Savol: u nima? Javob
Savol: Birinchi va ikkinchi toifa insonlarni yozib bering. Javob
Download 29.4 Kb.
|
07.03.2023 maktab (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
Savol: Birinchi va ikkinchi toifa insonlarni yozib bering.
Javob: Chapaqay va o‘naqay insonlar. Izoh: Chapaqay insonlar o‘naqay insonlarga nisbatan ziyrakroq bo‘lishar ekan. Chapaqay sportchilar o‘naqaylarga noqulay raqib hisoblanadi. 6. U – insonning miyasi qo‘llariga nisbatan tezroq ekanligining isbotidir. U bo‘yicha statistika o‘tkazishganida shifokorlar eng yuqori o‘rinni band etishgan. Savol: U deb nima nazarda tutilganini ikki so‘z bilan yozib bering. Javob: Xunuk yozuv. 7. Ular ko‘pchilikni tashkil qiladi va hammasi o‘z ma’nosiga ega. Malasan, birinchisi sizni to‘xtashga undaydi, ikkinchisi bir to‘xtab, yana davom etishingizni uqtiradi. Uchinchisi esa sizdan izoh talab qilsa, to‘rtinchisi sizdan javob kutadi va hokazo. Savol: Ularni ikki so‘z bilan yozib bering. Javob: Tinish belgilari. Izoh: Yuqoridagi gapda nuqta, vergul, ikki nuqta, so‘roq belgilari haqida ketmoqda edi. 8. Bu jonzot haqida yozilgan qiziqarli faktda 1 kilogramm, 300 ming kilometr va 19 million sonlari esga olinadi. Savol: Bu qaysi jonzot ekanligini yozib bering. Javob: Asalari. Izoh: 1 kilogramm asal olish uchun asalari taxminan 300 000 kilometr masofani bosib o‘tadi va 19 million dona gulga qo‘nadi. 9. Odam nafas olganda diafragma reflektor qisqarib, nafas yo‘llaridan o‘ziga xos tovush chiqishi U deb ataladi. Biz esa bu holatni sodir qilgan odamni jinoyatda ayblaymiz. Abdulla Qahhorning huddi shu nomdagi hikoyasi ham bor. Savol: U o‘rnidagi bir so‘zni ayting. Javob: Hiqichoq. 10. “Kelajakka qaytib” filmini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak. Filmning birinchi qismi kinoteatrlarda qo‘yila boshlagach, katta daromad va mashhurlikka erishadi. Buni ijodkorlar kutishmagan edi. Shundan so‘ng film ijodkorlari film yozilgan videokassetalar sotuvga chiqarilayotganda filmning oxiriga montaj qilib ikki so‘zni kiritib ketishadi. Savol: Bu ikki so‘zni yozib bering. Javob: Davomi bor… Izoh: Film davomini muxlislar kutishi uchun ushbu yozuvlar kiritiladi va muxlislarning e’tiborini tortishga erishishadi. Biz ham bugungi o‘yinimizni yakunlab davomi bor deb qolamiz. Download 29.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling