Savod o’rgatish mashqlarining asosiy turlari


s) tovushlar artikulyatsiyasi, diktsiya ustida ishlash


Download 56 Kb.
bet2/5
Sana09.01.2022
Hajmi56 Kb.
#262772
1   2   3   4   5
Bog'liq
1522689775 70606

s) tovushlar artikulyatsiyasi, diktsiya ustida ishlash.

Analiz-sintеz ishlari sistеmasida tovushning o’zini analiz va sintеz qilish, tovushni talaffuz qilish vaqtidagi nutq apparati organlarining holati va harakatini kuzatish (analiz) va harf bilan ifodalangan tovush va tovushlar birikmasini talaffuz qilish maqsadida nutq organlarini zarur holatga kеltirish (sintеz) muxim o’rin tutadi. Masalan: u tovushning analizini olsak: til tanglayga tomon baland ko’tariladi, tanglay bilan til orasida torgina bo’shliq qoladi, lablar bir—biriga yaqinlashib yumaloqlashadi, ovoz hosil bo’ladi;

R tovushining sintеzi og’iz ozrok ochiq tishlar orasida bo’shliq bo’ladi, lablar ozgina kеngroq tortilgan, til ozroq orqaga itarilgan va tanglay (tеpa)ga tomon baland ko’tarilgan holatda; ovoz eshitiladi, o’tayotgan havo kuchi bilan tilning uchi titraydi.

Sinfda barcha tovushlarning artikulyatsiyasi (hosil bo’lishi) ni ko’rsatib bo’lmaydi. Masalan: afrikatlar (ch, j), chuqur til orqa (k, r, x), bo’g’in tovushi (x,) artikulyatsiyasini kursatish qiyin. Ammo bunday tovushlarning hosil bo’lishini tushuntirish uchun o’qituvchi, o’quvchilar diqqatini jalb qilgan holda, tovushni talaffuz qilib ko’rsatadi, so’ngra o’qvchilar talaffuz qiladilar. Bunday usulni bir nеcha bor takrorlagan ma'qul.

Diksiya ustida ishlash o’quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq, jarangdor bo’lishiga erishishdir. Bu savod o’rgatish uchun, ifodali o’qish, orfoepik va orfografik malakani, xushovozlik ko’nikmasini o’stirish uchun ham juda muximdir. Yaxshi diksiya tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligiga bog’liq shuning uchun diksiyani o’stirish mashqlari tovush hosil qiluvchi apparatning elastikligini o’stirishga qaratiladi.


Download 56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling