Savol-javob dunyo bir kundir, u ham bugundir!!! Hayotni natija qiziqtiradi !!!


Download 159.55 Kb.
bet5/19
Sana25.10.2023
Hajmi159.55 Kb.
#1721232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Adabiyot 9-sinf-fayllar.org

«FARHOD VA SHIRIN» DOSTONI
37. «Farhod va Shirin»da nafsni yengish quroli sifatida nima ko‘rsatiladi? J: Ishq
38. «Farhod va Shirin»da Moniy kim? J: Alloh ishqini qalbga naqshlash sirlarini o‘rgatgan ustoz
39. «Farhod va Shirin»da Boniy kim?
J: Farhodning ko‘ngliga ishq binosini qurgan va qurishni o‘rgatgan pir
40. «Farhod va Shirin»da Qoran kim?
J: Farhodning ko‘ngiidagi toshdan ham qattiq nafsoniy istaklarni parchalash ilmini bildirgan murshid
41. «Farhod va Shirin» dostoni qanday xarakterdagi doston? J: Ishqiysarguzasht xarakteridagi doston
42. «Farhod va Shirin» dostonining hajmi?
J: 5782 bayt
43. «Farhod va Shirin» dostonining vazni?
J: Hazaji musaddasi mahzuf vazni
44. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonini qanday atay di? J: «Shavq dostoni»
45. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonini nima sabab dan «shavq dostoni» deb ataydi? J: Sababi unda ishq kuylanadi, talqin qilinadi va uluglanadi
46. Qaysi dostonda Navoiyning komil inson haqidagi orzuo‘ylari ham ifoda etilgan?
J: «Farhod va Shirin» dostonida
47. Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida Farhodni bosh obraz qilib oldi. Bu bilan dostonda qanday o‘zga rishlar bo’lishiga asos bo‘ldi? J: Farhodning bosh obraz qilib olinishi bilan dostonning qurilishini, mazmunini tamomila o‘zgartirdi. Mazkur o‘zgarish xamsachilikka shoir kiritgan eng katta yangilik va dostonga «Farhod va Shirin» nomi berilishiga asos bo‘ldi
48. «Farhod va Shirin» dostonining asosiy voqealari qanday boshlanadi?
J: Chin hoqonining farzandsizligi va bundan uning so‘ngsiz iztiroblarga tushganligi tasviri bilan boshla nadi
49. «Falak deb: «Dard elining shohi» oni, Malak deb: «Dard o‘ti ogohi» oni» ta’rifi qaysi qahramonga tegishli?
J: Farhodga
50. Farhod qanchada butkul savod chiqardi? J: 3 oyda
51. Farhod qancha muddatda Qur’oni Karimni yod oldi? J: Bir yilda
52. «Xamsa»ning qaysi qahramoni uchun «Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm, Bilib tahqiqin kasb etmagan ilm» ta’rifi xos? J: Farhodga
53. «Demonkim ko’ngli poku, ham ko’zi pok, Tili poku, so‘zi poku, o’zi pok» taYifi «Xamsa» dostonining qaysi qahramoniga tegishli? J: Farhodga
54. Farhod necha yoshga yetganda ichitashi dard bi lan to’ldi? J: 14 yoshga
55. Chin hoqoni Farhodni ovutish maqsadida 4 faslga moslab 4 qasr qurdirishga farmon beradi. Bu ishga kimni ma’mur etib tayinlaydi? J: Mulkoroni
56. Farhodning atobegi, ya’ni tarbiyachisi kim edi?
J: Mulkoro
57. Farhod kimlardan qaysi hunarlarni o’rgangan?
J: Qorandan tosh yo‘nish, Boniydan me’morlik, Moniydan naqqoshlikni
58. Farhod mamlakat xazinasidagi sandiqda nimani ko‘rib qoladi? J: Sirli ko’zguni
59. «Farhod va Shirin» dostonidagi sirli ko’zguni kim necha olimga yasatgan edi?
J: Iskandari Rumiy 400 olimga yasatgan edi
60. Ko’zgu tilsimini ochish uchun Farhod qayerga bori shi kerak edi? J: Yunonistondagi bir toqqa
61. Yunonistondagi toqqacha nechta manzil bor edi?
J: Uch manzil bolib, birinchisida Ajdahoni, ikkin chisida Ahraman devni, uchinchisida ikkalasidan ham mushkulroq tilsimni yengishi kerak edi
62. Sirli ko’zgu tilsimini yechishning to‘rtinchi manzi li qanday edi? J: Tog‘dagi g‘or ichidan donishmand Suqrotni topish
63. Farhod ko‘zgu sirini ochishdagi to‘siqlarni mardona yenggandan so‘ng nimalarni qo’lga kiritadi? J: Jamshid jomini, Sulamon uzugini, Iskandar boyligini
64. Suqrot kimlarning taqdirini bashorat qilgandan so’ng jon taslim qiladi? J: Farhodni, Otasini, Mulkoroni
65. Farhod Yunonistondan qaytgach ko‘zguda ni malarni ko‘radi? J: Qandaydir bir yurt, tog‘ kesish bilan mashg‘ul odamlar, o‘zining ham ariq qaziyotgani va Shirinni ko‘radi
66. Farhod sevgilisini izlab yo’lga chiqqach, kimdan Shirinning Arman yurtidan ekanligini biladi?
J: Do‘sti Shopurdan
67. Farhod Arman yurtiga kelganda odamlar necha yildan beri suv chiqarish maqsadida tog‘ kesish bilan mashg‘ul edilar? J: Uch yildan beri
68. Arman yurtida suv chiqarish qurilishi kimning istagi ga ko‘ra bajarilayotgan edi? J: Malika Mehinbonu topshi rig‘i bilan jiyani Shirinning istagiga ko‘ra
69. «Harimi iffat ichra shoh ul ermish, Sipehri ismat uzra moh ul ermish» taYifi qaysi haqramon haqida?
J: Shirin haqida
70. Farhod ushbu fikrlarni qachon kimga qarata aytgan: «Hunarni asrabon netkumdur oxir, Olib tufroqqami ketgumdur oxir»? J: Tog‘ qaziyotgan odamlarga qarata Armaniyada aytgan
71. Xusrav qaysi yurt hukmdori? J: Ajam yurtining
72. «Menga ne yoru, ne oshiq havasdur, agar men odam olsam, ushbu basdur!» misralari qaysi qahramon nutqidan olingan? J: Shirinning
73. Xusrav Farhodni qanday qo‘lga tushiradi?
J: Hiyla bilan
74. Farhod o‘limidan oldin otaonasiyu yaqinlariga vidolashuvini kim yoki nima orqali izhor qiladi?
J: Bodi sabo orqali
75. «Yiqilsa hujra bo‘lsun qasr obod, Qurusa sabza bo’lsun sarv ozod» misralari Navoiyning qaysi dostonidan olingan? J: «Farhod va Shirin»dan, Farhodning bodi saboga murojaatidan
76. Farhodning «Meni rozilig‘ingdin qilma navmid, Manga do’zax o’tini solma jovid» degan murojaati kimga qaratilgan? J: Onasiga
77. Qaysi asarda «Bir nafsning ishini 70 shayton qilol maydi» deb ta’kidlangan? J: «Qisasi Rabg‘uziy»da
78. Qaysi shoir «Nafs itin qilsang zabun olamda yo’q sendek shujo» deb yozadi? J: Alisher Navoiy
79. «Demonkim, ko‘ngli poku, ham ko’zi pok, tili poku, so‘zi poku, o’zi pok». Ushbu ta’rif qaysi asar qahramoniga tegishli? J: Farhod
80. «Janubida muhabbat dardi zohir, Uzori uzra g‘urbat gardi zohir». Ushbu ta’rif kim tomonidan kimga aytilgan?
j: Shirin tomonidan Farhod ta’rifi
81. Navoiy fikricha, kimlar ilohiyot sirlarini, ma’rifatni kuylovchilardir? J: Farididdin Attor, Jaioiiddin Rumiy
82. Navoiy fikricha, kimlar ilohiyotga majozni vosita qi luvchilardir? J: Sa’diy Sheroziy, Amir Xusrav Dehlaviy, Hofiz Sheroziy
83. Navoiy fikricha kimlar majoziy ishq kuychilari hisoblanadi? J: Xoqoniy Shirvoniy, Salmon Sovajiy, No sir Buxoriy
84. Navoiy shoirlarni necha guruhga bo‘ladi? J: 3 gu ruhga: ilohiyot sirlarini, ma’rifatni kuylovchilar, ilohi yotga majozni vosita qiluvchilar, majoziy ishq kuychi lari

Download 159.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling