FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA FAKULTETI BOSHLANG’ICH TA’LIM YO’NALISHI II KURS 21/33 B-GURUH TALABASI TOSHTEMIROVA SHAHNOZANING ONA TILI O’QITISH METODIKASI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISH TAQDIMOTI. Boshlang'ich ta'limda yaratilgan barcha "Alifbe"ni qiyosiy-tanqidiy tahlili. Reja: 1.Savod o‘rgatish jarayoni va uning davrlari. 2.Alifbogacha tayyorgarlik davri va bu davrda beriladigan bilimlar. 3.Alifbo davri, bu davrning maqsadi va vazifalari. 4.Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish. 5.Savod o‘rgatish o‘qish darslarining turlari va tuzilishi. 6.Savod o‘rgatish davrida nutq o‘stirish usullari. Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o’rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo’linadi: a) alifbogacha tayyorgarlik davri (1 hafta); b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi). Alifbogacha tayyorgarlik davri Bu davrning asosiy vazifasi o’quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o’quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o’stirishga oid mashqlar o’tkazib, fonematik eshitishni o’stirishdan iboratdir.
Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o’quvchilarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga “Alifbe”da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o’zlari bilgan she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo’shiqlar, latifalardan ayttiriladi.
Bu bosqichda o’quvchilarga og‘zaki va yozma nutq haqida, gap, so’z, bo’g‘in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so’zlardan tuzilishi, so’zlarning bo’g‘inlarga bo’linishi, bo’g‘inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o’rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko’nikmalari hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |