Savodi xoli aning la’li ruhparvar aro… Sayliyeva Zarina Raxmiddinovna, Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti


Download 15.74 Kb.
bet2/4
Sana25.01.2023
Hajmi15.74 Kb.
#1118697
1   2   3   4
Bog'liq
Xalqaro konf. Sayliyeva Z, Akmalova Bonu savod

V---/VV--/V-V-/VV-
G‘azal badiiy qurilmasi jihatidan voqeaband g‘azallar turkumiga mansubdir.U muayyan hayotiy voqea ta’siri va turtkisi bilan yaratilganligi sababli ham voqeabanddir. G‘azal matla’sida qora xolning aynan lab atrofida joylashganligi aytilgan.
Savodi xoli aning la’li ruhparvar aro,
Magarki,mo‘rcha nisfi uzuldi shakkar aro.
Savod- qora,qorong‘ilik
Nisf-yarim
La’li ruhparvar-shirin so‘z
Nasriy bayoni:
Uning qora xoli shirin so‘z chiqadigan (lab) joy aro joylashgan.Xuddi shakarga
mo‘rchaning yarmi qolganga o‘xshaydi.
Sharhi:
Matla’da qora xolning qayerda joylashgani juda chiroyli o‘xshatish asosida yoritib berilgan.Ya’ni qora xolning shirin so‘z chiqadigan lab aro joylashgani va bu go‘yoki,shakar uchun kelgan mo‘rchaning shakarga qolib ketgan yarmiga o‘xshaydi.Haqiqatdan ham,mo‘rcha qora,shakar esa ham shirin,ham oppoqdir.Bundan anglashiladiki,yorning yuzlari oppoq va uning shakar dudoqlari uzra qora xoli bor.
Ushbu g‘azalning ikkinchi baytida esa,xuddi matla’dagi kabi lirik qahramonning holati o‘xshatish orqali juda chiroyli tasvirlanadi.
Ko‘ngulda nuqtayi xoling xayoli to‘sh -to‘shdin,
Yog‘in asarlaridur nuqta -nuqta axgar aro.
To‘sh-to‘shdin- ich-ichidan
Yog‘in-qor,yomg‘ir yog‘ishi
Axgar-laxcha cho‘g‘
Nasriy bayoni:
Ich -ichimdan xoling nuqtasi xayoli ko‘nglumda, xuddi laxcha cho‘g‘da qor yoki yomg‘irning yog‘gandan keyingi asoratiday.
Sharhi:Ushbu baytda lirik qahramonning ko‘ngli laxcha cho‘g‘ga,xol nuqtasi esa yomg‘irdan qolgan asoratlarga ya’ni cho‘g‘ning ustiga yog‘ilgan yomg‘irdan qolgan asoratdir.Yonib turgan cho‘g‘ ustiga yomg‘ir tushsa cho‘g‘ qora nuqtaga aylanib qoladi.Bundan anglashiladi-ki,lirik qahramonning yonib turgan ko‘nglidagi qora xol xuddi yomg‘irning asoratidan qolgan laxcha cho‘g‘ kabidir.
Uchinchi baytda ham xuddi shunday tasvirlar davom etadi.
Yuzingda qatrayi xay kasrati arosida xol,
Birisi munxasif o‘lmish bu xayli axtar aro.
Qatra-tomchi
Kasrat-ko‘plik,mo‘llik;kenglik
Munxasif-tutilgan (oy),to‘silgan
Axtar-yulduz Xayl-to‘da

Download 15.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling