Savol: Jumboqda tariflangan quduqni ayting?
Javob: tuxum
12.An’analarga ko‘ra U asossan tut va tol yog‘ochlaridan tayyorlab kelinadi. Asosan o‘rta osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan.Maxmud Qoshgariyning "Devonu lug‘oti turk" asarida Uning tana suyaklarini to‘g‘ri rivojlanishiga yordam berishi yoziladi.
Savol: Uni toping.
Javob: Beshik.
13. Bu belgi matematika faniga 1557-yilda Robert Rekord tomonidan kiritilgan. Bu belgi haqida gap ketganda, musiqachilar pauza belgisini eslab o‘tishadi.
Savol: Bu qaysi belgi?
Javob: Tenglik belgisi / barobar belgisi.
Izoh: Tenglik belgisini 90 gradusga bursak, musiqadagi pauza belgisi paydo bo‘ladi.
14. Bir o‘zbek maqolida shunday deyiladi: “Bir poyada o‘n ikki qovun. 11 tasini yeyish mumkin, 12-sini esa yo‘q”.
Savol: 12-qovun nimani anglatishini yozib bering.
Javob: Ramazon oyi.
Izoh: Bilamizki ramazon oyida taom yeyilmaydi.
15. Xalqimizda o‘zining yoqimli ovozi bilan ajralib turadigan san’atkorlarni USHBU qushga solishtirishadi. Xans Kristian Andersenning ertagida USHBU qush imperatorni o‘lim to‘shagidan qutqargan.
Savol: USHBU qushni yozib bering.
Javob: Bulbul.
Izoh: Xalqimiz orasida “Bulbulni sayrashidek” iborasi yoqimli ovozga nisbatan ishlatiladi. Andersenning bulbul hikoyasida bulbulning yoqimli sayrashi sabab imperator tuzalib ketadi.
16. “U – millatning ko‘zgusi”, deydilar. “U – millatning ruhi” ham deyiladi. Boshqa bir u shilliq parda bilan qoplangan muskuldan iboratligi aytiladi.
Savol. Uni toping.
Javob. Til.
Izoh: savol matnida muloqot vositasi bo’lgan til va tana a’zosi bo’lgan til haqida ma’lumot berildi.
17-savol. Fin qo‘ltig‘ida joylashgan orollardan biriga urush vaqtida fashistlar uchuvchisi qulab tushadi. Tirik qolgan uchuvchiga esa pul kerak bo‘lib, ALFAning evaziga esa o‘ziga kerakli pulni oladi. Uchuvchidan esa ayollar juda xursand bo‘lishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |