Sattarova Barnoxon Nabiyevna Farg‘ona politexnika instituti O‘zbekiston Annotatsiya


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana29.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1072377
1   2   3   4
Ushbu maqolaga onlayn kiring 
Quick Response Code:
 
Website: 
https://sciencebox.uz 
 
"EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM 
MUAMMOLARI"
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA
 
 
ISSN: 2181-3464 
 


Maxsus son: “EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM MUAMMOLARI”
320
AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI
Respublikasi Fan va texnika Davlat qo‟mitasining 1997 yil 15 iyuldagi 14-sonli qarori bilan ushbu 
muammoni hal etilishida o‟ziga xos ilmiy ahamiyatga ega bo‟lgan kimyo va texnika fanlari sohasila 
xalqaro miqyosda yangi “Tovarlarni kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash” – (02.00.22) 
ixtisosligi ochilib, ixtisosliklar nomenklaturasiga kiritildi, bu malakatimiz iqtisodiy xavfsizligini 
ta‟minlashda juda katta ahamiyatga ega bo‟lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borilishiga imkoniyatlar 
yaratdi. 
O‟z istiqloli yo‟lida shaxdam qadam tashlab borayotgan, mustaqil O‟zbekiston Respublikasida 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikat-lashtirish sohalarida muhim va salmoqli ishlar amalga 
oshirilmoqda [1;2]. 1994 yildan boshlab O‟zbekistonda savdoga chiqariladigan barcha mahsulotlarga 
muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirish yo‟lga qo‟yildi. 
O‟zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan me‟yoriy hujjatlarga binoan muvofiqlik 
sertifikatlashning asosiy maqsadlari: 
 mahsulot, jarayon va xizmatlarda fuqarolarning hayoti, sog‟ligi va xavfsizligini ta‟minlash, tashqi 
muhitni asrash, buyum (moddalar)ni bir xildagi va o‟zaro almashinuvchanligi masalalari, hamda 
iste‟molchini himoya qilish; 
 xalqaro savdoda texnikaviy to‟siqlarni bartaraf qilish, mollar (buyumlar, jarayon va xizmatlar)ni 
raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirishdan iborat. 
Sertifikatlash milliy tizimining tashkiliy tuzilishi: 
 O‟zbekiston Respublikasining sertifikatlash bo‟yicha milliy idorasi; 
 bir mahsulotni sertifikatlash bo‟yicha idoralar; 
 bir xil mahsulotni, sifat tizimini va ishlab chiqarishlarini sertifikatlash bo‟yicha akkreditlangan 
idoralar; 
 akkreditlangan sinov laboratoriyalari. 
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan sertifikatlash milliy idorasi qilib, 
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash O‟zbekiston davlat markazi – “O‟zstandart” agentligi 
belgilangan. 
O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarish 
yo‟lida “O‟zstandart” agentligining viloyat markazlari (SMSXM) tuzib, ularning ishlariga har 
taraflama ko‟mak ko‟rsatmoqda. 1993 yil 28 dekabrdan boshlab “Mahsulotlarni va xizmatlarni 
sertifikatlash to‟g‟risidagi qonun kuchga kirib, bu qonun asosida sertifikatlash va sifatini ta‟minlash 
borasidagi barcha ishlar mutlaqo yangicha ruknda yo‟lga qo‟yila boshlandi. 
Respublikadagi sinov laboratoriyalarini akkreditlash ishlari ham jadal qadamlar bilan amalga 
oshirilmoqda. Hozirga vaqtda 343 ta laboratoriya milliy sertifikatlash tizimida akreditlangan bo‟lib, bu 
mahsulot ishlab chiqarishning hamma sohasi bo‟yicha etarli darajada sinovlarni olib borish 
imkoniyatini beradi. 
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Turkiya va Xitoy davlatlari bilan standartlashtirish
sertifikatlash va metrologiya sohalarida hamkorlik qilish niyatida bitim tuzildi. O‟zbekiston 
Respublikasi MDH qatoriga kiruvchi mamlakatlar bilan standartlashtirish, sertifikatlash va 
metrologiya sohalarida bitimlar tuzgan bo‟lib, o‟zaro iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarni uzluksiz 
ravishda rivojlantirish borasida keng faoliyat yuritib kelmoqda. 
Har bir sertifikatlash faoliyatida mahsulot sinovini o‟tkazishda, sertifikat berishda va 
sertifikatlashtirilgan mahsulot sifatining nazoratini ta‟minlashda muhim tarkibiy tarkibiy qism sifatida 
akkreditlangan sinov laboratoriyalari hisoblanadi [5; 5-b]. 
Ishlab chiqaruvchining mahsuloti har doim ham belgilangan standart talablariga mos keladi degan 
tushunchadan yiroq bo‟lish lozim. Chunki, u mahsulot sifatini tekshirishda o‟zining shaxsiy tekshirish 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling