Cellvibrio
Cytophaga
Sporocytophaga
Clostridium
- Hayotda keng qo‘llaniladigan kosmetik emulsiyalar ham mikroorganizmlar uchun qulay ozuqa substratidir. Bular tarkibida har xil organik moddalar mavjud bo‘lgan suvdagi moy yoki moydagi suv shaklidagi emulsiyalardir. Mikroorganizmlar emulsiyaning suv fazasida yashaydi, moy fazasida deyarli yashamaydi. Shu sababdan mikroorganizmlar uchun suvdagi moy emulsiyalari o‘ta qulay sharoit hisoblanadi. Emulsiyalarni ayniqsa gramsalbiy tayoqchasimon bakteriyalar ko‘p zararlaydi, ulardan eng xavflilari Pseudomonas, Euterobacter va Achromobacter turlaridir. Kosmetik emulsiyalarning asosiy tarkibiy qismlari yuqorimolekular spirtlar va moy kislotalarining efirlaridir.
- Bakteriyalarning har xil organik birikmalarni yemirish xususiyati ularning ko‘pchiligida plazmidalar (xromosomalardan tashqarida bo‘lgan irsiyat elementlari) mavjudligi bilan bog‘liq. Agar bakteriya hujayrasidagi asosiy genetik material – xromosoma – hujayralar tashqi muhitning har xil sharoitlarda hayotchanligini saqlashi uchun xizmat qilsa, plazmidalar tarkibidagi genlar muayyan muhitning xususiyatlarini, jumladan muhitda biror o‘zga organik birikmalar mavjudligini aks ettiradi. Bunday holatda plazmida genlari u yoki bu organik birikmani parchalaydigan fermentlarning kodini ishlab chiqaradi. Bioparchalash plazmidalari ayniqsa psevdomonadalarda uchraydi
Zamburug’lar - Zamburug‘larning tirik mavjudotlar sistematikasida tutgan o‘rni haqida fanda hali ham bahslar ketmoqda. Karl Linney zamonlarida zamburug‘larni o‘simliklar dunyosida joylashtirib, suv o‘tlari bilan birga tuban (sporali) o‘simliklar guruhiga kiritishgan. Haqiqatan, hujayralarining polyarligi, ustki (apikal) qismi chegaralanmagan miqdorda o‘sa olishi, yaxshi shakllangan hujayra devorchalari va vakuolalari mavjudligi, vegetativ holatda harakatsiz bo‘lishi zamburug‘larga o‘simliklar bilan o‘xshashlik beradi. Ammo zamburug‘larning hayvonlar bilan o‘xshashlik belgilari ham bor. Bular – zamburug‘larning geterotrof oziqlanishi, vitaminlarga ehtiyoji, azot almashinuvi jarayonida mochevina hosil bo‘lishi va yig‘ilishi, zahira ozuqa moddasi sifatida glikogen sintez qilinishi, ko‘p turlarda xitin mavjudligi va b
Do'stlaringiz bilan baham: |