savol: o‘zbek adabiyoti tarixining ta bosqich
Qasida janrining tuzilishiga ko’ra turlari
Download 3.35 Mb.
|
adabiyot tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 148. Mumtoz adabitotda tuyuq janri TUYUQ
147.Qasida janrining tuzilishiga ko’ra turlari
Qasida (arab. — koʻzlamoq, niyat qilmoq) — Sharq mumtoz adabiyotidagi sheʼriy janrlardan biri. Q. biror shaxsning (koʻpincha hukmdorning) madhiga bagʻishlangan. Q. uchun koʻtarinki, tantanavor ohang xos. Hajmi 20 baytdan 200 baytgacha boʻlishi mumkin. Gʻazalga oʻxshab qofiyalanadi (aa, ba, va, ...). Kompozitsiyasi gʻazalga nisbatan murakkab boʻlib, nasib (yoki tashbib) deb ataluvchi lirik muqaddima, gurezgoh (qochish joyi; nasibdan asosiy qism — madhga oʻtish vazifasini bajaruvchi bayt yoki baytlar), madh (maqtov) va mamduh (maqtalayotgan shaxs) haqidagi duo va matlabni oʻz ichiga oluvchi xulosa qismlardan iborat. Q. mazmuniga koʻra, Qasida bahoriya, Q.i ishqiya, Q.i holiya (oʻz ahvolidan shikoyat tarzida), Q.i hamriya (may bilan bogʻliqtasvir), Q.i hazoniya (kuz tasviri), Q.i faxriya (shoirning oʻz isteʼdodidan faxrlanishi), Q.i hajviya tipida boʻlishi mumkin. 11—12-asrlardan uning mazmun va mavzu doirasi kengayib, falsafiy, axloqiy, ijtimoiy Q.lar ham yozilgan (mas, Unsuriy, Anvariy, Xoqoniy Q.lari). Oʻzbek mumtoz Q.lari arab va fors qasidachiligi zaminida yuzaga kelgan, uning ilk namunalari "Devonu lugʻotit turk"yaa uchraydi. 15-asrda Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Amiriylar ijodida Q. oʻzining yuqori bosqichiga koʻtarilgan. Ayniqsa, Sakkokiy yaratgan Q.lar alohida ajralib turadi. Uning devonida 10 ta Q. boʻlib, undan 4 tasi hukmdor va olim Mirzo Ulugʻbekka bagʻishlangan. Alisher Navoiynknt original kompozitsiya va uslubga ega boʻlgan "Hiloliya", katta ijtimoiy mazmun tashuvchi "Tuhfat ulafkor" ("Sittai zaruriya"dan) Q.lari mashhurdir. Keyingi davrda oʻzbek adabiyotida Munis va boshqalar shoirlar ham bu janrga murojaat qilganlar. 148. Mumtoz adabitotda tuyuq janri TUYUQ - lirik janr. Tuyuq adabiy va forsiy adabiyotda yòq. Turkiy she'riyatga xos bòlgan janr hisoblanadi. Turkiy xalqlar oģzaki adabiyoti ta'sirida shakllangan. Tuyuq tòrt misradan iborat bòlishi kerak. Tuyuqlar ruboiy kabi a-a-a-a va a-a-b-a tarzida qofiyalanadi.Tuyuqda qofiyaga olingan sòzlar tajnisli bòlishi kerak, ya'ni omonim yoki shakldosh sòzlar turkumidan tashkil topgan bòlishi kerak. Tuyuq lirik janrining ikki, uch, yoki tòrt misrasi oxirida tajnis san'ati hosil qiladigan sòzlar yoki sòzlar turkumi qòllangani uchun shuning òzi qofiya òrniga òtadi. Oģzaki she'riyatimizda barmoq vaznining òn bir bòģinli , ya' ni olti va besh bòģinli turoqlardan iborat she'rlar kòp uchrab turadi. Turkiy she'riyatda bir qancha shoirlar tuyuq yozgan. Bormoģin Necha dedim ul sanamģa : "Bormoģin", Qilmadi ul tark oxir bormoģin. Munchakim xudroyliq kòrguzdi ul, Aql hayrat qildi, tishlab bormoģin. "Bormoģin" tajnisli tuyuģi Alisher Navoiyning " Badoye ul-vasat" devonidan olingan. Alisher Navoiy barcha tuyuqlarini jamlab shu devonga jamlagan va devonda òn uchta tuyuq bor. Turkiy she'riyatida Lutfiy ham tuyuq yozgan. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling