Sattarov abdumurod sattarovich oqava suvlardan sifatli ichimlik suvi olishda biotexnologik


–rasm. Tajribaning 1–kunidagi ko‘rinishi


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/29
Sana18.11.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1786037
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29
Bog'liq
monograph Satorov indiya 2022 besh

3.3–rasm. Tajribaning 1–kunidagi ko‘rinishi 
 
A

3.5–rasm. Artezan suvi (A) bo’lgan hamda xrom bilan zararlangan suv 
 (A cr) bo’lgan idishdagi holat 
Manba: Toshkent kimyo texnologiyasi institutida tasvirga olindi

Biologik hovuzlarda tozalovchi (agentlar) komponentlar – 
mikroorganizmlar, suvo'tlari, suv makrofitlari va boshqa gidrobiontlar hisoblanadi.


60 
Oqova suvlarni tozalash ularning tarkibiga, o'sishi va rivojlanishi xususiyatlariga
bog'liqdir. Suv havzasidagi o'simliklar turi qancha xilma–xil va ko'p bo'lsa oqova
suvning tozalanish samarasi shuncha katta bo'ladi. Suv havzasida turli ekologik
guruhlarga mansub o'simliklar bo'lsa ham natija shuncha yaxshi bo'ladi. 
Oqova suvlarni tozalashning birinchi bosqichida mikroorganizmlar ishtirok
qiladi. Mikroorganizmlar ishtiroki anaerob va aerob sharoitida boradi. Anaerob
sharoitida, ya'ni kislorodsiz sharoitda organik moddalarning parchalanishi sekinlik
bilan boradi. Mineralizatsiya jarayonini tezlatish uchun oqova suvlar havo
yordamida aralashtiriladi, aeratsiya qilinadi. Aerob sharoitda mikroorganizmlar 
faollik bilan rivojlanib organik moddalarni parchalaydi. Organik moddalarni 
parchalovchi mikroorganizmlar bo'lmagan taqdirda, ular maxsus laboratoriyalarda 
ko'paytirilib suvga yuboriladi. 
Oqova suvlar tarkibidagi organik moddalar “faol loyqa” ta'sirida parchalanib 
mineral moddalarga aylanishi, suv havzalarida evtrofikatsiya jarayonining sodir 
bo'lishiga olib keladi. Suvdagi mineral moddalar hisobiga mikroskopik suv o'tlari va 
yuksak suv o'simliklari rivojlanadi. 
Yuksak suv o’simliklarning ko'pchilik vakillari biologik indikator vazifasini 
ham bajaradi. Ifloslangan oqova suvlarda suv o'simliklari ko'p miqdorda 
rivojlanishi natijasida suvni erkin kislorod bilan boyitib, uni tozalanishini 
tezlashtiradi. Ular oqova suvlarning badbo'y hidini yo'qotadi va rangini
tiniqlashtiradi, suvdagi patogen va saprofit bakteriyalar hujayralarining rivojlanishi 
kamayadi. Suv o'simliklari suvni 70–75% gacha tozalaydi. Shu bilan bir qatorda, suv 
o'simliklar sanoat chiqindilari chiqarib tashlangan yerlarning ekin ekishga qanchalik
yaroqliligini aniqlashda ham bioindikator sifatida foydalaniladi. Shuningdek,
zaharli moddalar (gerbitsitlar) ishlatilgandan so'ng, yerlarning yaroqliligini
bilishda ham suv o'simliklari muhim indikatorlik vazifasini bajaradi
1

1
Таубаев Т.Т. Флора и растительность водоемов Средней Азии и их использование в народном хозяйстве. –Ташкент: 
Фан, 1970. - 480 с. 


61 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling