Mavzu: Litotrof va organotrof bakteriyalar va ularni tuzilishi. Biozararlovchi zamburug’lar guruhlari vakillari


Download 1.69 Mb.
bet2/6
Sana18.03.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1280383
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Ma\'ruza taqdimoti

  • Xemotrof va geterotrof bakteriyalar o‘sishi uchun haroratning ustki chegarasi ko‘p hollarda 90oS va undan ham yuqoriroqni tashkil etadi. Misol uchun, metallarda faol biokorroziya qo‘zg‘atuvchi Thiobacillus turkumiga mansub bakteriyalar o‘sishi uchun haroratning ustki chegarasi 60oS; biokorroziya qo‘zg‘atuvchi sulfatreduksiya qiluvchi bakteriyalarning bir turi uchun esa 70oS. Ba’zi muhitni oksidlovchi bakteriyalar 90oS haroratda o‘sa oladi. Bunday bakteriyalarning termostabilligi ular oqsillarining (birinchi navbatda fermentlarining) issiqlikka chidamliligi bilan bog‘liq. Ularning membranalaridagi lipid moddalari, karbonning ko‘p sonli atomlariga ega bo‘lgan to‘yingan va shoxlangan moy kislotalari mavjudligi bilan ta’riflanadi. Bunday lipidlarning erish harorati yuqoriligi biomembranalar issiqlikka chidamli bo‘lishini ta’minlaydi.
  • Ba’zi bakteriyalar pH 1 yoki pH 10 bo‘lganida ham o‘sish va rivojlanishini to‘xtatmaydi. Misol uchun, Thiobacillus turkumiga mansub bakteriyalar turlaridan bittasi uchun optimal pH 1-3, boshqasi uchun esa - pH 9,8.
  • Ba’zi bakteriyalar yuqori havo bosimiga o‘ta chidamli. 750 atm bosimida o‘sa oladigan turlar mavjud; ba’zi turlar uchun optimal bosim 100-300 atm. Biokorroziya qo‘zg‘atuvchi sulfatreduksiya qiluvchi bakteriyalar 3500 metrdan ham chuqurroqda joylashgan neft skvajinalaridan ajratilgan; bu chuqurlikda bosim 400 atm dan ortiq, harorat esa 60oS va 100oS orasida o‘zgarib turadi.
  • Muhitdagi tuzning yuqori miqdorlariga ham bakteriyalarning o‘ta chidamli turlari mavjud. Misol uchun, ba’zi turlar osh tuzining to‘yingan eritmasida (~32%) o‘sa oladi.
  • Litotrof bakteriyalar anorganik moddalar o‘zgarishi vositasida energiya olishi uchun, asosan metalllar va boshqa anorganik qurilish va sanoat materiallarida biozararlanish qo‘zg‘atadi. Organotroflar esa organik moddalarni oksidlashda hosil bo‘lgan energiyadan foydalanadi. Shu sababli ularning ko‘pchiligi organik moddalardan tashkil topgan sanoat materiallarida faol biozararlanish qo‘zg‘atuvchilardir. Shu bilan birga ulardan ba’zilari hosil qiladigan agressiv metabolitlari (organik kislotalar, ammiak, vodorod sulfid va b.) bilan metallarda korroziya qo‘zg‘atadi.
  • Karbonvorodlar suvda erimasligi tufayli ular bakteriya hujayralari ichiga kirishi murakkab jarayondir. Buning uchun hujayra devorchalarining tashqi tomonida joylashgan glikolipidlar karbonvorod bilan mikroemulsiya hosil qiladi va bu mikroemulsiya hujayra ichiga olib kiriladi. Ko‘pincha karbonvorod parchalanishi oxirgi metil guruhining birlamchi spirt hosil qilib oksidlanishidan boshlanadi. Pseudomonas oleovorans bakteriyasida bu reaksiyada uchta oqsil ishtirok etadi: rubredoksin (temir-oltingugurt-proteid), NADN2: rubredoksin-oksireduktaza va alkan-1-gidroksilaza. Boshqa alkanni oksidlovchi bakteriyalar kosubstrat sifatida rubredoksin o‘rniga boshqa elektron donorlarini ishlatishi mumkin.
  • Birlamchi spirt oldin aldegidgacha, so‘ngra moy kislotasigacha oksidlanadi; moy kislotasi β-oksidlanish vositasida parchalanadi. Ba’zan alkan molekulasi har ikki uchidan oksidlanadi va dikarbon kislota hosil bo‘ladi.
  • Aerob sharoitda sellyuloza biozararlanishida zamburug‘lar asosiy rol o‘ynaydi. Tashqi ko‘rinishidan psevdomonadalarga o‘xshash, Cellvibrio guruhiga mansub bo‘lgan aerob bakteriyalar ham sellyulozani parchalaydi, ammo ularning roli bu jarayonda juda kam. Taxminga ko‘ra bu bakteriyalar “hammaxo‘r” va sellyulozani faqat boshqa karbon manbai bo‘lmaganida ishlatadi.
  • Anaerob sharoitda sellyulozani Cytophaga va Sporocytophaga turkumlarining ko‘p va Clostridium bakteriyalarining ba’zi turlari parchalaydi. Bir-biridan uzoq bo‘lgan bu bakteriyalarga xos yagona umumiy xususiyat – ularda baquvvat gidrolitik ferment sistemasi mavjudligidir. Ular sellyulozani bevosita kontakt paytida gidroliz qiladi va ayni shu sababdan sitofaglarning va Bacillus cellulosae-dissolvens ning urchuq shaklli hujayralari sellyuloza tolalariga puxta yopishib oladi.


Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling