Mavzu: Litotrof va organotrof bakteriyalar va ularni tuzilishi. Biozararlovchi zamburug’lar guruhlari vakillari


Download 1.69 Mb.
bet5/6
Sana18.03.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1280383
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-Ma\'ruza taqdimoti

Конидиялар септацияси: A – эусептат. B – оралиқ типдаги. C - дистосептат (Reisinger, 1975).
Septalar gifa devorchasidan o‘rtasiga qarab o‘sib, hosil bo‘ladi. O‘rtaga etgan septaning qismlari qo‘shilib ketmaydi va o‘rtasida teshik qoladi. Bu teshik orqali ozuqa moddalar va organellalar gifaning bir
hujayrasidan boshqalariga o‘tadi.
  • Ko‘p bazidiomitset turlar gifalarining septalari ustida kichik, yassi hujayrachalari - «to‘qalari» - bor. Odatda, bitta to‘qa mavjud ammo ba’zan (misol uchun yog‘och emiruvchi Coniophora cerebrella turida) ular 10 tagacha bolishi mumkin B). Ba’zan (Serpula va boshqa turlarda) to‘qalar murtak hosil qiladi va o‘sadi.Noqulay atrof-muhit sharoitlarida mitseliyning o‘zgargan shakllari - parda, gifalar eshilgan ipga o‘xshab birikishi natijasida paydo boladigan «arqoncha» (tyaj), rizomorf va sklerotsiylar hosil boiadi.
  • Sporologik yo‘nalish. Sakkardo, Lindau va b. deyteromitsetlarni, ularning tabiiy belgilarini aks ettirmaydigan, sporalarining tashqi ko‘rinishiga qarab klassifikatsion guruhlarga bo‘lishdi. Bu sistemani ishlatish oson. Morfologiyasiga ko‘ra konidiyalar allantospora, amerospora, didimospora, fragmospora, diktiospora, skolekospora, gelikospora va stavrosporalarga bo‘lindi (10 rasm). Mitseliy va konidiyalari to‘q rangli (pigmentli) turlar Dematiaceae, gialin (rangsiz) yoki och rangli turlar Mucedinaceae, konidioforalari pustulalarda (sporodoxiylarda) joylashgan turlar Tuberculariaceae va tik joylashgan dastalarda (koremiyalarda) rivojlanadigan turlar Stilbellaceae oilalariga kiritildi.

Sakkardo terminologiyasiga binoan sporalar tiplari:
A – allantospora. V – amerospora. C – didimospora. D – fragmospora. E – diktiospora. F – skolekospora. G – xelikospora. H – stavrospora (Talbot, 1971)
  • 2. Funksional yo‘nalish. Konidiyalar kserosporik (quruq sporali) va gloyosporik (shilimshiq ichida rivojlanuvchi sporali) tiplarga bo‘lindi. Kelib chiqishi har xil bo‘lgan xlamidosporalarni konidiyalardan ularning qalin qobiqlari va gifaga zichroq yopishganligi (odatda o‘troq emasligi) bilan ta’riflashdi.
  • 3. Ontogenetik yo‘nalish konidiogenezni o‘rganishga asoslangan, ammo umumiy morfologiya ham ontogenez jarayonida tadqiq qilinishi muhimligi e’tirof etiladi. Zamburug‘ har qanday strukturasining belgilar va funksiyalarini to‘g‘ri tushunish uchun uning rivojlanish jarayonini har bir tafsiloti ontogenez nuqtai nazaridan chuqur o‘rganilishi lozim. Bu yo‘nalish zamburug‘larning hozirgi mavjud bo‘lgan taksonomiyasiga ko‘ra tabiiyroq sistemasini yaratishga imkon berishi mumkinligi e’tirof qilinadi
  • Konidiya rivojlanishi uch bosqichda o‘tadi.
  • 1. Boshlang‘ich bosqich; konidiyalar tallik usulda mavjud gifa qismlaridan (artrokonidiyalar) yoki blastik usulda yangidan (blastokonidiyalar) hosil bo‘lishi mumkin.
  • 2. Konidiya qobig‘i hosil bo‘lishi; konidiya qobig‘i konidiogen hujayra qobig‘ini yoki uning bir qismini ishlatib, yoki yangidan hosil bo‘lishi mumkin.
  • 3. Konidiya ajralishi; yetilgan konidiya hujayra devorchasi chatnashi (shizolitik usul) yoki ikkita hujayra devorchasi orasidagi qismidan bo‘linishi (reksolitik usul) orqali ajralishi mumkin.
  • Birinchi konidiya hosil bo‘lganidan keyin konidiogen hujayra, qismlarining elastikligi bilan bog‘liq holda, har xil joylardan kurtaklanish (proliferatsiya qilish) vositasida o‘sishni davom ettirishi mumkin. Bunda konidiyalarning uch xil birin-ketinligi yuzaga keladi:


Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling