Savodxonligi fanidan beriladigan mashqlar turlari
Download 445.97 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq161 163 1 3 Sinf O‘Quvchilariga Ona Tili Va O‘Qish Savodxonligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kalit so‘zlar
Journal of Innovation, Creativity and Art Vol. 2, No. 2, 2023 ISSN: 161 1-3-SINF O‘QUVCHILARIGA ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANIDAN BERILADIGAN MASHQLAR TURLARI Annotation: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darsliklari tahlili, ona tili va o‘qish savodxonligi darsliklaridagi mashqlar turlari, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini o‘stirish haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: ona tili va o‘qish savodxonligi, o‘quvchi, ona tili, o‘qish, sinf, darslik, mashq, yo‘l, savod o‘rgatish davri, didaktik o‘yinlar, matnni o‘qish, yozish va tahlil qilish. Information about the authors Zokirov Javohir G‘aybullo o‘g‘li Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi So„ngi yillarda har bir soha singari ta‟lim sohasida ham juda ko„p islohotlar amalga oshirilmoqda, so„ngi yillarda xalqimiz yangi tarixiy davrga qadam qo„ydi. Bu esa, o„z navbatida, ta‟lim tizimiga, jumladan, maktabgacha ta‟lim, boshlang„ich ta`limga bo„lgan e‟tibor ortib bormoqda. Boshlang„ich sinflarda ona tili o„qitishning maqsad va vazifalariga yangicha yondashishni taqozo etadi. “Ta‟lim to„g„risida”gi hamda Xalq ta‟limi vazirligining yangi darsliklar avlodini yaratish to„g„risidagi qarori va talablaridan kelib chiqib, boshlang„ich sinflar uchun mo„ljallangan yangi ona tili va o„qish savodxonligi darsliklari nashr qilinmoqda[1]. Yangi milliy o„quv dasturi asosida boshlang„ich sinflar uchun qulay, zamonaviy darsliklar ishlab chiqilmoqda. Bunga misol tariqasida 1-2-3-sinflar uchun Ona tili va o„qish savodxonligi darsliklari yaratildi. O„quvchilarga qulaylik yaratish uchun ona tili va o„qish darsliklari birlashtirildi. Buning natijasida birinchi soat nazariy olgan bilimlarini ikkinchi soatda amaliy ishlash orqali yana ham bilimlarini mustahkamlab oladilar[2]. Zamonaviy darsliklar oldiga bir qator talablar qo„yilmoqda. Darsliklarning yangi avlodi, avvalo, unda bеrilgan o„quv topshiriqlari o„quvchini faol ishlashga, shuningdеk, mustaqil va ijodiy fikr yuritishga o„rgatadigan shaklda tuzilmoqda. Hozirda amaldagi boshlang„ich sinf ona tili va o„qish savodxonligi darsliklari zamon talablariga moslab ishlab chiqilmoqda. Ushbu darsliklarni tahlil qiladigan bo„lsak, boshlang„ich sinf ona tili darsliklarini tahlil qilishda prof. A.G„ulomov va H.Nе‟matovlar tomonidan ishlab chiqilgan tasnifga tayanamiz. Ushbu tasnifga ko„ra darslikdagi mashqlar o„quvchilarni izlanishga o„rgatish jihatidan quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Qayta xotirlash tipidagi mashqlar. 2. Qisman izlanuvchanlik tipidagi mashqlar. 3. Ijodiy mashqlar[3]. Zamonaviy darsliklarda o„quvchini mustaqil ishlash, dunyoqarashini boyitishga, fikrlashga undovchi ijodiy haraktеrdagi mashqlar miqdori oshirilmoqda. Bunday mashqlar orqali o„quvchilarda Xalqaro baholash tizimi PISA testlarini yechishga qiynalmaydilar. Shuni yodimizda tutishimiz kеrakki, topshiriqlarda barcha o„quvchilar oldiga qo„yilgan talab bir xil, ammo o„quvchilarning bilim darajasi bir xil emas. Holbuki, topshiriqlarni hamma bir vaqtda, bir xilda to„g„ri bajara olmaydi. Tez o„zlashtiruvchi o„quvchilar uchun mashqdan kelib chiqib qo„shimcha topshiriq berish mumkin bo„ladi. Past o„zlashtiruvchi o„quvchilar uchun esa mashq shartini soddalashtirish, yengillashtirish yo„li bilan o„quvchilarni qiziqtirish mumkin[4]. Journal of Innovation, Creativity and Art Vol. 2, No. 2, 2023 ISSN: 162 O„quvchilarning dunyoqarashini, fikrlashini rivojlantirishda ular nutqini kundalik hayotda ko„p qo„llanadigan narsalar va shaxslar nomilari bilan boyitish ham muhim rol o„ynaydi. Birinchi sinfning savod o„rgatish davridan narsa va shaxsni bildirgan so„zlar haqida tushuncha bеrishda o„quvchilar faolligiga asoslanish lozim. Bunday mashqlarni bajarishda interfaol metodlar, didaktik o„yinlar yaxshi natija beradi. Chunki ular narsa va shaxs nomlarini bildirgan so„zlarni o„zlashtirishga savod o„rgatish jarayonida amaliy o„rganadilar. Prеdmеtlarga qarab ularning nomlarini aytishadi. Bundan tashqari o„qituvchining “Bu nima?”, ”Bu kim?”, “Kim ishdan qaytdi?”, “Kim ertalab maktabga yo„l oldi?” kabi savollaridagi «kim», «nima» so„roq so„zlari o„rniga shaxs, narsa nomlarini qo„yib javob bеrishadi[5]. Shuning uchun ham savod o„rgatish jarayoni shaxs va narsalarning nomini bildirgan so„zlar ustida ishlashning birinchi bosqichi sanaladi. Bundan tashqari faoliyatim jarayonida Savod o„rgatish jarayonida o„quvchilarimga yangi har o„rgatiladigan kuni shu harfga oid to„rt qatorlik she‟rlarini yodlatib bordim, savod o„rgatish davri tugagunga qadar har bir o„quvchi 30 ta harf she‟rini ham yod olishdi. O„quvchilarda xotira juda yaxshi rivojlangan she‟rni 4-5 marotaba jo„rlikda takrorlash orqali yodlab olishadi. Sher yodlash orqali harfni ham eslab qolish osonlashdi[6]. Har kunlik odatga aylantirib borilsa shunday mashqlar o„quvchilarning xotirasi rivojlanishiga ham yaxshi natija beriladi. Bulardan amaliy mashg„ulotlar paytida, bo„lim yuzasidan takrorlash darslarida foydalanilsa o„quvchilar bilimlari yanada mustahkamlanadi degan umiddaman. Qishloq, shahar, vatan, ona, daraxt nomlarini aralash kеltirilgan so„zlar guruhi ichidan ajratib aytish yoki yozishga yo„naltirilgan mantiqiy mashqlar ham yaxshi natija bеrishi mumkin. Masalan, “boychechak”, “baliq”, “anor”, “hikoya”, “behi”, “terak”, “lola” va hokazo. “U kim? Bu nima?” didaktik o„yin o„tqazish orqali ham yaxshi natijaga erishish mumkin. Taqdimotda bir nechta narsalar rasmi qo„yiladi. Ustoz o„quvchilarga shu narsalar haqida fikrlarni bildiradi. O„quvchilar bu narsalar nomini topishlari kerak bo„ladi. Ma‟lumki, har bir tushunchalar muammoli izlanish mеtodi asosida shakllantirilsa, o„quvchi xotirasida yaxshi saqlanadi. O„qituvchi har bir mavzuni tushuntirishda o„quvchilar matnni o„qish, yozish va tahlil qilish orqali o„z fikrlarini aytishi kеrak. Ularning fikrlari darslikdagi nazariy tushunchalar yoki o„qituvchining izohi yordamida tasdiqlanadi[7]. Masalan, ona tili va o„qish savodxonligi darsligida berilgan mashqni ko„rib chiqaylik, bu topshiriq orqali o„quvchilar uy hayvonlarining nomlarini va ularning bolalarining nomini ham bilishlari kerak bo„ladi. O„quvchilar bunday mashqlar orali fikrlash qobiliyatlari ham o„sadi. Itning bolasi Uloq Tuyaning bolasi Kuchuk Echkining bolasi Qo„zichoq Otning bolasi Buzoq Qo„yning bolasi Qulun Sigirning bolasi Bo„taloq O„quvchilar hayvonlarni bolasi bilan chiziq orqali birlashtirib chiqadilar. Boshlang„ich sinflarda tilning fonеtikasi ham, lеksika, morfologiya va sintaksis ham gap, matn asosida o„zlashtiriladi. So„zning ifodalaydigan ma‟nosi ham gap tarkibida oydinlashadi. So„z turkumlarining tildagi roli va vazifasi ham gap tarkibida namoyon bo„ladi. Shu nuqtai nazardan boshlang„ich sinflarda har bir til hodisasi gap va matn tarkibida o„rganilishi maqsadga muvofiq. 2-sinfda o„quvchilar shaxs va narsaning nomini, belgisini, sanog„ini, harakatini bildirgan so„zlar va ularga qanday so„roq berilishi haqida tasavvurga ega bo„ladilar. Gaplarda so„zlarning sintaktik munosabati gap bo„laklarini bеlgilab bеradi. Gap bo„laklari gapni shakllantiradi. Gap bo„laklaridan bosh bo„laklar 2-sinfda amaliy o„rgatiladi. 3-sinfda amaliydan nazariy tushuncha sifatida o„rganishga o„tiladi. bilib oladilar. Gap Journal of Innovation, Creativity and Art Vol. 2, No. 2, 2023 ISSN: 163 bo„laklarini o„rgatish jarayonida hozirgi zamonga mos holda, xalqaro baholash dasturlari talablari doirasida ish olib borish lozim[8]. Maktab oʻquvchilarini hayotga tayyorlash, ularni munosib insonlar qilib tarbiyalash, kelajakda mamlakatimizning muhim muammolarini yecha oladigan shaxsni voyaga yetkazishda vatanimizning tarixida yashab ijod qilgan allomalarning hayoti va ijodiy faoliyati haqida berilgan materiallarni oʻrganish oʻqituvchilarga katta imkoniyat yaratadi. Zero shoirlarning butun hayoti va ijodi xalqimiz taqdiri, oʻy-fikrlari bilan chambarchas bogʻliq holda yaratilmoqda. Buyuk allomalar yashagan davr bilan biz yashab turgan bugungi kun orasida bir necha asrlardan oshiq vaqt yotibdi shu davrda shoirlar yashab ijod etgan davrdagi xalqimizning tilida katta oʻzgarishlar boʻldi. Bu holat uning leksikasi, fonetikasida va grammatik qurilishida ham yuz berdi. Shu tufayli ajdodlarimizning hayoti va ijodiga oid materiallarni oʻrganishda lugʻat ustida ishlash, bazi bir tushuntirishlar olib borish zarur. Shu tufayli asarlarini matni ustida ishlashda uning xalqparvarlik gʻoyalarini alohida ta‟kidlab, oʻquvchilarning ulugʻ allomalarimizga hurmat-e‟tiborini oshirish kerak. Ona tili va o„qish savodxonligi darslarida o„quvchilarni fikrlashga undovchi mavzularni oʻrgatishda turli xil metodlarni qoʻllagan holda oʻquvchilarga sifatli ta‟lim-tarbiya berib borsak, albatta yoshlarimiz kelajakda buyuk ajdodlari Beruniylar, Xorazmiy, Ibn Sino, Termiziylar, Ulugʻbeklar kabi yetishib chiqishadi[9]. Mazkur bobda boshlangʻich sinf oʻqish darslarida tarixiy mavzularni oʻrgatishda interfaol metodlardan foydalanishning dolzarbligi, nazariy asoslari, ta‟lim jarayonida integratsion jarayonning mazmuni mavjud materiallar asosida aniqlandi. Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida tarixiy mavzularni oʻrgatishda interfaol metodlardan foydalanish yetarli darajada yoʻlga qoʻyilmaganliklari uchun mazkur jarayonni dars davomida qoʻllash va shakllantirish tamoyillarini aniqlash zaruriyati vujudga keldi. Download 445.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling