Savodi xoli aning la’li ruhparvar aro… Sayliyeva Zarina Raxmiddinovna, Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti
Download 15.74 Kb.
|
Xalqaro konf. Sayliyeva Z, Akmalova Bonu savod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Hirz-tumor
Juz-bo‘lak,qism,daftar,fasl Sog‘ar-qadah Falak-osmon Nasriy bayoni: Qadah keltiringki,osmon jabridan omon asrovchi tumorday.Zamon ahli davr daftariga jom va qadah haqida yozmadi. Sharhi: Qadah so‘zi tasavvufda’’ko‘ngil’’tushunchasini ifodalaydi.Shunday qadah keltirki,deyapti,u xuddi dunyoning azoblaridan omon asrovchi tumorday bo‘lsin.Bu yerda oddiy qadah emas,aksincha,tasavvufiy’’Jamshid jomi’’nazarda tutilgan.Ya’ni ushbu qadah’’abadiy tiriklik’’ramzini ifodalaydi.Shu uchun ham ushbu qadahni omon asrovchi tumorga o‘xshatadi.Ya’ni unga abadiy ishq joylashgan ko‘ngil kerak edi.Ikkinchi misradan esa quyidagicha ma’no anglashiladi,bu abadiylik va ko‘ngil haqida davr daftarida zamon ahli yozmagan.Ya’ni bunday abadiy ishq ila to‘lgan ko‘ngulni hali zamona ko‘rgan emas.Shuning uchun ham yozolmagan. Maqta’da esa Navoiyning makondagi o‘rni xususida so‘z yuritiladi. Navoiy,ayla makon charx gulshanin,ya’ni Ki chug‘z bo‘lma bu vayronayi muhaqqar aro. Charx-falak Chug‘z-boyo‘g‘li MuhaqqarNasriy bayoni: Navoiy osmon gulshanini makon qil o‘zingga.Bu vayronada boyo‘g‘li bo‘lma. Sharhi: Ushbu misralarda juda ko‘p ma’no anglashiladi.Dastavval,Navoiy o‘ziga makonni osmondan bo‘lishini aytadi.Chunki,osmonda Allohning uyi bor,demakki,osmonni gulshanga va bu dunyoni vayronaga o‘xshatish bejizga emas.Vayronaning hukmdori,albatta,boyo‘g‘li hisoblandi va uning makoni ham shu yerdir.Ushbu misralardan Navoiyning bu dunyodagi makondan ko‘ra osmon gulshanini afzal bilganini anglash mumkin. . Navoiyning boshqa asarlari singari ushbu g`azal ham asrlar silsilasidan o`tib, o`z qiymatini shu kungacha yo`qotmasdan kelmoqda. Asar bugungi kunda ham komil insonni tarbiyalashda nimalarga e`tibor qaratish kerak degan savolga to`liq javob bera oladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Навоий Алишер. Мукаммал асарлар тўплами. 20 томлик. 1-том. Хазойин ул-маоний. Бадойиъ ул бидоя. -Тошкент: Фан, 1987, 720 б. Rakhmiddinovna S. Z. EY, SAFHAYI RUXSORING AZAL XATIDIN INSHO //SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY. – С. 112. Бекова Н. Ж., Сайлиева З. Р. " Девони Фони": издания и исследования //Филология и лингвистика в современном обществе. – 2014. – С. 20-22. 11. Бекова Н. Ж., Жалилова Л. Ж., Сайлиева З. Р. On a separate literary sources of the poetry collection" Sittai Zaruriya" by Alisher Navoi //Современная филология. – 2014. – С. 45-47. Bekova N., Sayliyeva M. THE INTERPRETATION OF PRAISE IN THE EAST LITERATURE //Научная дискуссия: вопросы филологии, искусствоведения и культурологии. – 2015. – №. 12. – С. 147-151. Навоий асарлари луғати. Тузувчилар: П.Шамсиев, С.Иброҳимов. - Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1972, 784 б. 7.Рустамов А. Шоирнинг биринчи ғазали.//Шарқ юлдузи, 1987, № 3, 175-179-б. 8.Соғуний Алихонтўра. Тарихи Муҳаммадий. -Тошкент, 1991, 222 б. Қуръони карим (таржима ва изоҳлар муаллифи Алоуддин Мансур). -Тошкент: Чўлпон, 1992. 672 б. Қуръони карим сўзларининг арабча-ўзбекча кўрсаткичли луғати. -Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1971. 277 б. 11.Ҳайитметов А. Навоий даҳоси. -Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1970, 173 б. 12.Ҳаққул И. Шеърият - руҳий муносабат. -Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1989, 240 б. Ҳаққулов И. Тасаввуф ва шеърият. -Тошкент: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1991, 184 б. Download 15.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling