Savodi xoli aning la’li ruhparvar aro… Sayliyeva Zarina Raxmiddinovna, Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti


Download 15.74 Kb.
bet3/4
Sana25.01.2023
Hajmi15.74 Kb.
#1118697
1   2   3   4
Bog'liq
Xalqaro konf. Sayliyeva Z, Akmalova Bonu savod

Nasriy bayoni:
Yuzingdagi ko‘p tomchilar to‘dasi orasidagi xol,ulardan biri yulduzlar to‘dasi aro
tutilgan oy kabidir.
Sharhi:
Bu baytda shoir yuzdagi tomchilar orasida qolgan xolning tasvirini keltiradi.Ko‘plab tomchilarni to‘daga o‘xshatadi hamda yuzdagi xolni shu tomchilar to‘dasi to‘sib qo‘yganligini aytadi.Tomchilar orasidagi xol xuddi osmonda yulduzlar to‘dasi orasida tutilgan oy kabidir.Ya’ni tomchilar yulduzlarga,xol-tutilgan oyga (qora bo‘ladi) o‘xshatiladi.
To‘rtinchi baytda ham chiroyli tasvirlar chizgilari davom etadi.
Kecha ne nav’ yumay kipriging xayolida ko‘z,
Mangaki,igna butar tongg‘a tegru bistar aro.
Bistar-to‘shak,o‘rin
Kecha-tun
Nav’-tur
Tegru-ma’lum bir vaqt yoki makonning oxirgi chegarasini bildiradi
Nasriy bayoni:
Tunda kipriging turi o‘yida ko‘zumni yumdim.Manga go‘yoki,tonggacha to‘shakda igna sanchildi.
Sharhi:
Bu misralarda lirik qahramon ishqi sababchisining kipriklari haqida o‘ylab uyquga ketadi.To tonggacha uning nayzasimon kipriklari to‘shakda unga sanchilganday bo‘ladi.Kipriklar ignaga o‘xshatiladi hamda o‘rin bu yerda lirik qahramonning qalbi deb tushunishimiz kerak.Bundan anglashiladi -ki,hatto,uning kiprigi haqidagi o‘yi uning qalbiga igna kabi sanchiladi.Bundan tashqari kiprikning turi ham yaqqol namoyo n bo‘lib turibdi misra zamiridan.Kiprikning igna kabi ekanligi uning tekis va uchlari ingicha o‘tkir ignasimonligidan dalolatdir.
Beshinchi baytda esa lirik qahramonning ichidagi alanga bayon qilinadi.
Bu o‘tki mendadur,do‘zax ichra qochqay xalq,
Kiyursalar meni oshub birla mahshar aro.
Mahshar-to‘planadigan joy,qiyomatda so‘roq qilinadigan joy
Oshub-g‘avg‘o,to‘palon,hayajonga solmoq
Nasriy bayoni:
Do‘zax ichra olovidan xalq qochadi,u olov menda(ichimda).Meni mahsharda g‘avg‘o bilan ko‘rsalar edi.
Sharhi:
Lirik qahramonning ichidagi o‘t shu qadar kuchli edi-ki,hatto,do‘zax olovidan ham o‘tardi.Ichidagi bu otashdan bexabar insonlar do‘zax alangasidan qochurlar.Agarda qiyomatda meni bu g‘avg‘o bilan ko‘rsalar do‘zax ichiga o‘zlari qochgan bo‘lardilar demoqchi.Ya’ni ichidagi otashning oldida do‘zax o‘ti pastdir.
Oltinchi baytda zamonadan shikoyat ma’nosi ham anglashilib turadi.
Qadah keturki,falak javridin amon hirzi,
Zamona yozmadi juz davri jom u sog‘ar aro.

Download 15.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling