Saudiya arabistoni podshohligining fors ko’rfazi mintaqasidagi tashqi siyosati xusnitdinov Dilshod tdshu talabasi Annotatsiya


Download 28.01 Kb.
bet1/3
Sana15.11.2023
Hajmi28.01 Kb.
#1774183
  1   2   3
Bog'liq
1.Maqola.


SAUDIYA ARABISTONI PODSHOHLIGINING FORS KO’RFAZI MINTAQASIDAGI TASHQI SIYOSATI
Xusnitdinov Dilshod
TDSHU talabasi
Annotatsiya: Saudiya Arabistoni Podshohligining Fors ko’rfazidagi geografik joylashuvi va strategik mavqei unga bu mintaqada keng ko’lamli tashqi siyosat yuritishiga imkon beradi. Aynan shu jihatdan podshohlik ko’rfaz mamlakatlarining mintaqviy darajadagi va xalqaro miqyosdagi tashqi munosabatlarida yetakchi bo’g’in bo’lishga intilib keladi. Saudiya Arabistonining Fors ko’rfazi mintaqasidagi tashqi siyosati yo’nalishlari va o’ziga xos xususiyatlari ushbu maqolada SWOT(strength, weakness, opportunity, threats) tahlili asosida yoritiladi.
Tayanch so’z va iboralar: Fors ko’rfazi, yalpi xavfsizlik, islom inqilobi, energetika resurslari, saudlar oilasi, Yaqin Sharq, FKADHK
Ko’p yillardan buyon Fors ko’rfazi mintaqasida o’zining harbiy-siyosiy mavqei hamda iqtisodiy barqarorligi tufayli mintaqada gegemonlikka intilib kelayotgan Saudiya Arabistoni Podshohligi1 neftdan kelgan yirik moliyaviy quvvati, saudlar oilasining Islom olamidagi obro’si hamda Islom dinining muqaddas shaharlari bo’lmish Makka va Madinani muhofaza etishi orqali o’zini arab va musulmon olami yetakchisi va Yaqin Sharq bo’ylab mamlakatlarni o’zaro jipslashtiruvchi sifatida tasvirlab keladi. Shu bilan birga, podshohlikning mintaqada sodir bo’lgan bir nechalab to’qnashuv va urushlar mobaynida nafaqat qo’shni arab davlatlari, balki ba’zi hollarda o’zining xavfsizligini to’la qonli ta’minlay olmaganligi boshqa yetakchilikka intilayotgan yirik musulmon davlatlari, xususan, Eronning tanqidlariga sabab bo’ldi. Bunda xavfsizlik masalarida AQSH ga tayangan SAP ayni paytda Qo’shma Shtatlarga bu mintaqada o’z ta’sir doirasini kengaytirishiga

1 – Saudiya Arabistoni Podshohligi keyingi jumlalarda SAP ko’rinishida keladi


va hal qiluvchi rolni o’ynashiga qisman imkon berdi. Saudiya Arabistoni


Podshohligining Fors ko’rfazida olib borayotgan siyosati va uning boshqa
mintaqa davlatlariga ta’siri mazkur maqolada SWOT tahlili asosida ochib beriladi, bunda bu davlatning geostrategik va boshqa jihatlarga ko’ra kuchli va kuchsiz tomonlari, hozirda va yaqin kelajakda mavjud bo’lishi mumkim bo’lgan potensial imkoniyatlari va unga tahdidlar e'tiborga olinadi.

Download 28.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling