Savatda ta nok va ta banan bor. Savatdan bitta mevani necha xil usulda tanlab olish mumkin? 2


Download 13.89 Kb.
Sana14.10.2023
Hajmi13.89 Kb.
#1701842
Bog'liq
Kambinatorika


1. Savatda 5 ta nok va 8 ta banan bor. Savatdan bitta mevani necha xil usulda tanlab olish mumkin?
2. Kitob javonida 4 ta ilmiy va 7 ta badiiy kitob bor. Javondan bitta kitobni necha xil usulda tanlab olish mumkin?
3. Kitob javonida matematikadfan 6 ta, chet tilidanm 8 ta va ona tilidan 5 ta kitob turibdi. Javondan bitta kitobni necha xil usulda tanlab olish mumkin?
4. Savatda 4 ta anor, 5 ta nok va 6 ta olma bor. Savatdan bitta mevani necha xil usulda olish mumkin?
5. “matbuot tarqatuvchi “ do’konida 6 xil konvert va 7 xil marka sotilmoqda. 1 ta konvert va 1 ta markani necha xil usulda olish mumkin?
6. Sinfda 15 ta o’g’il bola va 12 ta qiz bola o’qiydi. 1 ta o’g’il va 1ta qiz bolani necha usulda tanlash mumkin?
7. Birinchi o’quvchida matematikagaoid 7 ta kitob, ikkinchi o’quvchida esa 9 ta badiiy kitob bor. Ular necha xil usul bilan birining bitta kitobini ikkinchisining bitta kitobiga almashtirishi mukin?
8. Birinchi o’quvchida matematikagaoid 8 ta kitob, ikkinchi o’quvchida esa 5 ta badiiy kitob bor. Ular necha xil usul bilan birining bitta kitobini ikkinchisining bitta kitobiga almashtirishi mukin?
9. 12 ta oq, 4 ta qizil va 2 ta sariq natirgul bor. Uchta har xil guldan iborat guldastani necha xil usulda tanlash mumkin?
10. Do’konda 12 xil kuylak, 2 xil shim va 3 xil galstuk sotilmoqda. Ko’ylar, shim galstukdan iborat uchlikni (to’plamni) necha xil usul bilan sotib olsa bo’ladi?
11. 5 ta savolga “ha” yoki “yo’q” deb necha xil usulda javob berish mumkin?
12. 10 ta savolga “ha” yoki “yo’q” deb necha xil usulda javob berish mumkin?
13. A shahardan B shahargacha 4 ta, B shardan C shaharga esa 5 ta yo’l orqali borish mumkin. Agar A shahardan C shaharga B shahar orqali borish kerak bo’lsa, buni necha xil usulda amalga oshirish mumkin?
14. A shahardan B shahargacha 3 ta, B shardan C shaharga esa 6 ta yo’l orqali borish mumkin. Agar A shahardan C shaharga B shahar orqali borish kerak bo’lsa, buni necha xil usulda amalga oshirish mumkin?
15. A shahardan B shaharga 7 ta yo’l orqali borish mumkin. A dan B ga borib kelishni necha xil usulda amalga oshirish mumkin?
16. A shahardan B shaharga 8 ta yo’l orqali borish mumkin. A dan B ga borib kelishni necha xil usulda amalga oshirish mumkin?
17. Tepalikdagi buloqqa 7 ta yo’l olib boradi.
Borgan yo’ldan qaytmaslik sharti bilan buloqqa necha xil usulda chiqib tushish mumkin?
18. Tepalikdagi buloqqa 6 ta yo’l olib boradi. Borgan yo’ldan qaytmaslik sharti bilan buloqqa necha xil usulda chiqib tushish mumkin?
19. A shahardan B shaharga yengil mashina orqali 6 ta, velosiped orqali 3 ta yo’ldan borishi mumkin (yengil mashina va velosiped yo’llari har xil). Yo’lovchi necha xil usulda har xil transportlar orqali A dan B ga borib kelishi mumkin?
20. A shahardan B shaharga yengil mashina orqali 5 ta, velosiped orqali 4 ta yo’ldan borishi mumkin (yengil mashina va velosiped yo’llari har xil). Yo’lovchi necha xil usulda har xil transportlar orqali A dan B ga borib kelishi mumkin?
21. 3, 4, 5, 6, 7, raqamlari yordamida ularni takrorlamasdan nechta ikki xonali son yozish mumkin?
22. 2, 3, 1, 8, 9, raqamlari yordamida ularni takrorlamasdan nechta uch xonali son yozish mumkin?
23. 0, 4, 5, 6, 9, 8 raqamlari yordamida ularni takrorlamasdan nechta uch xonali son yozish mumkin?
24. 0, 7, 5, 2, 1, 9 raqamlari yordamida ularni takrorlamasdan nechta to’rt xonali son yozish mumkin?
25. 0, 3, 5, 6, 7 raqamalari ishtirok etmagan turli raqamli to’rt xonali sonlar nechta?
26. 4, 5, 8, 9, 3 raqamalari ishtirok etmagan turli raqamli to’rt xonali sonlar nechta?
27. 2, 3, 4, 5 raqamlari orqali nechta uch xonali son yozish mumkin?
28. 5, 7, 8, 0 raqamlari orqali nechta uch xonali son yozish mumkin?
29. 1, 7, 8, 9 raqamlari orqali nechta to’rt xonali son yozish mumkin?
30. 0, 4, 5, 6 raqamlari orqali nechta to’rt xonali son yozish mumkin?
31. 3, 4, 5, 6, 7, 8 raqamalari ishtirok etmagan uch xonali sonlar nechta?
32. 9, 8, 7, 6, 5 raqamalari ishtirok etmagan uch xonali sonlar nechta?
33. Turli raqamli ikki xonali sonlar nechta?
34. Turli raqamli uch xonali sonlar nechta?
35. Turli raqamli to’rt xonali sonlar nechta?
36. Turli raqamli besh xonali sonlar nechta?
37. Barcha raqamlari toq bolgan uch xonali sonlar nechta?
38. Barcha raqamlari juft bo’lgan uch xonali sonlar nechta?
39. Barcha raqamlari toq bo’lgan to’rt xonali sonlar nechta?
40. Barcha raqamlari juft bo’lgan besh xonali sonlar nechta?
41. Ilyosning 3 ta qizil rangli, 4 ta qora rangli, 2 ta yashil rangli qalamlari bor. U ikkita turli rangdagi qalamlarni necha xil usulda tanlab olishi mukin?

Download 13.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling