Savdo iqtisodiyotining usullari


Download 16.89 Kb.
bet1/2
Sana24.11.2023
Hajmi16.89 Kb.
#1796624
  1   2
Bog'liq
Jahon 1


Savdo iqtisodiyotining usullari

Reja:
1.Savdoning mohiyati, funksiyalari.


2.Savdoning ijtimoiy shakllari, tashkiliy iqtisodiy tasnifi.
3.Savdoni iqtisodiyotda tutgan o‘rni.

1.Savdoning mohiyati, funksiyalari.
Savdoning kelib chiqishi ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida tovar ishlab chiqarishni va tovar muomalasi, ayriboshlashni vujudga kelishi bilan bog‘liq. Tarixan savdoni foyda olish maqsadida moddiy boyliklarni qayta s ,otish uchun sotib olish deb tushunilgan.
Savdo jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin:
P – T - P 1 … T – P1…
Savdoni tovar ayriboshlashni shakli (formasi) nuqtai nazardan qaralsa, savdoning vazifasi makon va zamon jihatidan bir – biridan ajralib turgan ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi aloqani bog‘lashdan iborat bo‘lgan. Savdo mustaqil ijtimoiy – iqtisodiy funksiya bajarib, boshqa iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik tarmoqlari qatori uning faoliyatida ham mulkdor (mulk egasi), yollangan xizmatchilar, mehnat, tadbirkorlik, foyda kabilar o‘z aksini tarixan topgan
Savdo ishlab chiqarishning biridan ikkinchisiga, ikkinchisidan uchinchisiga va ishlab chiqaruvchi qo‘lidan iste’molchi qo‘liga mahsulotlarni yetkazish vazifasini bajargan. Savdo jarayonida mahsulotlar tovarga aylanadi. Chunki tovar sotish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotlardir.
Mahsulot biron – bir ehtiyojni qondirmasa, ya’ni uni iste’mol qiymati zaruriyat topmasa, uning qiymati qoplanmaydi va uni ishlab chiqaruvchi inqirozga uchrashi ehtimoldan uzoq bo‘lmaydi.
Savdoni shakllanishi insoniyat taraqqiyoti tarixi bilan chambarchas bog‘liq. Ibtidoiy jamiyatda alohida qabilalar ehtiyojidan kelib chiqib mahsulotlari bilan ayriboshlashgan. Bir vaqtlar tuz pul rolini o‘ynagan. qaysi qabilani tuzi bo‘lsa, o‘shalar bilan barcha qolganlar mahsulotini ayriboshlashga qiziqqan.
Savdoni rivojlanishida tilni bilish katta ahamiyat tutganligi sababli qadimda bir – birini tilini bilmaganlar uchun, so‘zlashmay mahsulot almashtirish vujudga kelgan.
Boshqa yurt yoki eldan kelganlar mahsulotini dengiz bo‘yiga qo‘yib uzoqda kutgan, yerliklar keyin kelib mahsulot yoniga oltin qo‘yib ketib, qarab turishgan, agar ma’qul bo‘lsa, mahsulotni qoldirib, oltinni olib ketgan yoki yana yuqoridagi jarayonida biz tashqi savdoni birlamchi bo‘lib, vujudga kelishini ko‘ramiz.
Bunga o‘rta asrlardagi arablarning karvon savdosi tipik misol bo‘lishi mumkin (Buyuk ipak yo‘li, birjalar). Birjalarni olsak, tarixdan pul, tovar, fond birjalari vujudga kelgan. Birja deganda doimiy ishlab turuvchi (har kuni), o‘xshash turlar bo‘lgan tovarlar bozoriga tushuniladi.
Tovarlar birligi keltirilmaydi, ularni etaloni namoyish qilinadi.
Masalan XVII asr Amsterdam aksiya birjasi, Liverpul paxta birjasi, Lipseg kitob birjasi, Praga shakar birjasi, Praga shakar birjasi Nyu – York kerosin, paxta, ko‘mir, temir birjalari. Shunday qilib, savdo tarixdan ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar aloqalarini qondirishga katta hissa qo‘shgan. Ular yo‘l aloqalarini takomillashtirish va pul – kredit munosabatlarini rivojlantirishga ham o‘z hissasini qo‘shgan. Yuqorida keltirilgan misollardan kelib chiqsak, ichki va tashqi savdo rivojlanishi jarayonida birlamchi o‘rin ulgurji savdoga taaluqli. Ikkilamchi bo‘lib chakana savdo boshlangan. Savdoga qanday ta’rif berish mumkin? Buning uchun savdoning qanday xususiyatlari borligini aniqlab olish kerak. Savdoning xususiyatlari: 1. savdo – bu tovar ayriboshlash, oldi – sotdini shakli; 2. savdo – bu tovarlarni ishlab chiqaruvchilardan shaxsiy iste’molchilarga yetkazish; 3. savdo – bu tovarlarni qishloqdan – qishloqqa, shahardan – shaharga, hududdan – hududga, davlatdan – davlatga yetkazib berish jarayonidir; 4. savdo – sotuvchi bilan sotib oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir; 5. savdo – iqtisodiyotning (xalq xo‘jaligining) xo‘jalik yurituvchi sub’ekti, tarmog‘i; 6. savdo – bozor elementlari (taklif, talab va baho) namoyon bo‘ladigan jarayon. 7. savdo – xizmatning alohida turi bo‘lib u bir tomondan ishlab chiqaruvchilarga xizmat qiladi, ikkinchi tomondan iste’molchilarga, uchunchi tomondan Davlatga xizmat qiladi va to‘rtinchidan u boshqa iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga ham xizmat ko‘rsatadi,ularni xizmatlaridan iste’molchi sifatida foydalanadi va ular bilan aloqada bo‘ladi. Savdo – birinchidan, tovarlarni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik aloqalar va tovar ayriboshlash jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni anglatadi; - ikkinchidan, iqtisodiyot tarmog‘i sifatida ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida mustaqillashgan savdo korxonalari majmuasidir. Savdoning mohiyati (ta’rifi)dan kelib chiqib, uning bajaradigan funksiyalarini aniqlash zarur. Savdo – o‘z mohiyatidan kelib chiqib quyidagi ijtimoiy – iqtisodiy funksiyalarni bajaradi: Birinchidan, tovar ayriboshlash shakli sifatida tovarlar qiymatini ayriboshlash; Ikkinchidan, iqtisodiyot tarmog‘i sifatida tovarlarni ishlab chiqishdan iste’molchilarga yetkazish. Birinchi funksiya natijasida tovarlarni qiymati sotiladi, unga sarf qilingan ijtimoiy mehnat qoplanadi va qo‘shimcha qiymat vujudga keladi. Ikkinchi funksiya natijasida tovarlarni iste’mol qiymati iste’molchilarga yetkaziladi, iste’molchilar tomonidan tan olinadi, sotiladi va mulk shakli o‘zgaradi. Amaliy nuqtai nazardan iste’mol tovarlarini taqsimoti tugaydi. Savdo ijtimoiy – iqtisodiy funksiyalarni bajarish bilan bir qatorda tashkiliy – iqtisodiy, texnik – texnologik funksiyalarni ham bajaradi. Tashkiliy – iqtisodiy funksiyalar: 1. Taklifni imkoniyatlarini o‘rganish; 2. Talab va ehtiyojni o‘rganish; 3. Bahoni shakllantirish; 4. Tovarlar reklamasini tashkil qilish; 5. Shartnomalar tuzish va buyurtmalar berish; 6. Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish.


Download 16.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling