Savalorga javob Quyosh sistemasi


Download 20.31 Kb.
Sana23.10.2020
Hajmi20.31 Kb.
#135889
Bog'liq
1-topshiriq


Savalorga javob

  1. Quyosh sistemasi - Quyoshning gravitatsion taʼsir maydoni ichida harakatlanuvchi osmon jismlari Quyosh, sayyoralar, sayyoralarning yoʻldoshlari, kichik sayyoralar, kome-talar, kosmik changlar majmuidir

  2. Meteorid-«Meteorit» so‘zi yunonchadan olingan bo‘lib «havoga ko‘tarilgan» tarjimasini beradi. Roskosmosning koinot atamalari lug‘atiga ko‘ra, meteorit – bu koinotdan yerga qulagan jismning – meteoroidning  atmosferada oxirigacha yonib ketmagan qoldig‘idir.

Meteor-«Meteor» so‘zi ham, «meteorit» so‘zi ham yunoncha bir xil ma’noga ega –«havoda muallaq turuvchi» yoki «havoga ko‘tarilgan». Ayrimlar bu so‘zlarni sinonim deb hisoblashadi, lekin bu noto‘g‘ri. Meteor yerga qulagan fazoviy jism ma’nosini emas, balki mayda meteoroidlarning atmosferada alangalanishi, ya’ni hodisaning o‘zini anglatadi.

Asteroid-«Asteroid» atamasi qadimiy yunon tilidan «yulduzlar kabi» ma’nosini anglatadi, 2006 yildan so‘ng u keng ommalashdi va «mitti sayyora» tushunchasining o‘rnini egalladi. Quyosh orbitasida aylanuvchi nisbatan kichik bo‘lgan osmon jismlari Asteroidlar deb ataladi. Odatda ular bir xil shaklga ega emaslar, ularning diametri esa 1500 km.dan oshmaydi. Shu bilan birga asteroidning minimal diametri 30 m.dan kam bo‘lmasligi kerak: kichik hajmdagi osmon jismlari meteoroidlar deb ataladi.  Hajm va og‘irlik jihatidan asteroidlar Quyosh sistemasidagi sayyoralardan ancha kichik bo‘lishadi, shuningdek ularda o‘zlarining atmosferasi mavjud emas, ammo ularda yo‘ldoshlar bo‘lishi mumkin.

Kometa-Nomlanishi qadimiy yunonchadan «yungli», «sermuy» ma’nosini beradi. Asteroidlar kabi kometalar ham Quyosh atrofida aylanishadi, biroq ular qattiq cho‘zilgan konus shakliga ega. Asteroiddan yana bir farqi shundaki, kometa Quyoshga yaqinlashgan sari boshga o‘xshash  (chang va gazdan iborat) bulut   va dum (shuningdek chang va gazdan iborat) hosil qiladi. Kometalar kichik yadrodan – kichik muzli jismdan hosil bo‘ladi, ularning o‘lchami bir necha o‘n kilometrgacha yetishi mumkin.

  1. ----

  2. Erning shakli  va uning o’lchamlari 

Yer  Quyosh  tizimidagi  uchinchi  sayyoradir.  U  Venera  va  Mars  sayyoralari 

oralig’ida  joylashgan.  Yerdan  Quyoshgacha  bo’lgan  o’rtacha  masofa  149,6 

mln.km. Mazkur  masofa  astronomik  birlik  sifatida qabul  qilingan. Yerning  orbita 

bo’ylab  o’rtacha  harakat  tezligi  sekundiga  29,8  km.ni  tashkil  qiladi.  Yer 

orbitasining  uzunligi  940  mln.km.  Yer  o’z  o’qi  atrofida  23,43  soatda  bir  martda 

aylanib chiqadi. 



Meridyan uzunligi - 40008,550 km.

Ekvator uzunligi - 40075,696 km.

Yer yozasining maydoni- 510083000 km

Yerning hajmi - 1,083 x 1012 km

Yer yozasining 71%-ni okeanlar va 29%-ni quruqlik tashkil qiladi.

  1. Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi Yer o’z o’qi atrofida aylanadi. Uning bu aylanishi yer yuzining ko’p hodisalarida o’z aksini topgan. Masalan, passatlar (Yer har ikki yarim sharning tropik oblastlarida ekvator tomonga esuvchi shamollar) Yerning g’arbdan sharq tomonga aylanishi natijasida shimoliy yarim sharda, shimoliy sharq tomondan, janubiy yarim sharda esa janubiy sharq tomondan esadi. Siklon janubdan shimolga esayotgan bo’lsa uning esish yo’nalishi sharqga tomonga og’adi va hokazolar.

YERNING QUYOSH ATROFIDA AYLANISHI Quyosh bilan Yer o’rtasidagi masofa doimo o’zgarib turadi. Ular o’rtasidagi eng qisqa masofa (perigeliy) 3-yanvarda 147 mln. km. bo’ladi. Ular o’rtasidagi eng uzun masofa esa (afeliy) 5-iyunda 152 mln.km. bo’ladi. Yer orbitasining uzunligi 940 mln.km. Bu masofani yer soatiga 107 ming km. yoki sekundiga 29,8 km. tezlikda bosib o’tadi. Afeliyda ya’ni yer Quyoshdan uzoqlashganda uning tezligi ka-mayadi va sekundiga 29,3 km.ni tashkil qiladi. Perigeliyda, ya’ni Yer Quyoshga yaqinlashganda uning tezligi ortadi va sekundi-ga 30,3 km. ni tashkil qiladi. Shuning uchun shimoliy yarim sharda qish qisqaroq yoz esa uzunroq. Yer o’qi orbita tekisligiga og’gan. Yer o’qi orbita tekisligi bilan 66°33’ burchak hosil qiladi, ya’ni Yer o’qining og’ish burchagi 66°33’. Harakat davomida Yer o’qi ilgarilama shaklda siljiydi va or-bitada 4ta o’ziga xos nuqta hosil bo’ladi.
Download 20.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling