча, ёшлар ўқишда/ишда кундалик кийиниш қоидаларига (дресс-кодга) амал қилишлари шартми?
(сўралганлар сонидан % ларда)

Сўров давомида респондентлар "Дресс-кодга амал қилиш зарурлиги Сизда қандай ҳиссиётларни уйғотади?", деган саволга жавоб беришди. Респондентларнинг ярмига яқини дресс-кодга амал қилиш уларга ҳар қандай жойда ўзини ишончли ҳис қилиш имконини беради, дея таъкидлади. Корпоратив дресс-кодга риоя қилиш респондентларнинг ушбу қисмига шаклланган жамоага тезда қўшилиб кетишга, ноқулайликларни ҳис этмасликка ва ўз фаолиятини профессионал тарзда олиб боришга ёрдам беради. 
26,1% сўров иштирокчилари ҳар қандай вазиятда ва ҳар қандай кийимда ўзини қулай ҳис қилади. Ёш кесимида бундай жавобни берган респондентларнинг энг кўп сони 21-25 ёшлилар гуруҳида қайд этилди. 
Ўтказилган сўров натижаларига кўра, унинг 15% иштирокчилари дресс-кодга риоя қилишга тўғри келадиган вазиятда ўзини ишончсиз, ноқулай ҳис қилади. 31-35 ёшдаги респондентларда ушбу кўрсаткич 21,9%ни ташкил қилди. Дресс-кодга амал қилиш зарурати туфайли ноқулайликларни ҳис қилувчи респондентларнинг энг кам сони 21-25 ёшдаги респондентлар орасида қайд этилди – 7,8%.
3-жадвал. Дресс-кодга амал қилиш зарурлиги Сизда қандай ҳиссиётларни уйғотади? (сўралганлар сонидан % ларда)


Агар муайян дресс-кодга амал қилсам, ўзимни ҳамма жойда қулай ҳис қиламан

Ўзимни ноқулай ҳис қиламан, чунки дресс-кодга амал қилишга тўғри келади

Ҳар қандай вазиятда ва ҳар қандай кийимда ўзимни эркин ҳис қиламан

Айтишим қийин

Жами

47,8

15,0

26,1

11,1

18-20 ёши

45,2

16,1

29,0

9,7

21-25 ёши

49,0

7,8

31,4

11,8

26-30 ёши

50,8

13,1

26,2

9,9

31-35 ёши

45,3

21,9

20,3

12,5

Ҳар бир кийиниш услуби ушбу инсон ҳақида аниқ маълумот берувчи рамз ҳисобланади. Кийимни танлашда инсон кўплаб омилларни ҳисобга олади, улар жумласига миллий ва оилавий анъаналар, мода тенденциялари, мулоқот стратегиялари билан боғлиқ шахсий афзалликлар, шахснинг манфаатлари ва бошқалар киради.
Сўров давомида ёшларнинг кийиниш орқали ўзини ифода этиш усуллари ҳақидаги фикри ўрганилди. 60,9% респондентларнинг фикрига кўра, кийиниш ўзини намоён қилиш ва ўзини ифодалаш воситаси ҳисобланади. Сўровда қатнашган ёшларнинг учдан бир қисми мазкур фикрга қўшилмайди, улар кийимни танлашга кўп ҳам аҳамият беришмайди. 
5-расм. Сиз кийиниш – бу ўзини намоён қилиш ва ўзини ифодалаш воситаси деган фикрга қўшиласизми? (сўралганлар сонидан % ҳисобида)

ХУЛОСАЛАР:
Тадқиқот шуни кўрсатдики, кийиниш маданияти инсон маънавиятининг ноёб тарзда акс этиши ҳисобланиб, кўп жиҳатдан ёшларнинг феъли, дунёқараши ва қадриятларини акс эттиради. Шу нуқтаи назардан халқимизнинг ўзига хос кийиниш услуби барча даврларда халқимизга хос бўлган покизалик, камтарлик ва гўзалликка интилиш каби фазилатларни намоён этган. Бугунги кунда ушбу жиҳатлар долзарб аҳамиятга эга бўлиб, аёллар кийимида миллий қадриятлар ва замонавий мода йўналишларининг уйғунлаштирилишида, виждон ва дин эркинлигини ҳисобга олган ҳолда ўзбек миллий модасининг шаклланишида ўз ифодасини топмоқда. 
Сўров натижалари шуни кўрсатдики, ёшлар кийиниш маданиятига катта эътибор қаратишади. Тадқиқот замонавий ёшлар кийиниш услубларида хилма-хилликни афзал кўришларини, йигитлар ва қизлар кийимни ёшига, иш ёки ўқиш жойига ва шахсий хусусиятларига қараб танлашларини аниқлаб берди. Респондентларнинг катта қисми бир хил услубга риоя қилмайди, балки вазият ва кайфиятга қараб кийинади.
Тадқиқот натижаларидан кўриб турганимиздек, ёшларнинг аксарияти кийинишнинг муайян қоидаларига риоя қилишни, ўқув муассасасида ёки улар ишлаётган ташкилотда қабул қилинган дресс-кодга риоя қилишни мажбурий деб ҳисоблайди. Шу билан бирга, ҳар тўртинчи респондент махсус кийимни кийиб юриш зарурлигига салбий муносабатда эканлигини билдирди.
Сўров шуни кўрсатдики, ёшлар дресс-кодга риоя қилишнинг муҳимлигини тушунишади ва уларнинг ташқи кўриниши ишга жойлашишига ҳам, ходимнинг хизматда муваффақиятли кўтарилишига ҳам катта таъсир кўрсатишини ҳамда мустақил ривожланиш омилларидан бири эканлигини билишади.
Сўров натижалари шундан далолат бериб турибдики, ёшларнинг кўпчилиги кийинишга катта аҳамият беришади, уни индивидуалликнинг ифодаси ва инсон мақомининг кўрсаткичи, деб ҳисоблашади, аммо ёшларнинг каттагина қисми ҳар бир одам шахсан ўзига мос келадиган кийимни танлаши мумкин, деб ҳисоблаган ҳолда кийим танлашга камроқ талабчандир.
Тадқиқот натижаларидан кўриб турганимиздек, кийиниш маданияти нафақат ёшларнинг ташқи кўринишга бўлган муносабатини акс эттиради, балки умуман олганда ёшларнинг тарбиявий даражаси, инсоннинг ички дунёси ва унинг жамиятда қабул қилинган хатти-ҳаракат қоидалари ва меъёрларига муносабатининг акс этиши нуқтаи назаридан кийиниш маданиятига риоя қилиш муҳимлигини таъкидлайди.

6.Ma’naviy tarbiyada tasviriy va musiqa san’ati.


https://lex.uz/ru/docs/2947562?ONDATE=05.04.2022

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ВАЗИРЛАР МАҲКАМАСИНИНГ


ҚАРОРИ. БОЛАЛАР МУСИҚА ВА САНЪАТ МАКТАБЛАРИ ТЎҒРИСИДАГИ НИЗОМНИ ТАСДИҚЛАШ ҲАҚИДА.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Болалар мусиқа ва санъат мактаблари фаолиятини янада такомиллаштириш бўйича 2016 — 2020 йилларга мўлжалланган Давлат дастури тўғрисида» 2015 йил 20 ноябрдаги ПҚ-2435-сон қарорига мувофиқ Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси қарор қилади:
1. Болалар мусиқа ва санъат мактаблари тўғрисидаги низом иловага мувофиқ тасдиқлансин.
2. Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги икки ой муддатда Ўзбекистон Республикаси Молия вазирлиги билан келишган ҳолда:
болалар мусиқа ва санъат мактабларини мусиқа асбоблари, махсус мебеллар, асбоб-ускуналар ва бошқа анжомлар билан жиҳозлаш нормативлари;
мусиқа ва санъат йўналишларида таълим беришнинг илғор хорижий тажрибасини ҳисобга олган ҳолда такомиллаштирилган ўқув режаси тасдиқланишини таъминласин.
3. Ўзбекистон Республикаси Халқ таълими вазирлиги уч ой муддатда болалар мусиқа ва санъат мактабларининг намунавий уставини ишлаб чиқсин ва тасдиқласин.
4. Вазирлар Маҳкамасининг 1995 йил 18 февралдаги 59-сон қарори (Ўзбекистон Республикаси ҚТ, 1995 й., 2-сон, 5-модда) билан тасдиқланган Мактабдан ташқари муассаса тўғрисидаги низомнинг 2-банди иккинчи хатбошиси қуйидаги таҳрирда баён қилинсин:
«Болалар мусиқа ва санъат мактаблари ҳамда «Баркамол авлод» болалар марказлари фаолиятининг хусусиятлари Вазирлар Маҳкамасининг алоҳида қарорларида белгиланади».
5. Вазирликлар ва идоралар ўзлари қабул қилган норматив-ҳуқуқий ҳужжатларни бир ой муддатда ушбу қарорга мувофиқлаштирсинлар.
Тошкент ш.,
2016 йил 5 май,
144-сон
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy sohalari kabi ta'lim sohasida ham ko’plab o’zgarishlar, islohotlar amalga oshirildi. Ayniqsa, davlatimiz tomonidan chiqarilgan “Ta'lim to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Davlat ta'lim standartlari” mamlakatda yoshlar ta'lim-tarbiyasiga berilayotgan e'tiborning yorqin ifodasidir. Prezidentimiz I.A.Karimov “Farzandlarimiz bizdan ko’ra aqilli, bilimli, dono va albatta baxtli bo’lishlari kerak” degan fikrni aytar ekan, O’zbekistonning kelajagi bo’lmish yoshlarni tarbiyalash, ularni komil inson qilib voyaga yetkazish Davlatimiz oldinga surayotgan ilg’or g’oyalardan biri ekanligiga amin bo’lasiz. Birinchi Prezidentimiz o’zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch asarida”:Yoshlarni ma`naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashda milliy tarbiya modulini yaratish, talaba–yoshlarda ma`naviy ta`minlanganlikni shakllantirish hamda inson manfaatlarining xalq, millat, davlat va jamiyat manfaatlari bilan uyg`unligini ta`minlashni, ma`naviyat insonning ulg`ayishi va kuch-qudrat manbai ekanligini, ma`naviy tiklanish hamda yuksalishda, albatta, mustaqillikning zarurligini, ma`naviyatimizga har qanday tahdid o`zligimiz va kelajagimizga tahdid ekanligini, ushbu tahdidlarga qarshi kurashishga doimo hushyor turish zarurligini, ma`naviy barkamol, g`oyaviy kurashchan inson Vatanimiz taraqqiyotining poydevori ekanligini talabalarga tushuntirish lozim.”1 degan fikrlari orqali ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashning eng asosiy omili bu milliylik va o’ziga xos yondashuv ekanligini yana bir bor ta’kidlaydi. XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixida fan va texnika sohasida yuz bergan inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur`ati moddiy ishlab chiqarish jarayonini nazariy hamda amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmun kasb etishini ta`minladi. Xizmat ko`rsatish sohalarining paydo bo`lishi yangicha turmush tarzi kishilarning moddiy ma`naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy ehtiyojlarning yangilanib hamda ortib borishi o`z navbatida ularni qisqa muddatda va sifatli qondirilishini ta`min etuvchi faoliyatning yo`lga qo`yilishini taqozo etdi. Ijtimoiy zarurat mahsuli bo`lgan texnologiya sohasi va uni takomillashib borishi qisqa vaqt oralig’ida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish imkonini berdi.
Bu borada ham Prezidentimiz “Ertangi kun talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish yo`lidagi izchil harakatlarimizni kuchaytirishimiz, ularni yangi, yanada yuqori bosqichga ko`tarishimiz darkor”2 ligini ta`kidlab, yaqin kelajakda amalga oshirilishi lozim bo`lgan eng muhim ustuvor vazifalarni belgilab berdi.Insoniyat takomillashuvining asosiy sharti mehnat bo`lib, u o`z o`rnida go`zallik, chiroylilik, yoqimlilik va rang-barang turfa olamning moddiy noz-ne`matlarini yaratadi, ma`naviy dunyosini bunyod etadi. Bugungi kunda har birimizni xilma-xil, rang-barang, go`zal, chiroyli buyumlar olami o`rab olgan. Biz har kun go`zal tabiatni, mashinalarni, buyumlarni, turli tuman kiyim-boshlarni turli xil ro`zg’or buyumlarini turli mavzu va xarakterdagi san`at asarlarini ko`ramiz. Ular bir biridan chiroyli nafosatli va yoqimli bo`ladilar. Rassomlar eng go`zal, chiroyli odamlarga yoqadigan shakllarni, ranglarni narsalarni voqealarni ko`radilar. Ularni yoqimsiz xunuk narsalardan ajratib oladilar va o`z asarlarida tasvirlaydilar yoki ulardan ham go`zal va chiroyligini yaratib beradilar. SHu boisdan aytish mumkinki, qaysi bir xalqning rassomlari ko`p bo`lsa, ular ijodkor bo`ladilar, bu xalq eng ko`rkam eng chiroyli va eng boy yashaydilar. O`zbekiston tasviriy san`ati taraqqiyot yo`liga nazar tashlasak, unda turli avloddan iborat rassomlar tarkibi mamlakat tasviriy san`atida turli xil uslubiy yo`nalishlarda, o`ziga xos tarzda ijod qilganliklarini ko`ramiz. Bular O`.Tansiqboyev, R.Ahmedov, A.Abdullayev, N.Qo`ziboyev, M.Saidov, R.Choriyev, M.Nabiyev va boshqalar.Insonning hayotiy turmush tarzida, axloqiy ijtimoiy hayotida, ma’naviy chexrasining tabiiy shakllanishida aks etadigan xolatlar tizimida- ma’naviy tarbiyaning asosiy kategoriyalari sifatida aks etadi. Go’zallikni ko’ra bilish, his qilish, did bilan baxo berish – hissiy ko’nikma olib kelishga xizmat qiladi. Narsalarning bir-biriga bog’liqligi, ovozlarning tabiat bilan uyg’unlashib ketishi, ranglarning o’zaro uzviy ohangdorligi – go’zallik negizidir. Inson ichki dunyosining mukammalligi dinning yuksakligi – shaxsni hissiy go’zallikka intiluvchan etib tarbiyalaydi. O’zaro muloqotda ham odamlarning ma’naviy yetukligi, faolligi tufayli – inson ijtimoiy hayotning yaratuvchisi deyishimizga asos bo’ladi.
San’atda - go’zallikning ro’y – rost barq urishi uning aks etishi insonning yaratuvchanligiga bog’liq. Go’zallik o’quvchilar, shaxsning – shakllanishida ham muhim rol o’ynaydi.Go’zallik – insonni hissiy junbushga keltirsa atrof muhitga bo’lgan ishtiyoqini oshirsa tabiiy voqealarni taxlil qilishga undasa demak go’zallikni o’zining sirli kuchi bilan inson ruhiga ta’sir ko’rsatmoqda deb tushinish kerak. Shu kuch go’zallikni his etib-yanada go’zalroq san’at asarini yaratishga ilhomlantiradi. Yoshlarimizni ish o`rganib, kasb-hunarga ega bo`lishlari uchun alohida e'tibor berilgan. Yoshlarni biron bir ilm o`rganishlari uchun dastavval unga nisbatan qiziqishini uyg`otish kerak. Misol uchun, maktablarda tasviriy san'at faniga o`quvchilarni qiziqishlarini oshirish uchun darsdan tashqari to`garak mashg`ulotlarini tashkil etish, o`quvchilarni erkin mavzuda rasm chizishlariga, ularni ijodkorlik qobiliyatlarini yanada oshirishga e'tibor berish lozim. Ijodkor shaxs atrofida bo`layotgan kasbiy, siyosiy va boshqa muammolarga tez moslasha oladi.
Download 286.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling