Sattarov abdumurod sattarovich oqava suvlardan sifatli ichimlik suvi olishda biotexnologik


–rasm. Tajribaning birinchi kunidagi ko‘rinish


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/29
Sana18.11.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1786037
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29
Bog'liq
monograph Satorov indiya 2022 besh

3.1–rasm. Tajribaning birinchi kunidagi ko‘rinish. 
3.2–rasm. Tajribaning 3–4 kunlaridagi ko‘rinishi 
Manba:  Toshkent kimyo texnologiyasi institutida tasvirga olindi. 
Yana bir tajriba 26 sentyabr – 3 oktyabr sanalarida Toshkent kimyo texnologiya 
institutining “Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi” fakultetida tashkil 


58 
etildi. Tajriba davomida 1.5 m

to‘ldirilgan ikkita hovuzda mavjud Azolladan 
fondalanildi. Birinchi hovuz to‘liq artezan suvi bilan to‘ldirilgan bo‘lsa, ikkinchi 
hovuzda artezan suvi ishlab chiqarishdan keltirilgan xrom bilan zararlantirilgan. 
Zararlantirish hajmi 5 litr (0.33%).
Tajriba davomida 6 ta idishdan foydalanildi. Idishlar 5 litrdan artezan suvi bilan 
to‘ldirildi. 6 ta tanlab olingan idishlar uchun ikki hovuzda mavjud Azolla tanlab olindi. 
Ya’ni birinchi hovuzda mavjud Azolla oddiy artezan suvida yashayotgan bo‘lsa, 
ikkinchi artezan suvidagi Azolla xrom bilan oz miqdorda zararlantirilgan artezan 
suvida o’stirildi. O‘z navbatida idishlar 2 ta Azolla uchun 3 donadan teng ulushda 
bo‘lindi. Teng ulushda bo‘lingan idishlar 5 litrdan artezan suvi bilan to‘ldirilib, so‘ng 
0.5, 1 va 1.5 foizlik nisbatda xrom bilan zararlantirildi. Birinchi hovuzdan olingan 
Azolla A deb belgilangan bo‘lsa, ikkinchi hovuzdan olingan Azolla A.cr deb belgilab 
olindi. Tajriba davomida havo harorati kunduz kunlari 20–22 C

daraja, kechalari esa, 
7–9 C

darajada saqlanib turdi. Tajriba davom etgan kunlar davomida hech qanday 
yog‘ingarchiliklar kuzatilmadi. 
Tajribaning 4– kunidan boshlab A mavjud idishlarda ko‘k–yashil suv o‘tlari 
asta sekin rivojlanishi ko‘zga tashlandi. A.cr mavjud idishlarda esa, badbo’y hid 
yo‘qolishi hamda hech qanday ko‘k–yashil suv o‘tlarining rivojlanishi kuzatilmadi. 
Tajribaning so‘ngi kunida A mavjud idishlar Azolla hamda baqaton bilan qoplanib 
suvning yashil tusga kirishi va suvning ustida ko‘pirish holatlari kuzatildi. A.cr da esa, 
aksincha suv tiniq holatda saqlanib qoldi hamda Azollaning massasi oshishi kuzatildi. 
Tajriba davomida A va A.cr mavjud idishlarda Azollaning nobud bo‘lish holatlari 
ham ko‘zga tashlandi. Albatta, A mavjud idishlarda nobud bo‘lish holatlari A.cr 
mavjud idishlarga qaraganda ko‘proq kuzatildi.  


59 

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling