Savodi xoli aning la’li ruhparvar aro… Sayliyeva Zarina Raxmiddinovna, Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti


Download 15.74 Kb.
bet1/4
Sana25.01.2023
Hajmi15.74 Kb.
#1118697
  1   2   3   4
Bog'liq
Xalqaro konf. Sayliyeva Z, Akmalova Bonu savod


Savodi xoli aning la’li ruhparvar aro…

Sayliyeva Zarina Raxmiddinovna,
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti
O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi o`qituvchisi
Akmalova Bonu Akmal qizi
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti talabasi
Annotatsiya. Hazrat Navoiyning ushbu g`azalida Ollohning ko`pgina sifatlari: mehribonlik, qodirlik, kechiruvchanlik, rahmdillikni madh etadi. Bu g‘azalning tub zamirida Allohga oshiqlik bor. Baytlar mazmunini ketmat-ketlik orqali hamda tashbeh , tanosib, tazod, o‘xshatishlar orqali ijodkor yanada ta’sirchan va sermulohaza qilgan. Ushbu g‘azal orqali lirik qahramonning yaratganga bevosita emas, bilvosita yo‘l bilan bo‘lgan muhabbatini ko‘rishimiz mumkin.
Kalit so‘zlar: do‘zax,mahshar,xol,qadah,o‘t,axgar,la’l,chug‘z.
Nazm va nasr gulshanining zabardast vakillaridan Alisher Navoiy o‘zining’’Xamsa’’ dostoni bilan ko‘plab adabiyot ixlosmandlarining mehrini qozongan hamda hayratga solgan. Navoiy’’Xazoyin ul-maoniy’’asarining so‘z boshisida butun umrini’’nazm va she’riyat bilan’’ o‘tkazganini yozgan.Binobarin,buyuk Navoiy ijodiy merosining har bir bandi alohida yondashuvni ,o‘ziga xos tahlil va talqin sullarini talab etadi.Navoiyshunoslikda shoirning yozish uslublari muammolari har tomonlama hal etilgan bo‘lsa-da, uning tahlilida ko‘plab fikrlar mavjud.Zero,bu ulug‘ so‘z san’atkorining abadiyat bilan bog‘langan ijodiy merosidagi har bir misraning o‘tgani sayin ma’nosi ham chuqurlashib boradi.Alisher Navoiyning’’Badoye ul -bidoya’’asarida barcha lirik janrlardagi asarlar kiritilgan,ammo asosiy qismi g‘azallardir.Ma’lumot uchun,1470-yillarning oxirida Navoiy o‘zining o‘zbek tilida yozilgan she’rlaridan iborat ilk devoni-‘’Badoye ul -bidoya’’ (‘’Badiiylik ibtidosi’’)ni tuzdi.Mazkur devonda 777 g‘azal,85 ruboiy, 52 muammo, 46 qit’a, 53 fard,10 lug‘z,5 muxammas,2musaddas,10 tuyuq bo‘lib,bunday mukammal devonni tuzish Navoiygacha kamdan kam o‘zbek shoiriga nasib qilgan.Navoiy ushbu asarini Alloh taologa hamd-u sanolar bilan boshlagan va bu masalada alohida bob ham ajratgan.Bu bobda shoir hamma narsaning Yaratuvchisi bo‘lgan xudoning qanday bo‘lishini tasvirlaydi.Biz tahlil qilgan bu g‘azal to‘plamdagi 20-g‘azaldir. Avvalo, g‘azalning to‘liq matnini keltirishni joiz deb bildik:
Savodi xoli aning la’li ruhparvar aro,
Magarki,mo‘rcha nisfi uzuldi shakkar aro.
Ko‘ngulda nuqtayi xoling xayoli to‘sh-to‘shdin,
Yog‘in asarlaridur nuqta-nuqta axgar aro.
Yuzungda qatrayi xay kasrati arosida xol,
Birisi munxasif o‘lmish bu xayli axtar aro.
Kecha ne nav’ yumay kipriging xayolida ko‘z,
Mangaki,igna butar tonga tegru bistar aro.
Bu o‘tki mendadur,do‘zax ichra qochqay xalq,
Kiyursalar meni oshub birla mahshar aro.
Qadah keturki,falak javridin amon hirzi,
Zamona yozmadi juz davri jom u sog‘ar.
Navoiy ayla makon charx gulshanin,ya’ni
Ki chug‘z bo‘lma bu vayronayi muhaqqar aro.
G‘azal aruzning muzoreyi musammani maxbuni maqbuz vaznida yozilgan.Ushbu vaznning taqte’si quyidagicha:

Download 15.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling