Savol-javob dunyo bir kundir, u ham bugundir!!! Hayotni natija qiziqtiradi !!!


Download 159.55 Kb.
bet8/19
Sana25.10.2023
Hajmi159.55 Kb.
#1721232
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Adabiyot 9-sinf-fayllar.org

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR
1. Bobur ismining ma’nosini toping. J: Sher
2. Boburning onasi va otasi kim bo’lgan? J: Umarshayx Mirzo Temurbekka evara to‘rtinchi avlod, Onasi Qut lug‘ Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi
3. Bobur necha yoshida taxtga o’tirdi? J: 12 yoshida
4. Bobur necha yoshlarida Samarqandga yurish qildi? J: 15 va 17 yoshida
5. Bobur 20 yoshida qaysi yozuvni kashf etgan?
J: Xatti Boburiy
6. Boburning topilmagan asari?
J: «Harb ishi», «Musiqa ilmi»
7. Bobur qaysi tillarda ijod qilgan?
J: 0‘zbek va fors tillarida
8. Boburning Yunusxon va Ahmad Tanbalning murosa ga kelishi sharafiga katta ov va ziyofat uyushtirilishi muno sabati bilan yozilgan g‘azalini toping. J: «Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim, Ko‘nglumdin o‘zga mahrami asror topmadirm deb boshlanuvchi g‘azali
9. Bobur «Yod etmas emish kishini mehnatda kishi» deb boshlanuvchi ruboiysini kimga yozgan?
J: Xon dodasi Yunusxonga
10. Boburning «Qoldimu?» radifli g‘azali qachon yozil gan? J: 1507yilda HirotKobul yoMida
11. Boburning Devonida nechta g‘azal bor? J: 119 ta
12. Boburning Devonida nechta ruboiy bor? J: 231 ta
13. Bobur kimning qaysi asarini tarjima qilgan?
J: Xo‘ja Ahrorning «Voiidiya» asarini
14. «Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas» baytidagi san’atni toping.
J: Tarsi’, tazod, tanosub
15. «Tole yo‘qi jonimg‘a balolig' bo‘ldi, Ne ishniki ayla dim, xatolig' bo‘ldi» ruboiysida qanday san’at ishlatilgan?
J: Tajnis
16. Qaysi shoir tuyuqnfng tajnisli va tajnissiz turidan foydalangan? J: Bobur
17. «Boburnoma»da necha yillik voqealar tushib qol gan? J: 15 16 yillik
18. Qaysi ijodkorlar Bobur haqida asar yozgan?
J: 1. P.Qodirov 2. B.Boyqobilov 3. X.Sultonov
19. «Boburnoma» qaysi yilgi voqealarni o‘z ichiga ola di? J: 14941530 yillar
20. «Yoz fasli, yor vasli, do’stlarning suhbati, She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati...» g‘azalida qanday badiiy san’at qo’llangan? J: Laff va nashr
21. «Yozfasli, yorvasli, do’stlarning suhbati, She’r bah si, ishq dardi, bodaning kayfiyati...» g‘azalidagi aloqador tushunchalarni toping.
J: Yoz fasli bodaning kayfiyati, yor vasli ishq dardi, do‘stlarning suhbati she’r bahsi
22. Bobur tajnisli tuyuqlarning necha xilini ko‘rsatadi?
J: 6 xilini
23. Boburning fikricha, tuyuqning qaysi turi eng kam uchraydi? J: To‘rt misrasi tajnisli qofiya bolib kelgan tuyuqlar
24. Boburning nechta muammosi bor? J: 600 ga yaqin
25. Boburning onasi Qutlug‘ Nigorxonim nechanchi avlod bilan Chingizxonga ulanadi? J: 0‘n ikkinchi
26. Umarshayx Mirzoning nechta farzandi bo’lgan?
J: Uch o‘g‘il, besh qiz
27. Bobur «Boburnoma»da «Tengri taoloning inoyati bila..» deb yozadi. Bunda u nimani nazarda tutgan edi?
J: Sulton Ahmad qo‘shini shaharni kesib o‘tuvchi Qorasuv ko‘prigida toshqinga uchrab, ko‘plari nobud bolishi, o‘lat tarqagani uchun Sulton Ahmadning sulh tuzib ortga qaytishi va yo‘lda vafot etishi, Qoshg‘ar va Xo‘tan hokimi Abobakr Dog‘latning 0‘zgand yaqinidagi harakatlariga chek qo‘yilishi
28. Bobur qaysi maqomga savt bitgan? J: «Chorgoh»
29. Bobur devonlaridan qaysi biri topilmagan? J: «Kobul devoni»
30. «Mening ko‘nglumki, gulning g‘unchasidek tahba tah qondur, Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog‘i no im kondur». Ushbu bayt muallifini toping. J: Bobur
31. «Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mush kuldur, Sening birla chiqishmoqlik dag‘i bisyor mush kuldur». Ushbu bayt muallifini toping. J: Bobur
32. Bobur «Boburnoma»da Andijon ta’rifida «Elning orasida husn xavli bordir» deydi. «Husn xayli» deganda nima nazarda tutiladi? J: SarVatkorlar
33. Bobur «Boburnoma»da Navoiy asarlarining tili shu joy tili bilan mosdir, deb yozadi. Bu qaysi joy? J: Andijon
34. Bobur «Boburnoma»da qaysi shaharni «baldayi mahfuza» muhofaza qilingan shahar deb ataydi?
J: Samarqandni
35. Bobur «Boburnoma»da qaysi shaharni Iskandar barpo qilgan deb yozadi? J: Samarqandni
36. Boburning soliq ishlarini tartibga soluvchi asari qaysi? J: «Mubayyin»
37. Boburning «Mubayyin» asari qaysi yo‘lda bitilgan?
J: She’riy yolda
38. Boburning aruz vazni haqidagi risolasi nomini toping. J: «Muxtasar» (1523 1525yillarda yozilgan)
39. Boburning 1521yilda yozilgan asari qaysi?
J: «Mubayyin»
40. Boburning saqlanib qolgan sheYlari soni qancha? J: 400 dan ortiq
41. Bobur devonidan joy olgan janrlarni toping.
J: 1.tuyuq 2.fard 3.masnaviy 4.qit’a 5.muammo
6. g‘azal 7.ruboiy
42. Bobur qaysi yillarda Samarqandni ikki bora olib, yana boy beradi? J: 1500 1501yillarda
43. Ushbu g‘azalda qaysi badiiy san’atdan foydalanil gan? «Qaro zulfung firoqida parishon ro‘zg‘orim bor, Yuzung ning ishtiyoqida ne sabru, ne qarorim bor». J: Tanosub
44. Ma’no va mantiq yuzasidan o‘zaro aloqador tu shunchalarni keltirish bilan hosil qilinadigan she’riy san’at qaysi? J: Tanosub
45. Boburning ziddiyatga to’la hayoti qaysi asarlarida yuksak badiiy ifoda etilgan? J: «Mening ko‘nglumki gul ning g‘unchasidek tahbatah qondur...», «Agarchi sen sizin sabr aylamak, ey yor, mushkuldur...» g‘azallari da; «Beqaydmanu, xarobu siym ermasmen...», «Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi...» ruboiylarida; «Bir ke cha xotirim mushavvash edi...» masnaviysida
46. Bobur «Gar bu uch ishni muvofiq topsang, ul uch vaqt ila, Mundin ortiq bo‘lmag‘ay, Bobur, jahonning ishrati», deganda uch ish sifatida nimalarni nazarda tutadi?
J: She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati
47. Bobur «Gar bu uch ishni muvofiq topsang, ul uch vaqt ila, Mundin ortiq bo‘lmag‘ay, Bobur, jahonning ishrati», deganda uch vaqt sifatida nimalarni nazarda tutadi?
J: Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati
48. «Jonimda mening hayoti jonim sensen, jismimda mening ruhi ravonim sensen». She’r muallifi va janrini bel gilang. J: Bobur, ruboiy
49. «Raftoriyu qaddig‘a ravonim sadqa, Bir boshig‘a ikki jahonim sadqa». She’r muallifi va janrini belgilang.
J: Bobur, ruboiy
50. Boburning yaqin navkarlaridan Xoja Kalon va Xoja Mirmironlarning Hindiston issig‘iga chiday olmay, Kobul tomonlarga ketib qolganliklari munosabati bilan yozilgan qifasini toping.
J: Ey, alarkim, bu Hind kishvaridin. Bordingiz ang lab o‘zga ranju alam
51. «Boburnoma»da Hindiston issig‘iga chiday olmay qochib ketgan shoirning «Agar sog‘salomat Sinddin o‘tib ketsam, Hindistonni yana havas qilsam yuzim qora bo’lsin» degan forscha she’riga Bobur «Yuz shukr de, Boburki, karimu g‘affor, Berdi sanga Sindu H‘indu mulki bisyor»' deb boshlanuvchi javob ruboiysini keltirgan. Mana shu shoiming ismini toping. J: Xoja Kalon
52. «Boburnoma»da Andijonning qaysi mevalari yaxshi bo’lishi aytiladi? J: Uzum, noshpoti, qovun
53. «Boburnoma»da Samarqandning qaysi mevalari mashhur ekanligi ta’kidlanadi? J: Olma va uzum
54. «Boburnoma»da «Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas» deyilgan joy nomi? J: Andijon
55. «Boburnoma»da «To‘qqiz tarnov suv kirar. Bu ajabturkim, bir yeridan ham chiqmas» deb ta’riflangan joy nomi? J: Andijon
56. Peshtoqiga Qur’onning «Va iz yarfau Ibrohimu alqavoida..» oyati yozib qo’yilgan masjid kim tomonidan bunyod etilgan? J: Amir Temur
57. Ko‘hak suyi deb ataladigan rud qaysi shaharda bor? J: Samarqandda
58. Qog‘ozi bilan mashhur shahar nomi?
J: Samarqand
59. Qirg‘ovullari behad semiz bo‘ladigan, bir qirg‘ovulni to‘rt kishi yeb tugata olmaydigan shahar? J: Andijon
60. Musiqiyda mashhur bo’lgan Yusuf Xoja qaysi sha hardan? J: Andijondan
61. «Boburnoma»da Farg‘ona viloyatining nechta qa saba (shahar)si bor deyilgan? J: 7 ta
62. «Boburnoma»da «qit’qit’a yig‘ochlari tarosh qilib, islimiy va xitoyi naqshlar solibturlar, tamom devorlari va saqfi ushbu yo‘sunluqtur» deb ta’rif berilgan imorat nomi?
J: Masjidi Muqatta’ (parchaparcha masjid)
63. «Boburnoma»da «UI gumbazning o’rtasida yerga tepsalar, tamomi gumbazdin laqlaq un kelur, g‘arib am redur, hech kim muning sirrini bilmas» deb ta’riflangan imorat nomi? J: Masjidi laqlaqa
64. «Boburnoma»da Samarqandning qaysi matosi mashhurligi aytiladi? J: Qirmizi maxmalqizil baxmal
65. «Mening ko’nglumki, gulning g‘unchasidek tahba tah qondur, Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog‘i no im kondur». Ushbu bayt bilan boshlanuvchi g‘azalning mualli fini toping. J: Bobur
66. «Agarchi sensizin sabr aylamak, ey yor, mush kuldur, Sening birla chiqmoqlik dag‘i bisyor mushkuldur». Ushbu bayt bilan boshlanuvchi g‘azalning muallifini toping. J: Bobur
67. «Sendek menga bir yori jafokor topilmas, mendek senga bir zori vafodor topilmas». Ushbu bayt bilan bosh lanuvchi g‘azalning muallifini toping. J: Bobur
68. «Vaslidin so’z derga yo‘q yoro manga, Hajr rahm aylagil, yoro manga. 0‘qung etti ko‘p yamon yoro manga, Marhami lutfung bila yoro manga». Ushbu tuyuq muallifini va omonim so‘zlar ma’nosini toping.
J: Bobur, yoro majol, quvvat, yoro ey yor, yoro yara, jarohat, yoro yordam ber
69. «Qadimni firoq mehnati yo qildi, Ko’nglum g‘amu anduh o’tig‘a yoqildi. Holimni sabog‘a aytib erdim, ey gul,
Bilmon, sanga sharh qilmadi, yo qildi». Ushbu tuyuq mualli fini va omonim so’zlar ma’nosini toping.
J: Bobur, yo qildi yoy qildi, yoqildi yoqildi, yo qildi yoki qildi
70. Bobur «Boburnoma»da Samarqand shahrida Temurtomonidan qurilgan qaysi bog'ning o‘zi ko‘rgan payt gacha buzilib ketganini aytadi: «Men ko’rgan mahalda bu bog‘ buzulub erdi, oti besh qolmaydur edi»?
J: Naqshijohon bog‘i
71. «Boburiynoma» asarining muallifini toping.
J: Xayriddin Sultonov

Download 159.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling