Savol: Bu tabiiy boylikni 2 soʻzda toping. Javob
Download 26.45 Kb.
|
zakovat savollari Mahalla
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
Savol: U nima?
Javob: Kopilka. Qabul: Ma’nodosh so‘zlar. Izoh: Kopilkalar odatda cho‘chqacha shaklida bo‘ladi va buni yuqoridagidek izohlashgan. 5. 12-asrda Fransiyaning Artua hududida suv yangi usul bilan olina boshlandi. Savol: Bu usul qaysi so‘z paydo bo‘lishiga olib kelgan? Javob: Artezian. Izoh: Versiyalarga ko‘ra, bu so‘zning kelib chiqishiga Artua hududining nomi asos bo‘lgan. 6. Olimlarning izlanishlari natijasida shu narsa maʼlum boʻldiki, inson yolgʻon gapirganda, uning bir tana aʼzosi atrofida temperatura osha boshlarkan. Bu holatni olimlar "IKS effekti" deb atashadi. Siz bu tana aʼzosini emas, IKS oʻrnidagi "italyan" ismini yozib bering. Javob: Pinokkio. Izoh: Tadqiqotlarga koʻra, inson yolgʻon gapirganda uning burni atrofida tana harorati koʻtarila boshlaydi va bu "Pinokkio effekti" nomini olgan. Manba: https://dzen.ru/a/YLDf9L-OOHqSoxaS 7. Duplet! 1. Uning odatda "katta" va "kichik" turlari boʻladi. "Katta" sini yelkaga tashlab yurishgan va yomgʻirli havodan himoya ham qilgan. U tayyorlanadigan material nomi tarjimada "mahalliy rang" degan maʼnoni anglatadi. Mazkur material dastlab mamlakat turli hududlaridan yashovchi 11 ta urugʻga tegishli boʻlgan. Shundan kelib chiqib, Uning rangiga qarab insonning qayerdan kelgani oson aniqlangan. Uni yozib bering. 2. XIX asr boshlarida dengiz ortida tugʻilgan bu inson yoshligidan boʻsh vaqtlarida Massachusets shtatidagi Uer koʻlida pirotexnika vositalari ustida ishlab, ularni portlatishni yaxshi koʻrgan. Keyinchalik u XVI asrdan beri odamlarga maʼlum aylanuvchi gʻoyasi bilan tanishadi va bu gʻoya unga oʻz ixtirosini yaratishiga turtki beradi. Bu insonning familiyasini yozib bering. Javob: 1. Kilt; 2. Kolt Izohlar: 1. Shotland xalqi milliy kiyim-boshi boʻlgan kilt "tartan" nomli matodan tayyorlanadi. Undagi naqshlarga qarab insonning qaysi hududddan va qaysi urugʻga mansubligi aniqlangan. 2. Semyuel Kolt amerikalik mashhur "Kolt" revolver toʻpponchasi ixtirochisi boʻlib, u oʻz ixtirosini XVI asrdan beri maʼlum boʻlgan "aylanma baraban" gʻoyasini takomillashtirish orqali amalga oshirgan. Manbalar: 1. http://planeta-tour.ru/strany/velikobritanija/informacija-po-velikobritanii/interesnye-fakty-o-shotlandii/ 2. https://pressa.tv/top/61136-top-10-interesnyh-faktov-o-shotlandskiy-kilte-10-foto.html 3. https://www.maximonline.ru/longreads/photogallery/_article/colt/ 8. Bundan taxminan 3 yillar avval Keniyadagi fillar orasida haqiqiy "bebi-bum" yuz berib, 200 dan ortiq filchalar dunyoga keldi. Shuningdek, bu holat jirafalar orasida ham yuz berdi va ular soni 34 240 boshgacha oshdi. Bu holatni ijtimoiy tarmoqlarda "UNING sovgʻasi" deb ham nomladilar. Uni yozib bering. Javob: Covid. Izoh: Bu holatni keniyalik tadqiqotchilar pandemiya vaqtida turistlar va brokonerlar yoʻq boʻlganligi bilan izohlashadi. Manba: https://knife.media/elephant-baby-boom/ 9. Bu ikki mashhur inson bir davrda yashagan. Ular bir-birini koʻrarga koʻzi yoʻq edilar. Bir kuni ularga bir xonaning qarama-qarshi ikki devoriga freska ishlash ishi topshiriladi. Bu ikki inson ish davomida bir-biridan qattiq xafa boʻlib, xaqorat qilishadi va natijada ularning ikkalasi ham freskani oxirigacha tugatishmaydi. Boshqa bir mashhur "toʻrtlik" haqidagi komikslar yaratuvchisi Piter Lerd ularni farqlash uchun toʻq sariq, koʻk, binafsharang, qizil bogʻichlarni eslatib oʻtadi. Siz menga yuqoridagi maʼlumotlardan kelib chiqib, koʻk va toʻq sariq rangli bogʻich egalari ismlarini yozib bering. Javob: Mikelanjelo va Leonardo. Izoh: Birinchi maʼlumotda mashhur rassomlar Mikelanjelo Muanarotti va Leonardo da Vinchi haqida gap ketdi. Ikkinchi qismda esa mashhur toshbaqa-nindzyalar, Leonardo, Mikelanjelo, Rafael, Donatello haqida. Komiks yaratuvchisi Piter Lerd ularni farqlashda, Leonardoda - koʻk bogʻich, Rafaelda - qizil, Donatelloda - binafsharang va Mikelanjeloda esa - toʻq sariq rangli bogʻichlarni keltiradi. Manbalar: 1. https://www.factroom.ru/izvestnye-lyudi/hudozhniki/leonardo-da-vinchi/kakaya-familiya-byla-u-leonardo-da-vinchi 2. https://dzen.ru/media/marsel_makedonsky/18-faktov-o-cherepashkahnindzia-628605f9ac2e1773bf392151 10. Ashot Nadanyan fikri: "ULAR - bogʻbonlardan farqli oʻlaroq qochishlardan mamnun boʻlishmaydi". 1994-yilda Nelson Mandellaning inauguratsiya marosimiga taklif etilgan shaxslar orasida boʻlgan Jeyms Gregori ismli inson ham ULARDAN biri edi. Savol: Ular bilan almashtirilgan kasbni aniq yozib bering. Javob: Turma noziri. Izoh: Ashot Nadanyan fikri: "Qamoqxona nozirlari - bogʻbonlardan farqli oʻlaroq qochishlardan mamnun boʻlishmaydi". Qariyb 27 yil davomida Robben orolidagi qamoqxonada boʻlgan JARning birinchi qora tanli prezidenti Nelson Mandelani nazorat qilgan turma noziri Jeyms Gregori edi. Keyinchalik Mandela uni oʻzining inauguratsiya marosimiga ham taklif etadi. Manba(lar): 1. https://aphorism.ru/comments/k1xs6w02gp.html 2. https://tinyurl.com/2p88nup5 2-tur 1. Amerikalik taniqli yozuvchi Kuns 1981-yilda oʻzining mashhur "Zulmat koʻzlari" kitobini yozgan. Asarda yaqin kelajakda Unda yuz beradigan, butun dunyoga musibat keltiruvchi xastalik haqida maʼlumot keltiriladi hamda bu xastalik oldida zamonaviy metodlarning ham kuchsiz ekanligi aytilgan. Savol: Savol matnida bir soʻzda bir necha harfni tushirib qoldirdik, oʻsha soʻzni orginalida yozib bering. Javob: Uxan. Manba: https://www.google.com/amp/s/m.gazeta.ru/amp/culture/2020/02/20/a_12968941.shtml 2. "Polkovnik" laqabli amerikalik prodyuser Tom Parker Elvis Preslining g'ayrioddiy iste'dodini u hali kam tanilgan va voyaga yetmagan vaqti tan olgan va ko'p jihatdan uning rivojlanishiga va super yulduz maqomiga ega bo'lishiga hissa qo'shgan. Elvisning daromadini oshirish uchun Parker ko'plab nostandart usullarni qo'llagan. Misol uchun, u "Men Elvisni yomon ko'raman" ("I hate Elvis") so'zlari yozilgan katta hajmdagi nishonlarni ishlab chiqargan va ularni sotish bilan shugʻullangan. Download 26.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling