Savol-javob dunyo bir kundir, u ham bugundir!!! Hayotni natija qiziqtiradi !!!
Download 159.55 Kb.
|
Adabiyot 9-sinf-fayllar.org
NOSIRIDDIN RABG‘UZIY
1. Nosiriddin Rabg‘uziy otasining kasbi? J: Qozi 2. «Qisasi Rabg‘uziy» qahramonlarini qaysi siymo o’zaro birlashtirib turadi? J: Muhammad (a.s.) 3. «Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi illat halokatga sabab bo’luvchi deyiladi? J: Kibr 4. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? «Rum viloya tining odati bor, tevalari beboshlik qilib burunduqlatmasalar, yangi tushgan kelinlarni keltirib, un tuzib yirlaturlar (kuyla turlar). Tevalar ularning ovozlariga xushlanib, o‘zlaridan kecharlar ilikka ilinurlar». J: «Qisasi Rabg‘uziy» 5. «Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi tildagi she’rlar uchray di? J: Arabcha, turkiycha 6. «Qisasi Rabg‘uziy»da Qobil bilan tug‘ilgan qizning ismi? J: Iqlimo 7. «Qisasi Rabg‘uziy»da Hobil bilan tug‘ilgan qizning ismi? J: Abudo 8. Qobil Hobilni o‘ldirganda necha yashar edi? J: 20 yosh 9. Iblis Qobilga nimalarni o’rgatdi? J: Xamr ichishni, o‘tga sig‘inishni, un o‘tkazishni 10. «Qisasi Rabg‘uziy»da kim rasulullohning yelkasi da payg‘ambarlik muhrini ko‘rish uchun u kishidan bir kuni bexosdan urganligi uchun qasos olmoqchiligini aytadi? J: Ukosha 11. «Qisasi Rabg‘uziy»da Azroil qanday nom bilan atal gan? J: Malak ulmavt, Qabiz alarvoh 12. Rabg‘uziyning ijod mahsuli mazkurmavzu an’anasi dagi o‘ziga xos bosqich bo’ldi. Bu nimalarda ko‘rinadi? J: Birinchidan: adib o‘zigacha yaratilgan payg‘am barlar haqidagi qissalarni puxta o‘rgandi, ularning yu tuqlarini umumlashtirdi, rivojlantirdi. Ikkinchidan, salaf lari yo‘l qo‘ygan kamchiliklarni tuzatdi va chalkash liklarga barham berdi. Uchinchidan, oldinlari nabiylar haqidagi qissalar arab va fors tilida yaratilgan bolsa, Rabg‘uziyning turkiy tilda bitilgan qissalari turkiy xalqlarning bebaho mulkiga aylandi 13. «Qisasi Rabg‘uziy»da qaysi illat insonning ichini yondiruvchi, uni tubanlikka boshlovchi va oxiroqibat yuzini qora qiluvchi o‘t sifatida ko‘rsatiladi? J: Hasad 14. «Xalq orasida rasa bor, do‘st do‘stga safar qilib yo nar (qaytar) bo‘lsa, bir hadya ola borurlar». Bu odat qaysi asardan olingan? J: «Qisasi Rabg‘uziy»dan 15. «...payg‘ambar alayhissalom ul umri ukush, diydori ko’shish, Azroilg‘a qotishg‘an, rizvon birla yanashg‘an, dun yodan qushtek uchg‘an, tamug‘g‘a kirib chiqg‘an, Sirotdin yashindek kechg‘an, uchmoh qabug‘in ochg‘an, o’zi aziz, o’rni adiz, arig' zotlig', Axnuh otlig‘ Idris yalavoch». «Qisasi Rabg‘uziy»dan olingan ushbu parchada qanday sao’atdan foydalanilgan? J: Sajdan 16. «Qisasi Rabg‘uziy»da Qobil Hobilni o‘ldirib, uni nima qilishni bilmay turganda unga Hobilni ko‘mishni kim o’rgatadi? J: 2 ta qarg‘a 17. «Qisasi Rabg‘uziy»da Hobilning qoni to‘kilgan yer dan nimalar o‘sib chiqdi? J: Oq tikan va yulg‘un 18. «Qisasi Rabg‘uziy»da Odam Ato Qobilni butga sig‘inishdan qaytarish uchun qancha kishini jo‘natadi? J: 40 ming kishini 19. «Kun hamalg‘a kirdi ersa keldi olam navro‘zi, Kech ti bahman zamharir qish qolmadi qori buzi». Rabg‘uziy g‘azalining matla’sida qaysi undoshlar takror qo’llanilgan? J: «K» va «R» undoshlari 20. «Tong otardi esnayur to‘rt bulungdin shamol, ziyo» misralarida qaysi badiiy san’at ishlatilgan? J: Jonlantirish tashxis Download 159.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling