Sattarova Barnoxon Nabiyevna Farg‘ona politexnika instituti O‘zbekiston Annotatsiya


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana29.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1072377
  1   2   3   4


Maxsus son: “EKOLOGIYA VA EKOLOGIK TA'LIM MUAMMOLARI”
319
AMALIY VA TIBBIYOT FANLARI ILMIY JURNALI
Mahsulotlarni Sertifikatlash Muammolari
 
Sattarova Barnoxon Nabiyevna
 
 
Farg‘ona politexnika instituti O‘zbekiston 
Annotatsiya: 
Maqolada tovuq go‟shtini kimyoviy tarkibi bo‟yicha sertifikatlashda mahsulotdagi 
faqat suv, oqsil, yog‟ kabi moddalarning miqdorini aniqlash bilan chegaralanib qolmasdan zamonaviy 
xromato-mass-spektrometriya va boshqa sezgirligi, aniqligi va selektivligi yuqori bo‟lgan analiz 
usullarini qo‟llagan holda go‟shtdagi, oz bo‟lsada, ammo ortiqcha miqdori inson salomatligiga tahdid 
soluvchi antioksidantlar, antibiotiklar, konservantlar va boshqa kimyoviy birikmalar miqdorini 
aniqlash inson salomatligini saqlashda eng dolzarb masalalardan biri ekanligi haqida ma‟lumotlar 
keltirilgan.
 
Kalit so„zlar:
Tovuq go„shti, sertifikat, sinov laboratoriya, gigiyenik sertifikat, muvofiqlik 
sertifikati, akkreditatsiya. 
Amalda foydalanib kelinayotgan TIFTNdan foydalanishda ayrim tovarlarni, oziq-ovqat mahsulotlarini, 
ayniqsa milliy-madaniy, milliy hunarmandchilik, o‟ymakorlik, tikuvchilik, badiiy kashtachilik va 
boshqa buyumlarni tasniflashda aniq tovar pozisiyasi belgilash muammo bo‟lib, ko‟p hollarda 
“boshqalar” tovar o‟rnidan yoki o‟xshash tovarlar pozisiyasidan foydalanishga to‟g‟ri keladi. Masalan, 
ayrim tovarlar: xontaxta moychiroq, lo‟la bolishlar, milliy kiyim-kechaklarimiz (do‟ppi, chopon, 
yaktak, belbog‟, kalish-maxsi, kovush, kelin yoki kuyov kiyimlari, ayollarning va raqqosalarning 
kiyimlari, bezak va taqinchoqlari), o‟ymakorlik bilan ishlangan sandiq, jovon, xontaxta, o‟rindiqlar, 
ustunlar, qutichalar. Buxoro, Samarqand vohalarida uchraydigan o‟ziga xos zar ipdan tikilgan kiyim-
kechaklar, oltin merosimiz xazinasiga kiradigan buyumlar va boshqalarni tasniflashda ayrim 
muammolarga duch kelishimiz tabiiy xoldir. Bunday holatlarda, ayniqsa, kimyoviy tovarlarni 
tasniflashda muammolar tug‟iladiki, ular bevosita tovarlardan undiriladigan to‟lovlar bilan bog‟liq 
bo‟lib, iqtisodiy kamomadlarga sabab bo‟ladi. Ayrim mahsulotlarni tasniflashda ularning kimyoviy 
tarkibiga e‟tibor beriladi. 
O‟zbekiston neft sanoatining muhim yo‟nalishlaridan biri neftni qayta ishlash asosida olinadigan 
mahsulotlar hisoblanadi. Hududimizda qazib olinayotgan neft xomashyosi o‟zimizda to‟la qayta 
ishlanmoqda. Qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlar orasida texnik moylar ishlatilishi va o‟ziga 
xosligi jihatidan alohida ahamiyatga ega. Birgina Farg‟ona neftni qayta ishlash zavodida ishlab 
chiqarilayotgan texnik moylarning turlari 15 dan ortib ketdi. Ularning har birini alohida tasniflash 
muhim hisoblanadi. Shu zavodning o‟zidagina 54 xil mahsulot ishlab chiqarilishiga qaramay, ularga 
tovar nomenklaturasidan faqat 8 tagina pozisiya to‟g‟ri keladi. Ko‟p hollarda muayyan bir tovarga bir 
nechta tovar pozisiyasi to‟g‟ri keladi, masalan shpindel moyi yoki shpindel sovuni kelib chiqishi 
jihatdan beshinchi bo‟limning 27-guruhiga ham neft mahsuloti va qayta ishlangan mahsuloti yoki 
oltinchi bo‟limning 34-guruhiga ham sovun, surkovchi materiallar mos tushishi mumkin. Bunday 
holatlarda tovarga to‟g‟ri pozisiya berish, tovarga nisbatan to‟lovlar masalasini qanday hal qilinishini 
belgilaydi. 
Yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun O‟zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat tovar 
nomenklaturasini tuzish va ma‟lum tadqiqotlar majmuasini olib borishni taqazo etadi. O‟zbekiston 

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling