Sattarova Barnoxon Nabiyevna Farg‘ona politexnika instituti O‘zbekiston Annotatsiya
Maxsus son: “EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM MUAMMOLARI”
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
Maxsus son: “EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM MUAMMOLARI”
321 AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI tizimini tuzadi, bu deyarli bozorda ham, sanoatda keng yoyilgan yo‟llardan biridir. Lekin, hozirgi zamon fan, texnika va texnologik jarayonlarning eng qulay va samarador tizimi shunday bo‟lishi lozimki, buning natijasida mahsulot ishlab chiqaruvchiga nisbatan hech qanday ta‟sir etmasligi lozim. Quyidagi 1-jadvalda mahsulotlarning turlari bo‟yicha beriladigan tegishli sertifitkatlar nomlari keltirilgan. 1-jadval. Ayrim sertifikat turlari Import va eksport tovarlarni sertifikatlash Xavfsizligi shart bo‟lgan tovarlar Muvofiqlik sertifikati Inson sog‟lig‟i uchun xavfli bo‟lgan tovarlar Gigienik sertifikat O‟simlik va o‟simliklardan olinadigan tovarlar Fitosanitar sertifikati Ekologik sertifikat Metallom va qurilish materiallarlari Radiasion nazorat sertifikati Ekologik sertifikat Rudalar, konsentratlar, rangli va qora metalllar va ulardan olinadigan mahsulotlar Kimyoviy tarkibi bo‟yicha sertifikat Ekologik sertifikat Hayvonlar va ulardan olinadigan mahsulotlar Veterinar sertifikati Ekologik sertifikat Tashqi savdo va xalqaro iqtisodiy aloqalar nuqtai nazaridan sertifikatlash faoliyati mustaqil bo‟lishi alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday sertifikatlashtirishni boshqaruvchi idora standartlashtirish idoralari hamda tijorat tashkilotlari yoki davlat maqsadlari bo‟lishi mumkin. Respublikamizda amal qilayotgan milliy sertifikatlash tizimi eng avvalo aholini manfaatlarini, xavfsizligini ko‟zlagan holda tuzilgandir. Mahsulotlarning sertifikatlashning maqsadi mahsulot narxini baland qilib qo‟yish bo‟lmay, balki sifatli mahsulotga oluvchilarning diqqatini jalb qilish va savdo ko‟lamini oshirish hisoblanadi. Ayrim ishlab chiqaruvchilar, mutaxassislar bugungi kunni o‟ylab, mahsulotlarimiz shundoq ham ketmoqda, sertifikatlashninng nima hojati bor deyishi mumkin. Ishbilarmonlar faqatgina bugungi kun bilan yashasa, xalqaro savdo-sotiq ishlarini yo‟lga qo‟yishda ular katta xatoga yo‟l qo‟ygan bo‟lishadi. Bu, kechirarli holat emas, chunki hozirgi jamiyatimiz a‟zolari faqat arzoniga uchadigan emas, balki huquqiy ongi kun sayin yuksalib borayotgan, bozordagi raqobatdan unumli foydalanadigan, “Iste‟molchilar huquqini himoya qilish” va “Oziq-ovqat mahsulotlarini sifati va xavfsizligi” to‟g‟risidagi qonunlar bilan himoyalangan kishilardir. Sertifikatlashning asosiy maqsadi belgilangan talablarga to‟g‟ri kelmaydigan sifatsiz mahsulotlardan iste‟molchilarni himoya qilish hisoblanadi. Dastavval, xavfsizlikni ta‟minlash, sog‟liqni muhofaza qilish va atrof-muhitni asrash faoliyatlari bilan bog‟liq bo‟lgan hollardagi masalalar ko‟rilib, birinchi navbatda shu sohalarga tegishli talablarga javob beradigan mahsulotlar sertifikatlash uchun tanlanadi. Bular har xil ro‟zg‟or elektr mashinalari, apparatlari va asboblari, transport vositalari, siqilgan gazlar va suyuqliklar uchun ishlatiladigan idish va apparatlar, portlovchi hamda o‟ta xavfli vositalar va boshqalar. Xuddi mana shu xildagi mahsulotlar birinchi navbatda milliy va xalqaro miqyosdagi sertifikatlash uchun ob‟ekt hisoblanadi [3; 40-41-b]. Milliy miqyosda sertifikatsiyalanuvchi mahsulot nomlari bir mamlakat doirasida bir necha yo‟llar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling