Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar qanday guruhlarga bo‘linadi?
#an’anaviy va matematik
Iqtisodiy tahlil fanining predmeti nimaga asoslanadi?
#korxonani xo‘jalik faoliyatiga
Iqtisodiy tahlil sanoat korxonalarini boshqarish tizimida ...... bosqichni egallaydi?
#oraliq
Iqtisodiy tahlilga oid birinchi o‘zbekcha asar nechanchi yilda yozilgan
#1978 yilda
Iqtisodiyot sub’ektlarni tashqi iqtisodiy faoliyatini tahlil etishda taqqoslanuvchi qanday ko‘rsatkichlardan foydalanishimiz mumkin?
#eksport hajmi, import hajmi
Ish haqini nisbiy farqi qanday aniqlanadi?
#hisobot davrida sarflangan ish haqi bazis davridagi ish haqi fondini mahsulot ishlab chiqarish indeksiga ko‘paytmasidan hosil bo‘lgan ko‘rsatkich bilan taqqoslash orqali aniqlanadi
Ish kuni davomiyligi ko‘rsatkichiga qanday omillar ta’sir etadi?
#jami ishlangan kishi – kunlari, kishi – soatlari
Ish kuni davomiyligi qanday aniqlanadi?
#jami ishlangan kishi–soatlari / jami ishlangan kishi-kunlari
Ishchilarning yillik ish haqi fondiga qanday omillar ta’sir etadi?
#mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ishchilarni nisbiy farqi, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik ish haqi
Ishlab chiqarish fondlari bo‘yicha rentabellik qanday aniqlanadi?
#(foyda x 100) / (asosiy vositalar + aylanma mablag‘lar)
Ishlab chiqarish maromi...?
#grafik asosida bir maromda mahsulot ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish maromiyligini baholashda qo‘llaniladigan egri ko‘rsatkichlarga nimalar kiradi?
#brakdan yo‘qotishlar, shartnoma buzilishi tufayli to‘langan jarimalar
Istiqbolli tahlil deganda nimani tushunasiz?
#kelgusi davr uchun o‘tkaziladigan tahlilni
Jami aktivlarni aylanish koeffitsienti qanday aniqlanadi?
#mahsulotlar sotishdan tushgan sof tushum / aylanma mablag‘larning o‘rtacha yillik qiymati
Joriy tahlil deganda nimani tushunasiz?
#oy, chorak va yil yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan tahlilni
Do'stlaringiz bilan baham: |