Savodxonligim onamga 1-Boshlovchi : Assalom mehmonlar mo‘tabar suyuk Assalom ustozlar, nomlari buyuk 2-Boshlovchi


Download 31.4 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi31.4 Kb.
#1382340
1   2   3
Bog'liq
1-sinf tadbir 6-mart

5-o’quvchi:Farangiz
Sen uchun farzandning baxti bo’lsa bas
O’tkinchi dunyoni qilmaysan havas.
Har kiygan libosing malaklarga xos
Muqaddas, azizsan- o’zbek ayoli.
6-o’quvchi:Malika
Sen uchun boshimiz egikdir mudom,
Sen uchun yurakda,dilda ehtirom,
Nomihg aytsam,jaranglar bir nom
Aziz va munissan-o’zbek ayoli

7-o’quvchi:Sanobar
Bugun bahor nafasi
Chor atrofni kezadi
Bolajonlar bog’larda
Bochechaklar uzadi
8-o’quvchi: T.Malika
Baland –baland tog’lardan ham
Esgan mayin yellardan ham
Oppoq oydin tog’lardan ham
Onam yaxshi,onam yaxshi

9-O’quvchi:O’g’iloy
Ona ulug’ –Ona aziz
Ona mehr bulog’i
Farzand unga bolday laziz
Farzand uning chirog’i
10-O’quvchi:Ruxsora
Onajonlar yuzingiz
Tabassumdan porlasin
Baxtimizga onalar
Hech xastalik ko’rmasin
1-boshlovchi: Har bir insonni ONA voyaga yetkazadi.Hatto buyuk
insonlarni ham ONA dunyoga keltirgan.G’azal mulkining sultoni Alisher
Navoiyni ham ONA dunyoga keltirgan.Alisher Navoiyni onasi uchun
atalgan she’rni O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov yozgan.
11-o’quvchi: Zarnigor
Bilmam qanday ayol bo’lgan
Alisherning onasi
Balki unung aqliga ham
Lol qolgan zamonasi.
Balki uning ko’zlarida
Bo’lgan og’ir bir hayol.
Balki g’amgin bir zotdir u,
Balki sho’hchan bir ayol.
Balki buyuk farzandiga
Terib kelgan chechaklar.
Balki tunlar unga bedor
Aytib bergan ertaklar.
Mayliga, u kim bo’lmasin,
Yolg’iz bir so’z ma’nosi:
Alisherning onasi u,
Navoiyning onasi.
12-o’quvchi:Ruslan
Mehri quyoshday issiq
Qalbi bahor onalar
Bayramingiz muborak
Har ishda parvonalar

13-o’quvchi: Amirxon
Salqin saharlarda,bodom gulida,
Binafsha labida,yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi
Bahmal vodiylarda,qirlarda bahor.

Download 31.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling