Savodxonlik” senariysi


Botir: Bola oqqush, oq kaptar, Dunyolardan bexabar, Yovuzlik topmay xabar, Bolaga kitob bering! Nodir


Download 18.94 Kb.
bet5/8
Sana18.12.2022
Hajmi18.94 Kb.
#1027927
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Savodxonlik. 1-B sinf-2020

Botir:
Bola oqqush, oq kaptar,
Dunyolardan bexabar,
Yovuzlik topmay xabar,
Bolaga kitob bering!
Nodir:
Qing‘ir yo‘lga kirmasdan,
Peshonaga urmasdan,
Kimdir pichoq bermasdan,
Bolaga kitob bering!
Mahmudjon:
Internet degan ajdar,
Simidan oqar zahar,
“Dod” demay ro‘zi mahshar,
Bolaga kitob bering!
Xushnud:
“Kel!” – deya imlar tuzoq,
Qabr qazir, qazir choh,
Ming-ming astag‘firulloh,
Bolaga kitob bering!
Bobur:
Ko‘zi ochiq ko‘rmasdan,
SHayton yo‘ldan urmasdan,
Otadan yuz burmasdan,
Bolaga kitob bering!
Daler:
“Lison ut-tayr”larim,
YUrakka sayrlarim,
Avliyozod nurlarim,
Bolaga kitob bering!
Elbek:
Ko‘zlarni ochish kerak,
G‘aflatdan qochish kerak,
Qanot chiqarish kerak,
Bolaga kitob bering!
Javohir:
Dersiz: “Pul yig‘ish kerak...
Oltinu kumush kerak...”
Xudodan qo‘rqish kerak,
Bolaga kitob bering!
Mirzabek:
Ko‘krak kerib yurganlar,
Ko‘rkam saroy qurganlar,
“Ne beray?” – deb turganlar,
Bolaga kitob bering!
Farangiz:
Xazinayi jahon u,
Kichik Abu Rayhon u,
Sizga qarab hayron u,
Bolaga kitob bering!


Sohibjon:
Buxoriy – sarvarim u,
Termiziy – anvarim u,
Mahmud Zamaxshariy u,
Bolaga kitob bering!
Iroda:
Keskir qilich bo‘lsin u,
Kitobga o‘ch bo‘lsin u,
Engilmas kuch bo‘lsin u,
Bolaga kitob bering!


Nilufar:
Navoiyni bilsin u,
Yoningizga kelsin u,
Baxtli bola bo‘lsin u,
Bolaga kitob bering!

10. Qo`shiq.Dars qilaman
Ota-ona haqida she`rlar.
Ota-ona she’ri Abror:
Umrimizda ikki buyuk baxtimiz bor
Davlatimiz ham toj-u taxtimiz bor
Ular bizning hayotimiz sarbonlari
Ular cheksiz mehringla ummonlari

Download 18.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling