savol: o‘zbek adabiyoti tarixining ta bosqich
"Qutadg’u bilig" asaridagi saosiy timsollar
Download 3.35 Mb.
|
adabiyot tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shoirning tasvir davomida biror sifatni manzur etib , undan qaytishi va undan ham yuksakroq sifat maqtovini keltirishiga asoslanuvchi sanat. Ruju soʻzining lugaviy manosi qaytishdir
- GADOIY (1403/04 - XV ASR
151. "Qutadg’u bilig" asaridagi saosiy timsollar
152. Baytni tahlil qiling (janri, manbasi, umumiy mazmuni va badiiyati): Mast mug' dayri riyoyi xilvatimdin yaxshiroq, Yoshurun isyoni zohir toatimdin yaxshiroq. 153. Mumtoz adabiyotda ruju' san'ati (nazariy ma’lumot va misollar bilan) Ruju' Shoirning tasvir davomida biror sifatni manzur etib , undan qaytishi va undan ham yuksakroq sifat maqtovini keltirishiga asoslanuvchi san'at. Ruju' soʻzining lug'aviy ma'nosi qaytishdir: Mehr eshitgach bu so'zni soldi tanob, Ne tanob, ikki gisuyi purtob . Ruju – arabcha “qaytish” – sheriyatda shoirning oldingi misra yoki baytda ifodalagan fikri, qollagan badiiy tasviriy vositasidan qaytgandek bolib, keyingi misra yoki baytda unga qaraganda kuchliroq ifoda, sheriy sanatni keltirihs yoki oldingi fikrni aniqlashtirish, toldirish usulidir. Mumtoz sheriyatimizda ruju ayniqsa, tashbeh qollangan misralarda koproq uchraydi: Kishiga oxshamas, goya paridur, Pari yoq, oftobi hovariydur. 155 Navoiygacha bo'lgan turkiy she'riyatdagi janrlar rang-barangligi (Atoyi, Gadoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Hofiz Xorazmiy)3. Atoyi ijodining o‘ziga xosliklari. Atoiy XV asr birinchi yarmiga mansub shoirlarimizdan biridir. U bu davrda yashab ijod qilgan Haydar Xorazmiy, Gadoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Durbek, Hofiz Xorazmiy va boshqa shoirlar qatori turkiy adabiyotning rivojlanishiga, keyinchalik Navoiydek buyuk zotning yetishib chiqishiga zamin hozirlaydi. Atoiy haqida Navoiyning «Majolis-un nafois» va «Muhokamat-ul lug`atayn» asarida, Yaqiniyning «O`q va yoy» munozarasida ma`lumotlar berilgan. Mavlono Atoiydan bizgacha 260 ta turkiy g`azallarini o`z ichiga olgan devon yetib kelgan. Sankt-Peterburgdagi Sharqshunoslik institutining qo`lyozmalar fondida saqlanadi. Atoiyning hayoti va ijodi haqida yetarlicha ma`lumot saqlanib qolmagaGADOIY (1403/04 - XV ASRGadoiy (taxallusi; asl ismi hozircha noma’lum) (1403/04 — 15-asr oxiri) — shoir. G‘azal janri, aruz ilmi va she’riyat qoidalarini yaxshi bilgan. Asosan turkiy (o‘zbek) va qisman fors tilida g‘azal, qit’a, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan. Gadoiy o‘z ijodi bilan 15-asr o‘zbek mumtoz she’riyati rivojiga katta hissa qo‘shgan. Xususan, uning g‘azallari mazmunan hayotiyligi, badiiy va shaklan barkamolligi bilan ajralib turadi. Ayrim g‘azal va qitalarida shoirning o‘z hayoti lavhalari va ruhiy kechinmalari aks etgan. She’riyatida «charx jafosi», «ro‘zg‘or javri»dan fig‘on, «g‘urbat mehnati» va «rohiblar tazyiqidan» shikoyat ohanglari seziladi. Gadoiy she’rlari aruzning xalq qo‘shiqlariga yaqin ramal, hazaj bahrlarida yozilgan; tili xalqona sodda, vazni yengil, sho’x va o’ynoqi. Gadoiyning 15-asr 2-yarmi — 16-asr boshlarida noma’lum kotib tomonidan kuchirilgan «Devoni Gado» asari bor. Unga 2974 misradan iborat 230 g‘azal, 1 mustazod, 1 kasida, 5 qit’a, tuyuq kirgan. «Devon»dagi qasida temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzoning o‘g‘li Halil Sulton madhiga bag‘ishlangan. Devon qulyozmasi Parij Milliy kutubxonasida (inv. ? 981), mikrofilmi va fotonusxasi O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Gadoiyning forsiy-dagi she’rlari Fahri Hiraviyning «Radoyif ul-ash’or» tazkirasiga kiritilgan. Gadoiy she’rlari Turkiya (1960) va AQSh (1971) da bosilib chiqqan. SAKKOKIY (XV ASR) Sakkokiy (15-asr) shoir. Ismi, tug‘ilgan va vafot etgan yillari noma’lum. Samarqandda Xalil Sulton (1405-09) va Ulug‘bek hukmronligi davrida yashab, ijod etgan. Alisher Navoiy Sakkokiy ijodiga yuksak baho bergan: «Turkiy alfozining bulag‘osindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda bag‘oyat va birining latif g‘azaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdudur» («Xutbai davovin»). Sakkokiy xalqining boy og‘zaki ijodini, salaflari asarlarini puxta o‘rgangan va ijodiy oziqlangan. Turkiy tilda asarlar yaratish, uning boy ichki imkoniyatlaridan foydalanish borasida ko‘p ish qilgan. Asarlarida inson muhabbati, orzu-tilaklarini, dard-alamlarini, tabiat go‘zalliklarini tasvirlagan. G‘azallarida ma’no va shakl birligini saqlab, so‘z o‘yinlari va qochirimlardan unumli foydalangan. Uning lirikasida jaholat va nodonlikka qarshi adolatparvarlik g‘oyalari ilgari surilgan. Bunday g‘oyalar Sakkokiyning qasidalarida ochiqroq namoyon bo‘lgan.Hofiz Xorazmiy (taxallusi; ismi Abdurahim) (14-asrning 2-yarmi, Xorazm — 15-asrning 30—40-yillari, Sheroz) — shoir. Eski o‘zbek tili rivojiga katta hissa qo‘shgan. Yoshligi Xorazmda kechgan. Bu yerdagi notinchliklar tufayli 14-asr oxirlarida o‘z vatanini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Samarqand, Buxoro, Xo‘jand, Iroq, Kirmon, Isfahon, Tabrizda bo‘lib, Sherozda turg‘un yashab qolgan. Ibrohim Sulton saroyiga yaqin bo‘lgan. Hofiz Sheroziy ijodiga hurmat bilan qarab, uning an’analarini o‘zbek she’riyatiga olib kirgan, o‘zbek xalqini Sheroziyniki kabi yetuk ishqiy-falsafiy she’riyatdan bahramand qilish niyatida «Hofiz» taxallusini tanlagan. Hofizni ko‘rung ushbu zamon turk tilinda, Gar keldi esa forsda ul Hofizi Sheroz. Hofiz Xorazmiy ham o‘z zamonasining insonparvar, ma’rifatparvar vakili sifatida Hofiz Sheroziy, Jomiy, Navoiylar singari diniy-tasavvufiy dunyoqarash vakilidir. She’rlarida Mansur Hallojni chuqur hurmat bilan tilga olgan. Hofiz Xorazmiy turkiy tilda boy adabiy meros qoldirgan. She’rlaridan devon tuzgan. Devonida 1052 g‘azal, 9 qasida va qator muxammas, tarje’band, tarkibband, ruboiy, qit’alardan iborat 37264 misra she’r bor. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling