Savod o’rgatish mashqlarini tashkil etish usullari


Download 95 Kb.
bet1/4
Sana27.06.2023
Hajmi95 Kb.
#1657169
  1   2   3   4
Bog'liq
Savod o’rgatish mashqlarini tashkil etish usullari21


Savod o’rgatish mashqlarini tashkil etish usullari

Reja




1.Kirish: a) mashg‘ulotning maqsadi;
b)sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari (STO‘M) ning maqsad va vazifalari.
2.STO‘M ga qo‘yilgan dastur talablari.
3.STO‘M ni tashkil etish usullari.
4.STO‘M qo‘llanmalari va badiiy adabiyotlar tahlili.
5.Sinf, maktab va oila kutubxonalaridan foydalanish.

Kirish
Birinchi prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov boshlang‘ich sinflarda “bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadi”(1; 7-b), deb juda to‘g‘ri fikr aytib o‘tganlar. O‘quvchining bu xususiyatlarining paydo bo‘lib, rivojlanishida sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarining ahamiyati katta.
“O‘qish” fani ikki qismga - ,,Sinfda o‘qish” va ,,Sinfdan tashqari o‘qish” ga bo‘linadi. Boshlang‘ich sinflarda STO‘M ga o‘quvchilarni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida, axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sufatida qaraladi. ,,STO‘ ning maqsadi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og‘zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tarkib toptirish” (2;78-b)
STO‘ dasturining mazmuniga ko‘ra ta’limning har bir bosqichida ikki asosiy bo‘lim ajratiladi. Birinchi bosqichda o‘qish doirasi, ya’ni o‘qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o‘qish bilan tanishtirish yuzasidan o‘quvchilarga ko‘rsatma beriladi. Ikkinchi bosqichda shu o‘quv materiallari asosida bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi.
1-sinfda STO‘ mashg‘ulotlarida savod o‘rgatish darslarida hosil qilingan ko‘nikma va malakalar asosida bolalarning ona Vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvur-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi.
2-sinfda o‘quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o‘qituvchining topshirig‘i va yordami asosida mustaqil o‘qishga o‘tadilar.
3- va 4-sinflarda sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning mustaqil o‘qishlari uchun kishilarning hayoti yorqin tasvirlangan, ularning ma’naviy-axloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi.
Jumladan, o‘quv materiali sifati sarguzashtlarga boy asarlar, ona tabiat saxovati, kishilarning o‘zaro mehr-muruvvati tarannum etilgan, buyuk ajdodlarimizning olamshumul faoliyatlari ko‘rsatilgan axloqiy-ma’rifiy hikoyalar, tarixiy rivoyatlar, istiqlol to‘g‘risidagi ilmiy-ommabop maqolalar bilan tanishishga ahamiyat beriladi.
O‘quvchilarning bolalar kitobi, gazetasi va jurnallari bilan mustaqil ishlashga sinf va maktab kutubxonasi bilan hamkorlikni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish STO‘M ning samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Birinchi sinf o‘quvchilarining kitob bilan mustaqil faoliyatini shakllantirish uchun sinf kutubxonasida hafta davomida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etib boriladi.
Ikkinchi sinfda esa kitoblar ko‘rgazmasi mavzular asosida tashkil etiladi. Masalan, Vatan, istiqlol, tabiat, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar, buyuk ajdodlarimizning qahramonona jasoratlari kabi mavzular shular jumlasidandir. Bunday kitob ko‘rgazmalari hamda tavsiya etilayotgan kitoblar ro‘yxati o‘quvchilar saviyalariga mos asarlarni tanlab o‘qishlariga yordam berishi kerak.
Uchinchi sinf kitoblar ko‘rgazmasida kitoblar mualliflariga qarab tartiblanadi. Masalan, Q.Muhammadiy, P.Mo‘min, G‘. G‘ulom, Z.Diyor, A.Obidjon, S.Barnoyev, T.Adashboyev asarlari kabi. Shuningdek, tavsiya etiladigan kitoblar ro‘yxati va kitob ustida mustaqil ishlash uchun mavzular bo‘yicha kartotekalar mavjud bo‘ladi.
To‘rtinchi sinfda sinf va maktab kutubxonasidagi mavjud badiiy, tarixiy, ilmiy-ommabop kitoblar, bolalar gazetasi va jurnallarida bosilgan, o‘quvchilar o‘qishi uchun tavsiya etilgan maqolalarning “Nimani o‘qishim kerak?” sarlavhali katalogini (mavzusi yoki muallifi bir xil kitoblar va maqolalarning ma’lum tartibda tuzilgan ro‘yxati) tuzish tavsiya etiladi.
Ikkinchi sinfdan boshlab o‘quvchilarni shahar va tuman kutubxonalari bilan tanishtirish, sayohatlar uyushtirish tavsiya qilinadi. 3 - 4- sinflarda kitobxon o‘quvchilarni tarbiyalashga, ularning kutubxonalardan mustaqil foydalanishlariga yordam beradigan adabiy ertaliklar, badiiy o‘qish kabi tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutiladi.
Sinfda va sinfdan tashqari o‘qish boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan barcha fan dasturlarining bo‘limlari bilan bevosita bog‘liq. O‘z navbatida, grammatika va to‘g‘ri yozuv, tabiatshunoslik (atrofimizdagi olam), tasviriy san’at va musiqani o‘rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko‘nikmalar o‘qish darslari va STO‘M da foydalaniladi.
STO‘M 1-sinfda o‘quv yilining boshidan, ya’ni sentabr oyining birinchi haftasidan haftada bir marta savod o‘rgatish davri “O‘qishga o‘rgatish” darslarining 20 daqiqasida tashkil etib boriladi. 1-sinfda STO‘M ning maqsadi o‘quvchilarda “kitobga mehr uyg‘otish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir”(2; 93-b)
Aksariyat o‘qituvchlarimiz STO‘M ning dastur talablari hamda metodikasini yaxshi o‘rganmaganliklari bois, 1-sinfda bu mashg‘ulotlarni ikkinchi yarimyillikdan boshlab o‘tadilar. Emishki, birinchi yarimyillikda o‘quvchilar hali o‘qishni bilmaydilar, mustaqil kitob bilan ishlay olmaydilar. Ha, to‘g‘ri, o‘qishni bilmaydilar, lekin STO‘M metodikasi (3; 4-b) da ta’kidlanishicha, 1-sinfning birinchi yarimyilligida o‘quvchilarga ularning oila a’zolari o‘qib beradilar. Ana shundan so‘ng, o‘quvchi mashg‘ulot davomida oila a’zolari tomonidan o‘qib berilgan badiiy kitobchaning mazmunini, rasmlari ko‘magida so‘zlab berishi ko‘zda tutiladi.
O‘qituvchilarimizning eng katta kamchiliklari STO‘M da o‘zlari hamda o‘quvchilarning badiiy matnlarni sinfda o‘qishlaridir. Afsuski, bu mashg‘ulotlarda sinfda o‘qilmaydi ham, o‘qitilmaydi ham. Bundan tashqari, mashg‘ulot davomida yangi mavzu ham o‘tilmaydi. Dars emas mashg‘ulot o‘tiladi. Mashg‘ulot davomida (so‘z 1-sinf to‘g‘risida ketmoqda), ya’ni 20 daqiqa ichida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-STO‘M ga mo‘ljallab nashr etilgan “Kitobim-oftobim” qo‘llanmasidan oila a’zolari ko‘magida so‘zlab berishga tayyorlab kelingan badiiy kitobchalar 3–4 o‘quvchidan so‘raladi va xulosa chiqariladi. Bunga 7-8 daqiqa ajratish tavsiya qilinadi;
-sinf, maktab va oila kutubxonalaridan olinib, hikoya qilib berishga tayyorlab kelingan badiiy matnlar muhokama qilinadi. Bu qismga ham 7-8 daqiqa belgilash mumkin;
-yangi badiiy adabiyot bilan tanishtiriladi (2; 101-b), bunga 3 daqiqa vaqt sarflanishi ko‘zda tutiladi;
-xulosalash, ballash va uyga vazifa berish (2 daqiqa).
1-sinf STO‘M ning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, bu mashg‘ulotlar savod o‘rgatish davri o‘qishga o‘rgatish darslarining ikkinchi yarmida o‘tkaziladi, ya’ni bu mashg‘ulotga to‘liq bir soat ajratilmaydi. Buning uchun, o‘qituvchi bir soat dars davomida ikkita tadbir, ya’ni “Alifbe” darsligi bo‘yicha “O‘qishga o‘rgatish” darsini (25 daqiqa) hamda “Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotini” (20 daqiqa) tashkil etishi talab etiladi. Demak, ikkita ishlanma (konspekt) tuziladi.
Boshlang‘ich ta’limning 1-sinfida jami 33 marta 20 daqiqali STO‘M tashkil etiladi. Buni to‘liq dars soatiga aylantirsak, 14,6 soatni tashkil qiladi.
2-, 3-, 4- sinflarda STO‘M ga bir xil – 17 soatdan vaqt dastur bo‘yicha ajratilgan. Agarda, bir o‘quv yilimizda bu sinflarda 34 hafta mavjud-ligini hamda o‘quvchlarning yil davomida muntazam sinfdan tashqari mustaqil badiiy kitoblar o‘qib borishlarini ta’minlashni e’tiborga oladigan bo‘lsak, STO‘M ni ikki haftada bir maratoba tashkil etib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ba’zi olimlarimiz STO‘M ni “O‘qish” darsligida berilgan har bir bo‘limdan so‘ng o‘tkazish lozim degan fikrni oldinga surishadi. Bir guruh metodistlar reyting tizimidagi har bir MSTI (majburiy standart tekshiruv ishlari) dan keyin amalga oshirish kerak, deb yana bir tavsiyani o‘rtaga tashlamoqdalar.
Afsuski, bu ikkala qarash, tartib ham dastur talablarini o‘quvchi-lar tomonidan ham, o‘qituvchi tomonidan ham bajarilishiga to‘liq imkon bermaydi. Chunki, birinchi fikrni olib qaraydigan bo‘lsak, “O‘qish” darsliklarida (2-4-sinflar) 10-12 bo‘lim mavjud. Bularning har biridan keyin bitta STO‘M qo‘yadigan bo‘lsak, jami 17 mashg‘ulotning 5-7 tasi ortib qoladi yoki bir bo‘limning ichida 2 ta STO‘M belgilashga to‘g‘ri keladi. Bu esa ta’limdagi, bizning misolda, “O‘qish” fanidagi uzviylikni ta’minlashga xalaqit beradi. Ayniqsa, STO‘M MSTI lardan keyin o‘tkaziladigan bo‘lsa, unda bu salbiy holat yanada kuchayadi (taqqoslang: 4; 35-62-b.). Shuning uchun, STO‘M ni ikki haftada bir marta qat’iy jadval, reja asosida o‘tkazishni tavsiya qilamiz.
2-, 3-, 4-sinflarda STO‘M yuqorida 1- sinf uchun sanab o‘tilgan mashg‘ulot qismlaridan foydalangan holda tashkil etiladi. Faqat, bu sinflarda STO‘M to‘liq 1soat olib borilishi bois, mashg‘ulotning har bir qismiga ajratilgan vaqt o‘zgaradi va quyidagicha belgilanishi mumkin:
-“Kitobim-oftobim” yoki “Sirli xazina” nomli STO‘M ga mo‘ljallangan qo‘llanmalardan har bir mashg‘ulot uchun berilgan matnlarni tahlil qilishga 20 daqiqa;
-sinf, maktab va oila kutubxonalaridan o‘qilgan badiiy adabiyotlar muhokamasiga 18 daqiqa;
- yangi badiiy adabiyot bilan tanishtirish qismiga 5 daqiqa;
- xulosalash, ballash va uyga vazifa berishga 2 daqiqa.
STO‘M ning har bir qismi ta’limning eng yangi, noan’naviy usullaridan foydalanib o‘tkazilishi mumkin. Masalan, “topshiriqlar to‘plamlari (paketlar)”, testlar, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Eng kuchli qator”, “Zinama-zina”, “Oltin toj”, “Eng yaxshi olib boruvchi”, “Eng yaxshi aktyor” va boshqa o‘yinlar shular jumlasiga kiradi.
STO‘M uchun mo‘ljallab nashr etilgan qo‘llanmalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, avvalo to‘rt sinfga ham alohida xrestomatiya, majmua shaklida kitob nashr etilganligini aytib o‘tishimiz joiz. Lekin bu qo‘llanmalarning ba’zilari dastur talablariga, metodika ko‘rsatmalariga mos darajada tayyorlanmagan. Masalan, B.Ma’qulova va T.Adashboyevlarning 1- sinf uchun yaratgan “Kitobim-oftobim” nomli darsligi 16 mashg‘ulotga mo‘ljallangan, aslida dastur bo‘yicha 33 mashg‘ulot bo‘lishi kerak. B. Ma’qulova va S.Matjonlarni 2–sinf uchun yozilgan “Kitobim-oftobim” darsligi esa, aksincha 17 mashg‘ulot o‘rniga 32 dars berilgan. Albatta, bu juda katta xato hisoblanib, o‘qituvchilarni chalg‘itadi.
Samarqand VPQTMOI xodimlari tomonidan nashr etilgan muqobil “Kitobim- oftobim(Xazina)” nomli to‘rt sinfga alohida-alohida qo‘llanmalar har taraflama o‘quvchilar yoshiga va didiga mos matnlar jamlanganligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham bu qo‘llanmalar, birinchi o‘rinda o‘quvchilar, keyin esa o‘qituvchi va ota-onalar tomonidan ijoboy baholanmoqda.
STO‘M ni talab darajasida tashkil etish uchun yuqorida tahlil qilingan darslik-majmualar har bir o‘quvchida bo‘lishi bilan birga, juda ko‘p bolalar adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi namunalari jamlangan to‘plamlar zarur bo‘ladi. Bularni singda uyushtirish uchun sinf kutubxonasi tashkil etish lozim. Sinfdan tashqari o‘qish metodikasi (4; 6-b) da qayd qilinishicha, sinf kitibxonasi 1-sinfning 3- mashg‘uloti, ya’ni sentabr oyining 3- haftasida tashkil etiladi. Unga, avvalo, sinf rahbari o‘z kitoblaridan “bir nechasini” olib keladi. Sinf o‘quvchilari ham “o‘z hissalarini” qo‘shadilar. Bundan tashqari, sinf kutubxonasini boyitishda ota-onalar qo‘mitasi, homiylar va boshqalar ko‘magidan foydalaniladi. Sinf kutubxonasining ishlarini to‘g‘ri tashkil etish uchun o‘quvchilar orasidan sinf kutubxonachisi, uning yordamchilari tayinlanadi, daftar tutiladi.
Maktab kutubxonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida, sinf kutubxonachisiga maktab kutubxonasi bo‘yicha yordamchi belgilanadi va alohida daftar yuritiladi. Xuddi shunday ish oila kutubxonasi bo‘yicha ham amalga oshiriladi.
STO‘M davomida sinf kutubxonachisi va uning yordamchilari hisobotlari eshitilib, muhokama qilinadi, ya’ni ikki hafta ichida o‘quvchilar tomonidan o‘qib kelingan kitoblar mazmuni, unda oldinga surilgan muammolar tahlil qilinadi va shu kabi kitolardan ko‘proq o‘qishga havas uyg‘otib boriladi.
STO‘M ni davr talablari, dastur va metodika ko‘rsatmalariga mos holda tashkil etish uchun quyidagilarga e’tibor berish zarur:

  • STO‘ bo‘yicha dastur va metodika talablarini yana bir bor, chuqurroq o‘rganib chiqish;

  • STO‘M ga mo‘ljallab chop etilgan qo‘llanmalardan o‘quvchilarda bo‘lishiga erishish;

  • Sinf kutubxonasi tashkil qilish va uni bolalar adabiyoti hamda xalq og‘zaki ijodining namunalari bilan boyitish;

  • Sinf rahbarining o‘z kitoblaridan sinf kutubxonasiga olib kelishini ta’minlash;

  • Maktab, tuman kutubxonalari bilan hamkorlikni takomillashtirish;

  • Oila kutubxonalarini tashkil etish, unda bolalar adabiyotini tartibga solish, faoliyatini jonlantirish;

  • Har bir mashg‘ulotda yangi badiiy, rasmli, qiziqarli adabiyotlar bilan tanishtirib borishni yo‘lga qo‘yish;

  • Bolalar yozuvchlarining portret va rasmlarini, ularning asarlari mazmuni bo‘yicha ishlangan rasmlarni va boshqa ko‘rgazmali qurollar, testlar tayyorlash;

  • Malaka oshirish kursida olgan bilim va ko‘nikmalarini maktabda joriy etish;

  • Malaka oshirish kursining chiqish testlarida beriladigan STO‘ bo‘yicha testlarni adabiyotlar ko‘magida yechish; va boshqalar.




Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling