Mashg`ulotning turi: Mustahkamlovchi
Mashg`ulotning metodi: suhbat, savol- javob, interfaol metodlar.
Mashg`ulotning jihozi:Mashg`ulot mavzusiga mos ko`rgazmalar.
Mashg`ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism. O‘quvchilar bilan salomlashib, davomatni aniqlanadi.
II. Yangi mavzu bayoni:Yangi mavzu sinf doskasiga yoziladi
Yangi so‘zlarning ma’nosini o‘quvchilarga tushuntirib bering. Birinchi so‘zdan boshlang. so‘zning ma’nosini bolalardan so‘rang, birga ta’rif bering, misollar keltiring. So‘ngra ikkinchi so‘zga o‘ting: ma’nosini tushuntiring va 1-2 misollar keltiring.
1)pushaymon – afsus, o‘z qilgan ishidan xafa bo‘lish 2) tartibsiz – narsalarni joy-joyiga qo‘ymaydigan
O’quvchilarga hikoyani o‘qib bering. Keyin esa u haqida suhbatlashing.
PUSHAYMON
– Voy, ruchkam qani? – Ahmadjon tinmay portfelini titkilardi. Sarvar unga imlab:
– Ana, burni qiyshiq ruchkang. Sendan xafaga o‘xshaydi, – dedi. Ahmadjon partaning ustidagi qopqog‘i qiyshaygan ruchkasini darrov tanidi. Chunki unda tish izlarishundoqqina ko‘rinib turgandi-da. Ustozi qancha tanbeh bersa ham, Ahmadjonning ruchka tishlaydigan odati qolmadi. Ahmadjon endi ruchkasiga qo‘l uzatgan edi, uning gapirayotganini eshitib, dong qotib qoldi.
– Do‘stim, ahvolimni qara, – derdi ruchkasi Sobirning ruchkasiga arz-dod qilib. Ahmadjon o‘zi yaxshi-yu, biroz tartibsiz-da. Meni doim og‘ziga solib chaynaganichaynagan. Daftar qolib, parta va devorlarga yozadi. Meni qalamdonda saqlash o‘rniga portfelining qaysidir burchaklariga tashlab qo‘yadi.
– Eh, do‘stim, senga juda achinyapman, – dedi ikkinchi ruchka. Sobirjon meni doim ozoda tutadi.
Istasang qalamdonimda senga ham joy bor. Ular endi “Bir, ikki, uch”, deb qalamdonga
sakramoqchi edilar, Ahmadjon o‘z ruchkasini qo‘liga oldi. Uni silab:
– Meni kechir, endi seni xafa qilmayman, – deb o‘z qalamdoniga solib qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |