Савод ўргатиш даврида ноанъанавий ўқитиш технологиялари орқали ўқувчиларнинг билим савиясини ошириш усуллари
Download 104.11 Kb.
|
Ñàâîä ¢ðãàòèø äàâðèäà íîàíúàíàâèé ¢ èòèø òåõíîëîãèÿëàðè îð àëè ¢ (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tajriba-sinov yakunida quyidagi samarali natijalarga erishdik
2 .3 Tajriba-sinov ishlariBiz malakaviy ishimizni yozish jarayonida 3-sinf ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanishga doir usullar haqida batafsil to‟xtaldik. Qanday usul va tajribalardan foydalanilsa samarali natijalarga erishish mumkin degan masala ustida ilmiy izlanishlar olib bordik. Ishlab chiqqan usullarimizni Samarqand shahridagi 14- umumta‟lim maktabining 3-A – sinfida tajribadan o‟tkazdik. Nazorat sinfi etib mazkur umumta‟lim maktabning 3-B – sinfini tanladik. Ma‟lum bir muddat o‟tgach, har ikkala sinf o‟quvchilari bilim saviyasini solishtirib ko‟rdik. Bu boradagi fikr-mulohazalarimizni, xulosalarimizni, 3-sinf ona tili darslarida inrerfaol usullardan foydalanish”ning afzal tomonlari, ahamiyati va tajriba davomida erishgan yutuqlarimizni to‟la yoritishga harakat qildik. Biz tajriba-sinov jaroyonining boshida, o`rtasida va oxirida boshlang‟ich sinf o‟quvchilarining 3-sinf ona tili darslarida nutq o‟stirish usullaridan so‟ng bilim va ko‟nikmalarining shakllanishi hamda o‟sib borishini og‟zaki savol-javob, tyest va yozma ishlar tarzida aniqlash usullari orqali tekshirib, nazoratdan o`tkazib bordik. Tajriba-sinov o`tkazishdan oldingi har ikkala sinf o`quvchilarining ko`rsatkichlari tajriba-sinov o`rtasiga borib tajriba-sinov o`tkazayotgan 3A -sinf o`quvchilarida o`sib borayotganini, ularda ro`y berayotgan o`zgarishlarni, rivojlanib borayotgan qobilyatlarini va o`zlashtirish ko`rsatkichlarini ko`rib, bu borada olib borayotgan ishlarimizni sidqidildan davom ettira boshladik. Tajriba- sinov yakuniga borib, nazoratga olgan 3B- sinf o`quvchilariga qaraganda tajriba- sinov ishlarini olib borayotgan 3A-sinf o`quvchilarida ijobiy o`zgarishlar ro`y berganining guvohi bo`ldik. Tajriba-sinov yakunida quyidagi samarali natijalarga erishdik:Og‟zaki nutqlari rivojlantirildi; 2.Lug‟at boyliklari oshirildi; So‟zlarni to‟g‟ri talaffuz qilish qobiliyatlari rivojlantirildi; Ona tili grammatikasiga oid bilim va ko‟nikmalari shakllantirildi; 5.Ona tili fanini boshqa fanlar bilan bog‟lab o‟rganish qobiliyatlari rivojlantirildi; 6.O‟quvchilarning fikrlash qobiliyatlari rivojlantirildi; 7.Tafakkur qilish qobiliyatlari rivojlantirildi; 8.Dunyoqarashlari kengaytirildi; O‟z ona tilisiga bo‟lgan mehr-muhabbatlari oshirildi; Bilim va ko‟nikmalarni egallashga bo‟lgan qiziqishlari oshirildi; Mashg‟ulotlar davomida faol ishtirok etish xususiyatlari rivojlantirildi; O‟zlashtirish ko‟rsatkichlarining oshirilishiga erishildi; Tajriba – sinov sinfi hamda nazorat sinflari o`quvchilarining faoliyatlarini bir –biriga taqqoslab, tajriba-sinov natijasida erishilgan yutuqlarni quyidagicha shkala va diagrammalarda e`tiborimizga havola qilamiz: O`quvchilar davomati
Download 104.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling