savol: o‘zbek adabiyoti tarixining ta bosqich
, "Makorim ul-axloq" asarinining mumtoz adabiyotni o’rganishdagi ahamiyati
Download 3.35 Mb.
|
adabiyot tarixi
133, "Makorim ul-axloq" asarinining mumtoz adabiyotni o’rganishdagi ahamiyati G`iyosiddin Xondamirning "Makorim ul-axloq" ("Olijanob xulq") asari buyuk o`zbek shoiri va mutafakkiri, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning hayoti, adabiy, ilmiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyati to`g`risidagi qimmatli manba hisoblanadi. Ushbu asar Alisher Navoiyning sermahsul adabiy va ilmiy faoliyati bilan birgalikda, uning mamlakatning siyosiy barqarorligi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san`atning taraqqiyotiga qo`shgan hissasi, olijanob xulqlari to`g`risida ma`lumot beradi. ondamir bevosita Alisher Navoiyning g‘amxo‘rligida voyaga yetgan, uning homiyligida katta ijodiy ish olib borgan, «Makorim ul-axloq» asarida buyuk Navoiyning ma'naviy yuksak inson sifatidagi faoliyati haqida to‘liq ma'lumot beradi.Alisher Navoiy tarjimai holi va uning fazilatlari haqida maktab xrestomatiyalari va darsliklarida ham ko‘plab lavhalar keltirilgan, ilmiy ishlar yaratilgan. Bularning barchasiga Xondamirning «Makorim ul-axloq» kitobida keltirilgan materiallar ham asos bo‘lganligiga shubha yo‘q.U bolalik davridan boshlab ilm olishga harakat qiladi. Yigitlik davrida olim va fozillar yig‘inlarida ishtirok etadi. Mustaqil holda kitob mutolaasi bilan shug‘ullanadi. Samarqandda Xoja Fazlulloh Abullaysiydan saboq oladi.Hirotda shoirning do‘sti Husayn Boyqaro hokimiyatni qo‘lga olgach, Navoiy Hirotga qaytadi va «Bunda eng yuqori mansab - amirlik darajasiga ko‘tariladi. Hukumat arboblarining rahbarligini, butun xalq va hukumat maqsadlarini hal qilishni, mamlakat va millat ishlarini tartibga solishni, din va davlat ahvolini intizomga qo‘yishni o‘z ustiga olish bilan birga, butun vaqtini kitob iboratlarini tuzatish, ma'nolarini tekshirish, dalillar bilan isbot etish, masalalarni hal qilish, naqliy (eshitish orqali bilingan, o‘zlashtirilgan bilim) ilmlarning sirlarini va aqliy fanlarning nozik nuqtalarini topishga harakat qildi».
134, O‘zbek mumtoz adabiyotining shakllanishiga qaysi manbalar jiddiy ta’sir ko‘rsatgan? Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling